O‘zbekiston IIV: hammangning huquqlaring himoyalangan, xo‘p-mi?!!!


June 23, 2011

Regnum axborot agentligiga ko‘ra, podpolkovnik Ilhom Turg‘unov O‘zbekistonda 2010 yili advokatlar o‘z himoyasi ostidagi shaxsning huquqlari buzilgani yuzasidan shikoyat qilmadi deya bayonot berdi.

Qiziq, 2010 yil ‑ advokatlar jim turish yili bo‘lganmi? Bizning Qashqadaryo viloyatimizda qiynalayotgan million‑million aholining muammosi echilmayotgani, ularning haq‑huquqlari himoya qilinmayotganining sababi ham o‘sha advokatlarning jim turishlaridan ekan‑da! Qarshi shahrining aholisi suvsizlikdan qiynalayotganini prezidentga ochiq xat orqali bildirgan Gulshan opaning advokati bormikin?

Yaqinda bir jo‘ram Farg‘ona vodiysida bo‘lib qaytdi. Gurungda aytgan gaplaridan bildimki, vodiydagi advokatlar qachon gapirish, qachon jim turishni ham bilishmas ekan. Chunki, Namangan shahridagi Mingchinor deb ataluvchi 15 kunga tiqib qo‘yadigan joy bilan KPZ da har kuni yuzlab odam advokat himoyasiga muhtoj ekan. U erda yotganlarga sutkasiga bir kesim nonni uchga bo‘lib berisharkan. Issiq ovqati endi yuvinti ekan. Obed payti 100 g li krujkada rosmana 7‑8 dona qaynatilgan makaron berib qo‘yisharkan. Zavtrak va ujiniga bir krujka (o‘sha kichik krujkachada) qaynagan suv berilarkan. Bechoralar tuni bilan so‘roq paytida kaltak eyisharkan. So‘roq xonasida polga mahkamlangan stulga bog‘lab qo‘yisharkan. Meditsina xizmati yo‘q ekan. Hech kim kirmaydigan chekka bir xonani bezatishib, unga shisha etajerka qo‘yishib, ichiga har xil dorilardan nomiga qo‘yib qo‘yishibdi. Xatalardagi tualetlarning suvi ketmay, xonalar hidlanib yotarkan. Tutqunlar 2×3 beton supalarda yotisharkan. Qishda armaturali, katta‑katta ochiq turadigan derazalardan g‘uvullab sovuq urib turar ekan. Yotganlarning orqasidan uyidagilar tugun‑tugun ovqatlar olib kelishsa, militsionerlarning o‘zlari olib qo‘yishar ekan. Oila a’zolari advokatga qanday bog‘lanishlikni bilmay garang yurisharkan. Qamoqda yotganida o‘sha erlik aholidan Namangan viloyati chegara qishloqlarida paxta sotib tirikchilik qiladigan bolalar borligini eshitibdi. U bolalar paxtani Qirg‘izistonga olib o‘tib sotisharkan. O‘shanaqa bolalarning nechtasini chegarachilar otib o‘ldirishibdi. Lekin uyidagilarning arz‑dodini himoya qiladigan mard advokat chiqmabdi.

Farg‘onaga borganida pasportini o‘g‘irlatib qo‘yib, reabilitatsiya bo‘limida yotib chiqqan jo‘ram aytib berganlaridan ko‘nglim aynidi. Farg‘onadagi reabilitatsiya markazi “Vatniy zavod” degan joyia ekan. Ushlanganlar sassiq xonalarda yashasharkan. Xonalarda krovatь yo‘q, balki balan‑baland 7‑8 kishilik so‘rilar bor ekan. Har bir so‘rida 15‑16 kishi yotishibdi. Sanitariya normasi degan gapning bo‘lishi ham mumkinmas. Xonaga 8 litrli qopqog‘i bor musor idishi gorshok qilib qo‘yilgan bo‘lib, ertalab bir, kechki payt bir to‘kilarkan. Militsionerlar hazar qilib eshikning uzog‘rog‘ida turib, ichkaridagilarga baqirib gapirishar ekan. Hech kimga na matras, na bolish berilmabdi. Doktor bor ekan. Kelganida undan dori so‘rashsa, yoki kasalligidan shikoyat qilishsa, yaqin ham kelmasdan uzoqdan: “Dori yo‘q”, ‑ deb turaverar ekan. Farg‘onada rus, koreys, tatar, turk va boshqa har xil millat egalaridan bo‘lgan bomjlar ham yotishibdi ekan. Ularni militsionerlar har kuni izdevatьsya qilisharkan. Ruslarda SSSR pasporti bor ekan. Ularning ko‘pi o‘zbek tilini yaxshi bilisharkan. Bechoralar har kuni har xil xo‘rliklarni ko‘rib yashab yurishibdi ekan. Ruslarni UVD ga qarashli mayda‑chuyda ishlarga olib chiqib turishar ekan. Undan tashqari boyvachchalar kelib bir kunlik mehnatga sotib olib ketisharkan.

Men Qashqadaryomiz va vodiydagi ishlardan ozgina misol keltirdim. Butun O‘zbekiston bo‘ylab advokatlarga chiqayotgan muhtojlik va ularning bu ishlarga loqaydligini yozib chiqilsa, yuzlab tomli kitob bo‘ladi. Buncha gaplarni gapirishimdan maqsad: 2011 yil 19 iyunь kuni: http://www.regnum.ru/news/society/1416897.html#ixzz1PkMxcnlX

IA REGNUM – linki ostida berilgan maqola mazmuniga munosabatimni bildirib qo‘yish edi.

O‘zbekiston IIV Inson huquqlari va yuridik xizmat ko‘rsatish boshqarmasidan podpolkovnik Ilhom Turg‘unovning hisobotiga javobim shunday:

1. Janob podpolkovnik, siz bir bo‘lsa obro‘ uchun shoshib hisobot tayyorlagansiz.

2. Yo sizga yuqoridan buyruq bo‘lgan.

3. Yo qo‘l ostingizdagilar tayyorlagan bo‘lsa, o‘zingiz yaxshi tushunmagan narsani aytyapsiz.

4. Bunday taxminlarga borganligimdan uzr so‘ragan holda (aslida bu xulosalarimga o‘zingiz sababchisiz), sizga maslahatim xalq ahvoliga bog‘liq narsalarda hisobot berishdan oldin, fuqarolar g‘amiga malham bo‘lishning haqiqiy, sodiq va xolis yo‘llarini tutsangiz?!

Qashqadaryoda o‘lat kasalligi tarqash xavfi bor paytda qizishibroq fikr aytib yuborganim uchun mening so‘zlarimni o‘qiydiganlardan avvaldan uzr so‘rayman.

Barcha O‘zbekiston aholisiga hurmat bilan go‘zal vohadan Shuhrat.

 

O‘HX Facebook dan olindi

 

http://uzxalqharakati.com/?p=586

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: