Finlyandiyada rasmiy uchrashuv – AAT


2011yil 20 iyun’ kuni AAT tashkilotining inson huquqlari bo‘yicha rais o‘rinbosari Baxtiyor Muxtorov, AAT tashkiloti nomidan O‘XH ning Finlyandiya bo‘limi a’zolari Farruh Rashidov va Jamshidbek Qodirovlar Finlyandiya Tashqi Ishlar vazirligida rasmiy uchrashuvda bo‘ldilar.

Vakillarni Finlyandiya Tashqi Ishlar vazirligining Markaziy Osiyo (Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston) ga aloqador Maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Tuula Uryola xonim (Ms. Tuula Yrjölä) va attashe Hannele Malms xonim (Ms. Hannele Malms)lar kutib olishdi.

Aylana stol artofida uyushtirilgan suhbatda Tuula xonim Finlyandiyada yashayotgan O‘zbekistonlik qochoqlar soni bilan qiziqdi. “Yulduz” nomi bilan Xel’sinkida ish olib boruvchi o‘zbek, tojik va turkmanlardan iborat jamiyat faoliyati haqida gapirdi. 2005 yil 13 maydagi Andijon qirg‘iniga bog‘liq Andijondan qochib chiqib Finlyandiyada yashayotganlar mavjudligidan taajjublandi.

Muloqot AAT vakillari quyidagilarni elchilikka topshirganlaridan keyin yanada qizg‘in davom etdi:

“Andijon Adolat va Tiklanish” jamiyati  tomonidan tayyorlangan monitoring hisoboti. Hisobotda O‘zbekiston hukumati tomonidan 2005 yil 13‑14 may kunlari o‘qqa tutilib, jinoyatkorona o‘ldirilgan insonlarning oila a’zolari, qarindoshlari bergan xabarlar hamda o‘sha kuni davlat tomonidan sodir etilgan boshqa jinoyatlar yorishtirilgan.

Monika Uitlok (Monica Whitlock) tomonidan yaratilgan Andijon qirg‘ini haqidagi fil’m tasmasi.

30 ga yaqin O‘zbekiston IIB xodimlarining 72 yoshli onaxon uyiga bostirib kirishib, onaxon qo‘liga pichoq tutqazishib: “O‘zingni o‘ldir, kampir”, ‑ qabilida do‘q qilishgani va xonadondagi kelin va norasida‑go‘dak nabiralargacha do‘pposlab chiqib ketishgani haqidagi audio tasma.

AAT bugungi kunda nima faoliyat olib borayotganligi haqidagi savolga:

Andijon qirg‘inigacha qanday tartibli tadbirkorlik ishlari amalga oshirilgan bo‘lsa, huddi o‘shanday va undan ham yaxshiroq ko‘rinishda Finlyandiya hamda dunyoning turli mamlakatlarida tadbirkorlik faoliyati rivojlantirilayotgani;

Inson haq‑huquqlari masalalari chuqur o‘rganib borilayotgani;

Hozirda O‘zbekistonda yashayotgan, 13 may voqelari bo‘yicha tuhmat va bo‘htonlar bilan nohaq qamalgan insonlarning oila a’zolariga moddiy‑ma’naviy yordam ko‘rsatilayotgani;

Haq‑huquqlari poymol etilayotgan hibsdagilar va ularning oila a’zolariga huquqiy ko‘mak berilayotgani aytildi.

O‘zbekiston hukumati tomonidan qamoqda yotganlarga va ularning oila a’zolariga turli tazyiqlar o‘tkazilayotganligidan o‘zlari ham xabardor bo‘lgan elchilarga Evropada O‘zbekistonga nisbatan qo‘llanilgan sanktsiya va uning olib tashlanishi haqida eslatildi. Ular javob tariqasida, u ishlar chora‑tadbirlarning bir ko‘rinishi bo‘lgan bo‘lsa, endilikda maqsaddan og‘magan holda “qadam‑ baqadam” tamoyilida ish olib borish boshlanganini bildirdilar. Ish rejasi Germaniyada ham shakllantirilayotgani, bu erda ham yangi izlanishlar boshlangani aytildi.

O‘zbekistondagi nohaqliklarga chek qo‘yish, u erdagi insonlar haq‑huquqlarini toptamaslik kerakligi haqida aytilavergani bilan O‘zbekiston aholisining o‘zida bu narsalarga erishishlikka xohish va talab bo‘lmas ekan yaxshi natijaga, porloq kelajakka erishib bo‘lmasligi haqida fikrlar bildirildi.

AAT vakillari xalq intilishi kerakligi haqidagi fikrlarga qo‘shilgan holda, Finlyandiya hukumati tomonidan O‘zbek davlatchiligiga hibsda yotganlar va ularning oilalari haq‑huquqlari borasida eslatib qo‘yish imkoni borligi va bu bilan jabrlanayotgan aholiga zulmlarning pasayishi uchun ko‘mak berib qo‘yish mumkinligi haqida aytdilar.

2005 yil 13 may voqelariga guvoh bo‘lib qolgani uchungina turli bahonalar bilan ushlanib 17‑18 yillarga qamalib ketgan, 5‑6 yil o‘tgach yana hech bir sababsiz, tuhmatlar ostida muddat qo‘shib qo‘yilayotgan mahbuslar haqida bildirdilar. Elchi kengroq ma’lumot so‘raganida, etarli material yig‘ilgani va unga ham taqdim etilishini aytdilar.

Elchi O‘zbekistonda qolgan oila a’zolari va ularning oilani tiklashlikka qilayotgan urinishlari hamda kelib qo‘shilib, to‘la bo‘lgan oilalar haqida so‘radi. Unga viza masalasidagi qiyinchiliklar, mutasaddi tashkilotlarning hujjat masalalarini ortga surib mashaqqatlar tug‘dirayotgani, bundan tashqari “Andijon – Adolat va Tiklanish” tashkiloti tuzilgach, oila a’zolari ham sistemali so‘roqlarga tutilayotganining xabari berildi.

Uchrashuv so‘ngida rasmiy bog‘lanishlar davom etishligi haqida kelishib olindi.

“Andijon – Adolat va Tiklanish” jamiyati ma’lumot tarqatish bo‘limi

AAT

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: