Evroparlamentda O‘zbekistondagi bolalar mehnati haqida gapirildi – uznews.net


23.06.11

Uznews.net – Evropa parlamentining savdo bo‘yicha Komitetida 21 iyun kuni o‘zbek paxtachiligida bolalar mehnatiga bag‘ishlangan majlis bo‘lib o‘tdi, yig‘ilishda chiqish qilgan faollar O‘zbekiston tekstilchilarini Evropa savdo pereferentsiyasidan mahrum etishni EIdan talab qilishdi.

Seshanba kuni Evroparlamentda bo‘lib o‘tgan yig‘ilish o‘zbek paxtasini etishtirish va terib olinishida bolalar mehnatini ekspluatatsiya qilinishiga to‘la bag‘ishlangan ilk shunday voqea bo‘ldi.

Yig‘ilish ishtirokchilaridan biri Evroparlamentning tashqi aloqalar qo‘mitasidan Teri Djakob (Thiery Jacob), yig‘ilishda nohukumat tashkilotlari va bir qancha Evropa parlamenti qo‘mitalarining vakillari ishtirok etganini aytdi.

Dunyo paxtachiligida millionlab bolalarning qullarcha mehnati uchun javobgar bo‘lgan O‘zbekistan, ma’lum bo‘lishicha qimmatli xomashyoning Evropada sotilishi uchun alohida imtiyozlarga ega va bu amaliyotga barham berilishi kerak, deya Evropa siyosatdonlarini ishontirishga urinishdi NNT vakillari.

Anti-Slavery International tashkiloti vakilining ta’kidicha, o‘zbek paxtachiligiga katta miqyosda bolalar mehnatini jalb qilish davlat darajasida boshqariladi va nazorat etiladi.

Uni tashkil etilishi maktablar, ta’lim muassasalari, mahalliy hukumat va hatto O‘zbekiston prokuraturasi va politsiyasi zimmasidadir.

Jumladan yig‘ilishda, mamlakat 2008 yil imzolagan Bolalar mehnatini ekspluatatsiya qilishning eng hunuk shakllarini bartaraf etish va bolalarni himoya etish to‘g‘risidagi BMT Konventsiyasi, hech qanday samara bermaganini ta’kidladi, Xalqaro mehnat tashkiloti (ILO) vakili.

Shuningdek boshqa, jumladan ILO monitorini mamlakatga kiritish haqidagi shu kabi hujjatlar qatori konventsiyani imzolarkan, O‘zbekiston hatto uning bajarilishi haqida o‘ylagani ham yo‘q.

Bu yil tashkilot ekspertlari paxta hosili terimi davrida O‘zbekistonga borishmoqchi bo‘lishdi, biroq o‘zbek rasmiylari, zarur monitoringni o‘zlari tashkil etishlarini iddao etib, ularga ruhsat berishmadi.

Paxtachilikda katta masshtabdagi bolalar mehnati va boshqa inson huquqlarining buzilishlariga qaramay, O‘zbekiston Evropa ittifoqining EI tomonidan qabul qilingan rivojlanayotgan davlatlar iqtisodini ko‘tarish sohasidagi (GSP) “Umumiy pereferentsiya tizimi” imtiyozi bilan taqdirlangan.

1971 yildan buyon GSP rivojlanayotgan davlatlar eksporterlarini Evropaga ayrim yoki barcha mollarni kiritish va sotishda ancha kamaytirilgan soliqlar to‘lash imkonini beradi.

O‘zbek nemis inson huquqlari forumi rahbari Umida Niyazovaga ko‘ra, O‘zbekistonga bunday imtiyozning berilishi “g‘azablantiruvchi” holatdir.

Evroparlamentldagi yig‘ilish, uning fikriga ko‘ra, EI tomonidan O‘zbekiston hukumatini mukofotlash amaliyotiga chek qo‘yilishi uchun tashlangan muhim qadamlarning biridir.

Biroq, bolalar huquqi uchun faol ishtirokchi bo‘lgan Niyazovaning so‘zlariga ko‘ra, birdan natijalar bo‘lishini kutish kerak emas. Xanuzgacha EI, inson huquqlarining buzilishi yuzasidan cheklov choralarini faqat ikki mamlakat – Belorussiya va Birmaga qarshi qo‘llagan xolos.

“Biroq tomchi ortidan tomchi yig‘ilib oxir oqibat natijaga erishiladi, – deydi Niyozova. – Bo‘lib o‘tgan muzokara shu yo‘nalishdagi real qadamdir”.

Teri Jakobning ma’lumotlariga ko‘ra, ochiqlangan muammo yuzasidan Evroparlamentning qaror qabul qilishi shu yilning oktyabr noyabr oylarida kutiladi.

Dastavval bu tashqi aloqalar qo‘mitasida ovozga qo‘yiladi, keyin masala Evroparlamentning Plenar yig‘ilishiga olib chiqiladi.

 

http://www.uznews.net/news_single.php?lng=uz&sub=top&cid=31&nid=17434

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: