EI vakillari O‘zbekistondagi inson huquqi masalasini o‘rganyapti – ozodlik.org


23.06.2011

23 iyun kuni Evropa Ittifoqi vakillarining O‘zbekiston hukumati bilan inson huquqlari borasida ikki kunlik so‘zlashuvlari boshlandi.

Bugun Toshkentda Evropa Ittifoqining to‘rt nafar vakili O‘zbekiston rasmiylari bilan uchrashuvdan avval mahalliy huquq faollari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda qatnashgan O‘zbekiston mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhi rahbari Sur’at Ikromovga ko‘ra, EI vakillari mamlakatdagi diniy e’tiqod bilan qamalgan mahbuslar, qamoqxonalardagi qiynoqlar, so‘z erkinligi va bolalar mehnati muammolari bilan qiziqqanlar.

– Biz qiynoqlar, dindorlar, so‘z erkinligi va bolalar mehnati borasida o‘zimizga ma’lum faktlar bilan gapirdik. Keyin ulardan Qozog‘istondan ekstraditsiya qilingan 28 qochqin bilan bog‘liq vaziyatga ham e’tibor qaratishlarini so‘radik,- dedi Sur’at Ikromov.

EI vakillarining bugun O‘zbekiston Ombudsmeni Sayyora Rashidova, O‘zbekiston Inson huquqlari milliy markazi rahbari Akmal Saidov hamda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiylari bilan uchrashishi kutilmoqda.

Kecha Human Rights Watch tashkiloti Evropa Ittifoqi vakillari 23-24 iyun kunlari Toshkentda O‘zbekiston hukumati bilan inson huquqlari borasida o‘tkazadigan so‘zlashuvlarida qamoqda qolayotgan huquq faoli Norboy Xoljigitovning taqdirini kun tartibidagi asosiy masala sifatida ko‘tarishi lozimligini ta’kidlagan edi.

 

http://www.ozodlik.org/content/news/24244035.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: