“Chegara bilmas zo‘ravonlik” kasali va “Adolat nomi ostida qotillik” haqida – uzxalqharakati.com


June 23, 2011

Hazratqul Xudoyberdi

O‘zbekistondan olinayotgan so‘nggi xabarlarga qaraganda yana 12 mo‘min musulmonlar avvaliga hech bir asossiz ravishda hibs etilib, keyin esa ulardan 5 kishi 12 yillik uzoq muddatlarga qamoqqa hukm etilganlar, qolganlarini esa 3 yilga shartli ravishda qamoqqa hukm etishgan. Holbuki ularning birortasini aybi isbot qilinmagan!

Barcha demokratik muxolifat vakillari, inson huquqlari uchun kurashuvchilar va musulmonlarga ma’lumki, Islom Karimov rejimining Ichki zo‘ravonlik vazirligi va Milliy Xavf xizmati vakillari mana 22 yildan beri ayni siyosatni, ya’ni o‘zlari istagan fuqaroni hibsga olish, qiynash va zo‘rlik ishlatib har qanday odamni bo‘yniga har qanday aybni qo‘yishni bir doimiy ishlash uslubiga, odatiy holga aylantirishgan.

Bu narsa bizdan, O‘zbekiston Xalq Harakati a’zolaridan o‘z faoliyatimizni kuchaytirishni talab qiladi.

Buning sababi shuki, jinoyat qilishga o‘rganib qolgan rejim askarlari, tergovchilari, iskovuchlari, milisalari va maxfiy xizmat xodimlari bir narsani bizga uzil kesil isbot qildilar: Ular qanday qilib o‘zlarini navbatdagi jinoyatlardan tiyishni bilmaydilar, buni bilishni ham, bu haqda tinglashni ham istamaydilar. Chunki ularning zaif onglari va farosatlari bunday qudratga ega emaslar va ta’bir joiz bo‘lsa shuni aytish kerakki, ular zo‘ravonlik kasalidan qutilishda yordamga mo‘htojlar.

Mana yana 12 mo‘min musulmon birodarlarimiz, (ularning aksariyati yoshlar!) yana o‘sha zolimlar tarafidan asossiz ravishda hibsga olinib, yana uydirma ayblar bilan turli muddatlarga qamoqlarga hukm qilindilar. Bu faqat va faqat bir narsani anglatadi: Jinoyatkor rejimning askarlari bir og‘ir, tuzatib bo‘lmas kasallikka mubtalo bo‘lganlar. Uning oti “Chegara bilmas zo‘ravonlik” kasali bo‘lib, u o‘ta og‘ir kasallikdir. Jinoyatchilar tilida bundaylarni retsidivistlar, ya’ni qayta qayta jinoyat qiladiganlar, “qaytmaslar” deyishadi. Bu haqda men o‘tgan kunlari maxsus bir maqola chop etgan edim.

Ammo hozir gap boshqa masalada.

Demokratik muxolifat, inson huquqlari kurashchilari va xalqaro hamjamiyatning tinimsiz tanqidlariga qaramay, AQSh, EI, OBSE va boshqa davlatlar va tashkilotlarning iltimoslari, murojaatlarini inobatga olmay na bosh rahbar, na militsiya rahbarlari va ularning qo‘l ostidagilar, na MXH rahbarlari va ulaarning qo‘l ostidagilar, na tergovchi, prokurorlar va nihoyat na sudlar begunoh insonlarni asossiz ravishda hibsga olishlar va ularni uzoq muddatli qamoqlarga hukm qilishdan o‘zlarini to‘xtatmoqchi emaslar.

Bu faqat bir narsani anglatadi: Islom Karimov hukumatida hizmat qilayotgan aksariyat xodimlar “chegara bilmas zo‘ravonlik” kasaliga mubtalo bo‘lganlar. Har qanday kasallikni davolashni faqat ikki yo‘li bor. Biri terapiya, ikkinchisi xirurgiya usuli. Terapiya usuli bilan faqatgina o‘z kasalini tan olgan va davolanishni istagan odamlarnigina davolash mumkin. Ammo Karimov qo‘l ostida ishlaydiganlar bu kasallik haqida hatto eshitishni ham xohlamaydilar, chunki ular o‘zlarini kasal deb hisoblamaydilar.

Demak faqat xirurgik usul bilan bu kasallarni davolash mumkin xolos. Bu narsani biz hammamiz yaxshi tushunishimiz va shunga qarab ish tutishimiz kerak bo‘ladi.

Bu zo‘ravonlik kasaliga yo‘liqqanlar xuddi bir nashavanddek bo‘lib qolishgan va bu jiddiy kasallikdir. Ilmiy tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, umrida zo‘ravonlik qilmagan bir guruh insonlarga keng erkinliklar berilsa, ularning ko‘pchiligi o‘z qo‘l ostidagi mahbuslarga zo‘rlik ishlatib bundan rohatlanishar ekan. Bunday tajribani bir guruh talabalar ustidan o‘tkazgan olimlar inson miyasiniing tosh davrida odat bo‘lgan zo‘ravonlikni juda oson esga olishini va imkon to‘g‘ilganda o‘z zo‘ravonligini hech ikkkilanmay boshqa bir himoyasiz insonga qarshi ishlatib, bundan zavqlanishidan hayratda qolishgan.

Olimlarning xulosasi shu bo‘lganki, tabiatan yumshoq ko‘ngilli ko‘ringan har qanday odam ham, agar unga salgina bo‘lsada, qisqa muddat davomida boshqalar ustidan istagancha zo‘rlik qilish ho‘kmronligi berilsa, u holda ana shu yumshoq ko‘ngilli inson ham o‘z hokimiyatini mazasini totib ko‘rishni istar ekan va ayniqsa u boshqalar qilayotgan zo‘ravonliklarni ko‘rib unda ham boshqalardek zo‘ravonlik qilib ko‘rish istagi oson uyg‘onar, unda ham shunday narsaga moyillik paydo bo‘lar ekan.

Shundan so‘ng demokratik davlatlardagi hukumatlar va qonun yaratuvchi xalq vakillari fuqarolarni biror jinoyat qilganlikda gumon qilib ushlash, ularni so‘roq qilish va aybini aniqlash ishlarini jiddiy islohot qilish lozimligini tushunishgan.

Shu sabab u davlatlarda kriminal texnik tadqiqotlarni rivojlantirish ishlariga katta miqdorda mablag‘lar ajratilib boriladi va bu sohadagi ishlar doimiy ravishda qilinadi. Bu ishlardan asosiy maqsad: har qanday jinoyatni faqat va faqat rad etib bo‘lmaydigan isbot va dalillar asosidagina ochish kerak degan narsadir.

Ammo afsuski O‘zbekistonda jinoyatlarni ochishda na kriminal texnik usullar, na oddiy deduktiv metodika, na insonlarning fuqaroviy va siyosiy huquqlariga hurmat ko‘rsatish, na asossiz hibsga olmaslik qonunlariga rioya qilish, na gumon ostida hibsga olinib, aybi isbot qilinmaganlarni 3 sutkadan so‘ng qo‘yib yuborish praktikasi bordir.

Bugun O‘zbekistonda faqatgina katta pora evaziga hech bir asossiz qamoqqa olingan va aybi bo‘lmagan insonni ozod qilish mumkin xolos. O‘shanda sizda ham katta pul, ham kuchli tanish bo‘lishi kerak militsiya organlarida.

Rejimning Kuch ishlatar tizimlarining yana bir jiddiy kasalligi – bu ularning har qanday sohada ham, shu jumladan jinoyat qidiruv organlarida ham, xatoga yo‘l qo‘yilishi mumkin degan narsani tushunmaslik, buni tushunishni istamaslikdir.

Fuqaroviy va siyosiy erkinliklar ta’minlangan jamiyatlar va qonun hukmron bo‘lgan demokratik davlatlarda hibsga olingan har qanday fuqaroni so‘roq qilish faqat advokat ishtirokida bo‘lishi kerak. Bu qonun. Ana shu qonunni buzgan tergovchining barcha to‘plagan daliliy ashyolari, u hatto bir kishini o‘ldirgan bir qotilning aybini isbot qilgan bo‘lsa ham, sud qotilni sud zalidan ozod qilib yuboradi. Chunki tergovchining aybi qotilni aybidan og‘irroq hisoblanadi. Nima uchun?

Qanday qilib guyoki kichik, arzimagan bir xatoga yo‘l qo‘ygan tergovchining aybi bir qotilni aybidan kattaroq hisoblanishi mumkin?

Buning sababi shuki, sud tizimlari bir narsani aniq bilishadi –Tarki odat amri mahol! Vazifasi qonunrbuzarlikka qarshi kurashish bo‘lgan tartibni saqlash idorasining xodimlarini o‘zlarining qonunni buzilishiga yo‘l qo‘yishlari jamiyatning huquqiy davlat emasligini isbot qiluvchi narsadir. Bu degani esa butun boshli bir mamlakatning ulkan hokimiyat mashinasining buzuqligini, uning ishga yaroqsizligini chunki uning noqonuniy ekanligini ko‘rsatadi. Agar og‘ir bir tan jarohatini operatsiya qilayotgan xirurgning sal bo‘lsada xato qilishi bir inson o‘limiga olib keladigan bo‘lsa, qonunning uni himoya qiluvchi shaxslar tomonidan oyoq osti qilinishi “Demokratik , huquqiy jamiyat” deb atalmish bir tananing o‘limiga sababchi bo‘lishi mumkin.

Ana shunaqa qonun buzilishlarini “A murder of juctice”, ya’ni “Adolat nomi bilan o‘ldirish” deb atashadi va bu ko‘p hollarda ana shunday jinoyatga yo‘l qo‘yganlarni hammasini yoppasiga iste’fo berishlarini talab qiladi. Aks holda Hukumat inqirozga uchrashi mumkin.

Ana shuning uchun ham fuqaroviy jamiyatlarda “Adolat nomi bilan o‘ldirishlar” eng og‘ir jinoyat hisoblanadilar.

Islom Karimov to‘dasi 22 yildan beri ana shunaqa jinoyatlarni qilaverib yuz minglab insonlarning hayotlariga zomin bo‘ldilar va ularni endi hech narsa to‘xtata olmaydi, chunki ularning “chegara bilmas zo‘ravonlik” kasalliklari va “adolat nomi ostida o‘ldirish” siyosatlari bu to‘daning nafaqat hukumat, balki jinoyatchi to‘da shaklida ham inqirozga yuz tutganinini ko‘rsatadi, xolos.

Har qanday jinoyatchi to‘da, agar uning liderlarida sal bo‘lsada farosat bo‘lsa, ular o‘z jinoyatlarini ma’lum muddatlarda to‘xtatib, o‘zlari aqlli suv osti kemasi kapitanidek, kemani sekin dengizning eng chuqur joylaridan biriga, biror tepalik orqasiga yashirib “time out” holatiga, ya’ni vaqtinchalik mudofaa vaziyatiga o‘tishadi.

Ammo Islom Karimov to‘dasi bir daqiqa bo‘lsin o‘z jinoyatlarini to‘xtatmoqchi emas. Buning sababi yuqorida keltirilgan ikki narsadir, biri “chegara bilmas zo‘ravonlik” kasali, ikkinchisi esa jamiyatda “adolat nomi ostida qotillik” qilishlarning mavjudligi va ularning borgan sari avjiga chiqayotganligidir.

Bu har ikki kasallik na davolab, na islohot qilib bo‘lmaydigan narsalardir.

 

Hazratqul Xudoyberdi

2011 yil 23-iyun

 

http://uzxalqharakati.com/?p=573

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: