Archive for June 23rd, 2011

23/06/2011

“Erkin yurt”ning ilk soni chop etildi – uzxalqharakati.com

Iyun’ 23rd, 2011

Bugun 23 iyun, O‘zbekiston Xalq harakati nashri bo‘lgan “Erkin yurt” xabarnomasining qaldirg‘och soni nashr etildi. Unda Berlin qurultoyi, O‘XX belgilagan amaliy tadbirlarga oid materiallar shu jumladan, O‘XH madhiyalari loyihalari chop etilgan.

Nashrning PDF nusxasini ushbu link orkali o‘qishingiz, printeringizdan chiqarib olishingiz mumkin.

O‘XH Matbuot xizmati

 

http://ponauz.com/

Advertisements
23/06/2011

“Chegara bilmas zo‘ravonlik” kasali va “Adolat nomi ostida qotillik” haqida – uzxalqharakati.com

June 23, 2011

Hazratqul Xudoyberdi

O‘zbekistondan olinayotgan so‘nggi xabarlarga qaraganda yana 12 mo‘min musulmonlar avvaliga hech bir asossiz ravishda hibs etilib, keyin esa ulardan 5 kishi 12 yillik uzoq muddatlarga qamoqqa hukm etilganlar, qolganlarini esa 3 yilga shartli ravishda qamoqqa hukm etishgan. Holbuki ularning birortasini aybi isbot qilinmagan!

Barcha demokratik muxolifat vakillari, inson huquqlari uchun kurashuvchilar va musulmonlarga ma’lumki, Islom Karimov rejimining Ichki zo‘ravonlik vazirligi va Milliy Xavf xizmati vakillari mana 22 yildan beri ayni siyosatni, ya’ni o‘zlari istagan fuqaroni hibsga olish, qiynash va zo‘rlik ishlatib har qanday odamni bo‘yniga har qanday aybni qo‘yishni bir doimiy ishlash uslubiga, odatiy holga aylantirishgan.

read more »

23/06/2011

O‘zbekiston IIV: hammangning huquqlaring himoyalangan, xo‘p-mi?!!!

June 23, 2011

Regnum axborot agentligiga ko‘ra, podpolkovnik Ilhom Turg‘unov O‘zbekistonda 2010 yili advokatlar o‘z himoyasi ostidagi shaxsning huquqlari buzilgani yuzasidan shikoyat qilmadi deya bayonot berdi.

Qiziq, 2010 yil ‑ advokatlar jim turish yili bo‘lganmi? Bizning Qashqadaryo viloyatimizda qiynalayotgan million‑million aholining muammosi echilmayotgani, ularning haq‑huquqlari himoya qilinmayotganining sababi ham o‘sha advokatlarning jim turishlaridan ekan‑da! Qarshi shahrining aholisi suvsizlikdan qiynalayotganini prezidentga ochiq xat orqali bildirgan Gulshan opaning advokati bormikin?

read more »

23/06/2011

Finlyandiyada rasmiy uchrashuv – AAT

2011yil 20 iyun’ kuni AAT tashkilotining inson huquqlari bo‘yicha rais o‘rinbosari Baxtiyor Muxtorov, AAT tashkiloti nomidan O‘XH ning Finlyandiya bo‘limi a’zolari Farruh Rashidov va Jamshidbek Qodirovlar Finlyandiya Tashqi Ishlar vazirligida rasmiy uchrashuvda bo‘ldilar.

Vakillarni Finlyandiya Tashqi Ishlar vazirligining Markaziy Osiyo (Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston) ga aloqador Maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Tuula Uryola xonim (Ms. Tuula Yrjölä) va attashe Hannele Malms xonim (Ms. Hannele Malms)lar kutib olishdi.

read more »

23/06/2011

EI vakillari O‘zbekistondagi inson huquqi masalasini o‘rganyapti – ozodlik.org

23.06.2011

23 iyun kuni Evropa Ittifoqi vakillarining O‘zbekiston hukumati bilan inson huquqlari borasida ikki kunlik so‘zlashuvlari boshlandi.

Bugun Toshkentda Evropa Ittifoqining to‘rt nafar vakili O‘zbekiston rasmiylari bilan uchrashuvdan avval mahalliy huquq faollari bilan uchrashdi.

read more »

23/06/2011

Evroparlamentda O‘zbekistondagi bolalar mehnati haqida gapirildi – uznews.net

23.06.11

Uznews.net – Evropa parlamentining savdo bo‘yicha Komitetida 21 iyun kuni o‘zbek paxtachiligida bolalar mehnatiga bag‘ishlangan majlis bo‘lib o‘tdi, yig‘ilishda chiqish qilgan faollar O‘zbekiston tekstilchilarini Evropa savdo pereferentsiyasidan mahrum etishni EIdan talab qilishdi.

Seshanba kuni Evroparlamentda bo‘lib o‘tgan yig‘ilish o‘zbek paxtasini etishtirish va terib olinishida bolalar mehnatini ekspluatatsiya qilinishiga to‘la bag‘ishlangan ilk shunday voqea bo‘ldi.

read more »

23/06/2011

O‘shda snayperlar bo‘lganmi? – ozodlik.org

Rasmiylar Qirg‘iziston janubida o‘tgan yil iyun oyida sodir bo‘lgan qonli voqealardan so‘ng turli qurollar bilan birgalikda snayperlik miltiqlari ham musodara qilinganini bildirgandilar.

23.06.2011

Elmurod

O‘tgan yilgi O‘sh qirg‘ini chog‘ida qo‘lga olingani rasman e’lon qilingan va ajnabiy ekani aytilgan o‘nga yaqin snayper bilan bog‘liq vaziyat tushunarsizligicha qolmoqda.

O‘sh qirg‘ini paytida snayperlar tomonidan tinch aholiga va harbiylarga qarata o‘q otilgani haqida ko‘plab guvohliklar bor. O‘tgan yili bu haqda Muvaqqat hukumatda kuch ishlatar tuzilmalarni boshqargan Azimbek Beknazarov ham rasman bildirgan edi. Biroq oradan bir yil o‘tgach, rasmiylar O‘sh qirg‘inida ishtirok etgan snayperlar masalasini chetlab o‘tishga harakat qilishmoqda va bu borada bir-biriga zid keluvchi bayonotlarni berishmoqda.

read more »

23/06/2011

Ikkinchi jahon urushi o‘zbek ijodkorlari safini kamaytirdi – ozodlik.org

O‘zbekistonning 6,5 millionlik aholisidan 1,5 millioni Ikkinchi jaho urushida qatnashgan, ularning yarim millioniga yaqini uyiga qaytmagan.

22.06.2011

Abdulla Iskandar

Bundan 70 yil oldin 22 iyun tongida natsist Germaniyasi Sovet Ittifoqiga qarshi urush boshladi.

O‘zbekiston ham o‘shanda Sovet Ittifoqi tarkibida edi. Mamlakat bo‘ylab ommaviy safarbarlik boshlandi.

O‘sha paytda 6,5 million aholisi bo‘lgan O‘zbekistondan 1,5 million odam urushga jalb qilindi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bu urushda yarim million o‘zbek halok bo‘lgan.

Garchi mamlakatdagi san’at arboblari, yozuvchi shoirlarni urushdan ozod qilish haqida qaror qabul qilingan bo‘lsa-da, o‘zbek rassomlari, shoir va yozuvchilari urushning birinchi kunlaridanoq frontga olib ketilgan.

read more »