O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi mojarolar ortida nima yotibdi? – uznews.net


21.06.11

Uznews.net – O‘tgan hafta Moskvada tojik diplomatlarining O‘zbekiston sha’niga qarshi keskin chiqishlari bilan boshlangan diplomatik janjal, Markaziy Osiyo mintaqasidagi suv zahiralaridan foydalanishdagi ziddiyatlarning yanada keskinlashganini namoyish etdi.

14-iyunda Tojikistonning Rossiyadagi elchixonasi o‘z saytida «Tojikistonning suv zahiralari Markaziy Osiyo mintaqasida birlashtiruvchi faktor bo‘lib xizmat qiladi» sarlavhasi ostida maqola chop etdi, ushbu maqola suvdan foydalanishda mintaqadagi barcha xalqlar manfaati e’tiborga olinishiga ishontirish bilan birga, mutlaqo O‘zbekistonga qarshi e’tirozlarga bag‘ishlangan. 

Tojik diplomatlari uni Orol dengizini quritishda, Tojikistonni energetik inqirozdan chiqishiga to‘sqinlikda va hatto o‘tgan asr 90 yillarining boshida mamlakatda fuqarolar urushini kelib chiqishini rag‘batlantirishda ayblashdi.

Shuningdek, O‘zbekistonni chegarada mina maydonlarini yaratishda, Dushanbe-Toshkent havo marshrutini ochishga “siyosiy istakning yo‘qligi”da, Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi boshqa liderlarga mensimay qarashda va Rog‘un GESi uchun zarur qurilish mollari yuklangan temir yo‘l vagonlarining to‘silishida ayblashdi.

«Qo‘shni respublika rahbariyati Tojikistonga, u yoki bu ob’ektni, jumladan o‘z hududida Rog‘un GESini qurish yoki qurmaslikni buyurishga urinmoqda, – deyiladi bildirishda. – Bu, bizning fikrimizcha, Tojikistonning O‘zbekistonda gaz va neft konlarining ochilishiga qarshi chiqishi bilan tengdir».

Bunga javoban 18-iyun kuni O‘zbekistonning RFdagi elchixonasi o‘z saytida «Faktlar va ehtiroslar» degan maqolani e’lon qildi, unda o‘zining tojik hamkasblarini «ochiq tendentsioz baho va hujumlar», shuningdek «O‘zbekiston sha’niga asossiz ayblovlar»da qoraladi.

Shundan so‘ng bobma bob Tojikiston elchixonasining barcha e’tirozlarini rad etdi. Jumladan, BMT xalqaro shartnomasi va konventsiyalariga asosan, O‘zbekiston elchixonasi quyidagi xulosalarni chiqargan:

«Shunday qilib, TR elchixonasining bildirganidek, Rog‘un GESi qurilishi rejalari faqat ularning mamlakati ichki ishi bo‘lishi haqidagi iddao, xalqaro huquq normalariga muvofiq emas».

Shuningdek, Tojikistonni regional suv energetik muammolar echimini kechiktirilishida ayblashdi.

O‘zbek diplomatlarining bildirishida ta’kidlanishicha, “aynan Dushanbe pozitsiyasi tufayli so‘nggi yillarda Amudaryo va Sirdaryo suv sathiga mintaqa davlatlari uchun Davlatlararo suv xo‘jaligi muvofiqlashtiruv komissiyasi doirasidagi kelishuvga erishilmayotir”.

Ikkala axborot – ham tojik, ham o‘zbek tomonining chiqishlari – elchixonalarning matbuot xizmatlari tomonidan imzolangan, biroq, qoidaga ko‘ra, bunda har bir aytiladigan “eng yuqoridagilar” bilan kelishiladi.

Ziddiyatlarning boisi shundaki, Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlar yagona ekologik tizim, xususan, muayyan ikki yirik daryo – Amudaryo va Sirdaryo atrofida birlashgan.

O‘zbekiston rahbariyatining fikricha, daryolarning soqqasida turgan Qirg‘iziston va Tojikiston suvlardan mutlaqo o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanib, quyida joylashgan – O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston manfaatlariga ziyon etkazishmoqda.

Tabiiy suv tanqisligi muammolarni yanada kuchaytirib, so‘nggi yillarda O‘zbekiston dehqonlariga ancha muammolar yaratmoqda.

Ekspertlar fikricha, mintaqa davlatlarining bir qarorga kelishiga nafaqat Markaziy Osiyo davlatlari liderlarining ambitsiyasi, balki xorijiy shirkatlarning Qirg‘iziston va Tojikistonda quriladigan gidroelektro stantsiyalarga sarmoya yotqizish niyati ham to‘sqinlik qilmoqda.

 

http://www.uznews.net/news_single.php?lng=uz&sub=top&cid=32&nid=17421

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: