Qozog‘istonda mu’tadil Islomni rivojlantirish g‘oyasi ishlab chiqilmoqda – bbc uzbek


20 iyun 2011

Shodiyor Sayf

Bi-bi-si, Olma ota

Bir millat – bir din. Qozog‘istonda mana shu shior ostida mo‘’tadil Islomni rivojlantirish g‘oyasi ishlab chiqilmoqda.

Yaqinda tuzilgan Diniy ishlar bo‘yicha agentlik mamlakatdagi diniy birlashmalarni yangi qonunlar bilan isloh qilishni o‘z oldiga maqsad qilgan.

Qozog‘istonda Islom dinini bir tartibga solish harakatlari mamlakatning yirik shaharlarida sodir etilgan portlashlardan so‘ng kunning dolzarb mavzusiga aylangan.

Diniy ishlar bo‘yicha agentlik Qozog‘istonda Islom dinini mo‘’tadillashtirish bo‘yicha ham qonunchilikda va ham tuzilmalarda ulkan islohotlar qilishni o‘z oldiga maqsad qilgan.

“Maqsadimiz Qozog‘istonda diniy ahvolni murakkablashishiga yo‘l qo‘ymaslik. Dunyoda sodir bo‘layotgan ayrim narsalarga bo‘lgan qarashni radikallashib ketishining oldini olish”, – deydi diniy ishlar bo‘yicha agentlik rahbari Qayrat Lama Sharif.

Lama Sharif janoblariga ko‘ra, Qozog‘istonning 70 foiz aholisi Islomning sun’iy aqidasiga amal qiluvchilarni tashkil qiladi.

Islom ushbu mamlakatga 20-asrda emas, azaldan kirib kelgan va o‘zining ma’lum an’anasiga ega.

Qozog‘istonda bundan bir oy oldin Diniy ishlar bo‘yicha agentlik tashkil qilinib, unga respublikaning Saudiya Arabistonidagi elchisi Qayrat Lama Sharif tayinlangandi.

Lama Sharif janoblari agentlik asosiy e’tiborni diniy estremizmning oldini olishga qaratishini ma’lum qilgan.

Hukumatning qo‘qqisdan diniy jabhada o‘zgarishlarga qo‘l urishini kuzatuvchilar mamlakatdagi so‘ngi vaqtlarda sodir bo‘lgan turli qo‘poruvchilik portlashlariga bog‘lashmoqda.

Mutaxassislarga ko‘ra, diniy ishlar bo‘yicha agentlik rejadan tashqari holatda paydo bo‘lgan. So‘nggi vaqtlardagi Ostona va Aqto‘beda sodir bo‘lgan xudko‘shlik portlashlari davlatni mana shunday markazlashgan agentlik tuzishga majbur qilgan.

Qozog‘iston Musulmonlar ittifoqi rahbari Murat Telibekovning aytishicha, davlat huquq-tartibot organlari jamiyatda paydo bo‘layotgan ekstremistik qarashga ega shaxslar bilan kurasha olmayapti. Shuning uchun aql va qalbni egallashga harakatlar boshlangan.

“Davlat boshqa uslublarga urg‘u bermoqchi bo‘layapti, kuch ishlatar uslubdan tashqari g‘oyani ishga solib, diniy jamoatchilikning rivojlanishi va boshqarishga harakat qilib ko‘rmoqchi”, – deydi Murat Telibekov.

Qozog‘istonda so‘nggi vaqtlarda Islom jadallik bilan qayta tiklanishni boshidan kechirayotgani aytiladi.

Ayniqsa, shahar joylarida ushbu tendentsiya tez sodir bo‘layotgani e’tirof etiladi.

“Yirik shaharlar dindorlik kuchayishining markazi bo‘lib borayotganini e’tirof etish kerak. Va bu – ushbu tendentsiyaning o‘ta jiddiyligini anglatadi, axir shaharlar bu qishloq emas, ular zamonaviy jamiyatning rivojlanishini belgilab beradi”, – deydi Qozog‘iston prezidenti qoshidagi strategik tadqiqotlar instituti bosh ilmiy xodimi Timur Kozirov.

Hukumat o‘z harakatlarida Islom olamining markazida faol davlat bo‘lishga intilayotganini ko‘rish mumkin.

2011 yili Qozog‘iston Islom konferentsiyasi tashkilotiga raislik qilmoqda.

Ostonada dinlararo toqatlilikka chaquruvchi konferentsiyalar shaxsan prezident Nazarboev tashabbusi ostida o‘tkazilib turiladi.

Bundan tashqari, Qozog‘iston Markaziy Osiyoning halol sanoat bo‘yicha markaziga aylanishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/central_asia/2011/06/110620_kazakh_modern_islam.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: