O‘XHNING NORVEGIYA BO‘LIMI TASHKIL QILINDI – uzxalqharakati.com


June 19, 2011

2011 yil 19 iyunda Norvegiyaning poytaxti Oslo shahrida ” O‘zbekiston Xalq Harakatining” Norvegiya bo‘limi tashkil etildi.

Tashkiliy majlisda Norvegiyada yashayotgan O‘zbekiston muxolifati vakillari va mehmonlar ishtirok etdilar.

O‘XH Muassislar Majlisning a’zosi Namoz Normo‘min yig‘ilganlarni Harakatning g‘oya va maqsadlari, tashkiliy tizimi va harakatga a’zo bo‘lishni istaganlarga tavsiya qilinadigan ilmiy, ijtimoiy-siyosiy va va axloqiy sifatlar bilan tanishtirdi. Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar O‘XHga o‘z munosabatlarini bildirdilar va harakatni qo‘llab quvvatlash haqida ijobiy fikrlar aytdilar. Yig‘ilishda tashkiliy masala ham ko‘rib chiqildi. O‘XH Norvegiya bo‘limining Raisi etib Maqsud Bekjon saylandi. Shuhrat Badalboev tashkiliy ishlar bo‘yicha va Uyg‘un Murot esa iqtisodiy ishlar bo‘yicha Rais muovini etib saylandilar.

Yig‘ilishda Sharqiy Turkiston va Ozarboyjon taraqqiyparvar kuchlarining vakillari ham qatnashdilar va O‘XH haqida yaxshi istak va fikrlar bildirishdi.

Yig‘ilish ishtirokchilari O‘XH Norvegiya bo‘limi faoliyatini taraqqiy qildirish haqida kelishib oldilar. Norvegiyada yashayotgan va O‘XHga a’zo bo‘lishni yoki uning faoliyatiga moddiy-ma’naviy ko‘mak berishni istaganlar quyidagi adreslarga murojaat qilishlari mumkin:

1. Maqsud Bekjon- maksudbek@gmail.com

2. Shuhrat Badalboev – shohruh13@mail.ru

3. Uyg‘un Murot – ujrun@epost.no

 

http://uzxalqharakati.com/?p=452

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: