O‘XH: FUQAROVIY BO‘YSUNMASLIK – uzxalqharakati.com


O‘zbekiston xalq harakati

“Inson haqlari shuning uchun ham Qonun hukmi bilan himoya qilinishi kerak-ki, toki inson zulm va istibdodga qarshi so‘nggi chora sifatida qo‘zg‘olonga bosh urmasin.”

(1948 yil 10 dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tarafidan qabul qilingan  “Inson haqlarining umumudeklaratsiyasi”)

Aziz va muhtaram vatandoshlar,

Xalqimizning Sho‘rolar zulmidan qutulib, ularning sarqiti bo‘lmish Karimov zulmiga tutilganiga 21 yil bo‘ldi. Bu yillar davomida Karimov hukumati xalqimizga mislsiz azoblar chektirdi, uni aql bovar qilmas usullar bilan qiynadi, xo‘rladi, haqoratladi.

Xalkimiz qashshoq va nochor ahvolga tushdi. Faqat muxolifat vakillarini emas, tazyiq va ta’qiblariga qaramay, o‘z aqli va g‘ayrati bilan oilasini pul topib boqqan, sal qaddini ko‘targan mard ham rejim dushmaniga aylandi.

Mamlakat miqyosida “ O‘zbekistonni kelajagi buyuk davlat” kabi shiorlar yangrasada, lekin xalkimiz xayotida o‘zgarishlar bo‘lmadi. Mamlakat bo‘ylab tarqalgan poraho‘rlik, korruptsiya, ishsizlik va rahbarlarni mas’uliyatsizligi halqimiz tinkasini quritdi. Bugunga kelib, Islom Karimov va uning xukumati xalkimiz ishonchini qozonib, ularga yolg‘on va’dalar berib, xalqni barbod qildi.

Uni zulmi va ijtimoiy adolatsizligi shu darajaga etdiki, oila tebratish maqsadida erkagu-ayollar darbadar mardikorga aylandi, yosh bolalari pahta dalalariga xaydaldi. Bugun eng kalbni tirnaydigan azob shuki, xalqimizni eng samimiy va pokiza ishlari, orzu niyatlari bor do‘stlarimizning turmalarda turli xil noxaq ayblovlar bilan ayblanib jabr ko‘rayotganlaridir. Karimov xukumati bu kabi insonlarni tinimsiz turmalarga tiqmoqda, ularga uzoq muddatlar bermoqda. O‘z xalqiga va o‘z yurtini obod qilishga bel bog‘lagan insonlarni yuqotib kelmoqda.

Jamiyatimizda axloq, hayo tushunchalri o‘z qiymatini yo‘qotmoqda. Naslu nasabimizga yot bo‘lgan o‘g‘irlik, zino, fahsh kabi illatlar millatimizga odat bo‘ldi. Xotin-xalaj non topay deb, begona ellarda darbadar kezmoqda. Uyatdan O‘zbekman deb bosh ko‘tarib yurolmaydigan bo‘ldik.

O‘zbek o‘z mahramini, xotin qizlarini non topish uchun ko‘chaga yubormagan.

Ochdan o‘lsa o‘lganki, buni qilmagan!

Kommunistlarning sarqiti Karimovdan qo‘rqib shu ayanchli ahvolga tushdikmi?

Biz bosqinchilarga qarshi kurashgan Jaloliddin Manguberdining, Temur Malikning, zurriyodlarimizku!

Biz Chor Rusiyasi istibdodiga qarshi bosh ko‘targan Dukchi eshon, Lenin bol’sheviklar zulmiga qarshi kurashgan Madaminbek kabi ozodlik kurashchilari avlodlarimizku

Karimov ham ajdodi bol’sheviklar kabi noqonuniy hokimiyatini zo‘ravonlik bilan tutib turgan zolimdir!

Karimov o‘zi qabul qilgan Konstitutsiya bo‘yicha prezidentlik muddati bitsa ham o‘zini yana prezidentlikka saylagan muttahamdir!

Biz shu muttahamdan qo‘rqib shu tuban ahvolga tushdikmi?

Karimov 21 yil davomida o‘zi qabul qilgan Konstitutsiyani surunkasiga buzdi va bu xizmatlari uchun o‘ziga o‘zi “xalq qahramoni” unvonini taqdi.

Biz Qonunning buzilganiga qarshi chiqsak, bizni aksilkonstitutsion jinoyat sodir qildi deb, Jinoyat Kodeksining 159 moddasi bilan jazoladi.

Shumi adolat?

Shuni adolat deb bizni aldayotgan hukumatdan adolat kutish mumkinmi?

Bu savol bugun berilayotgani yo‘q. O‘zbek xalqi 21 yildan beri shu savol bilan yashayapti.

Bu savolga javob topish uchun siyosiy tashkilotlar tuzildi, o‘zlaricha, demokratik uslubda, tinch yo‘l bilan hukumatni insofga chaqirdilar, ammo hukumatning ularga javobi qatag‘on va tazyiq bo‘ldi, ular “xalq dushmani” deb e’lon qilinib, turmaga tashlandi, quvg‘in qilindi va o‘ldirildi

Bu savolni bergan musulmonlar “islom fundamentalistlari” deb atalib, “Jasliq” kabi kontslagerlarda qiynoqlarga solinib, o‘ldirildilar. Bugunda O‘zbekiston turmalarida Ollohga inonganlari uchun, unga ibodat qilganlari uchun minglarcha birodarlarimiz azob chekmoqda. Jallodlar musulmon maxbuslarni “Karimovni xudo deysan” deb,tirnoqlarini sug‘urib olmokda.

Bu dahshatli zulmdan qutulush uchun nima qilish kerak?

Karimovdan demokratiya talab qilish, o‘rmonda bizga hujum qilayotgan to‘ng‘izga ma’ruza o‘qish bilan teng.

Iymonsizdan insof talab qilish, qotildan shafqat so‘rash kulgili.

Bugungi O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qiladigan qonun yo‘q, qonun bo‘lsa ham unga rioya qiladigan hukumat yo‘q, hamma erda zo‘rovonlik va adolatsizlik hokim, shu bois ham odamlarning mavjud istibdodga qarshi bosh ko‘tarishdan o‘zga chorasi yo‘q.

Karimov zulmidan qutilishning yagona yo‘li – unga buysunmaslikdir, butun o‘lkada BO‘YSUNMASLIK va O‘ZBEKISTONDA DIKTATORLIK REJIMINI YO‘QOLISHINI TALAB QILISH harakatini boshlashdir.

Buning nima ekanini avvaldanoq to‘g‘ri tushunmog‘imiz zarur.

-Biz Karimov rejimiga qarshi kurash deganda bitta guruhning hokimiyat uchun kurashini emas, qullikdan qutulish uchun boshlangan xalq kurashini tushunamiz.

-Bizning kurashimiz xalqimizni zulmdan qutqarish uchundir

-Biz bu kurashga xalqimizni boshqa hur millatlar qatorida hushnud va baxtiyor ko‘rish uchun kirdik. Uning o‘z dini va urf odatlarini hur irodasi bilan bajo keltirishiga yordam berish niyatida kirdik!

-Biz bu kurashda mazlum o‘zbek xalqiga xayrirox bo‘lgan adolatparvar kuchlar va davlatlar bilan muloqotga tayyormiz!

-Biz Karimov rejimining zulmiga qarshi bo‘lgan barcha shaxslar bilan aloqada bo‘lamiz, ularni o‘z safimizga kelib qo‘shilishlarini sharaflaymiz!

-Biz mavjud muxolifat partiyalari bilan ham, joriy hukumat ichidagi Karimovdan norozi bo‘layotgan ma’murlar bilan ham aloqadamiz!

-Biz O‘zbekiston davlatining armiyasini ham o‘zimizga dushman deb bilmaymiz. Hatto bizga zulm qilayotgan xuquq tartibot tizimlariga ham dushman emasmiz.Ular Karimovning buyrug‘ini bajarayotganini yaxshi bilamiz. Bu tizimlarda ham bizning xalqimiz vakillari ishlaydi. Ular ham aslida Karimov zulmidan bezib bo‘lgan. Biz ular bilan ham muloqotdamiz va bu muloqotni yanada kengaytiramiz!

-Bizning dushmanimiz faqat va faqat xalqning qonini ichayotgan Karimov, unga yaqin bir hovuch qotil va qaroqchilardir.

Shuning uchun bugungi maqsadimiz – zulmni yuqolishini kutish emas, balki u bilan kurashib engishdir.

O‘zbekistonda ozod va hur irodali xalq bo‘laylik va orzu – umidlarimizni vatanimizda ro‘yobga chiqaraylik.

 

http://uzxalqharakati.com/?page_id=2

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: