ASOSIY KO‘RSATMALAR – uzxalqharakati.com


O‘ZBEKISTON XALQ HARAKATI bo‘limlarini tuzish va ularning faoliyatini tashkillashtirish haqida

ASOSIY KO‘RSATMALAR

O‘zbekiston Xalq Harakatining Markaziy, Mahalliy va Hududiy bo‘limlaridagi barcha faoliyatlar Harakat Nizomi va Dasturiga qat’iy asoslangan holda olib boriladi.

Harakatning mahalliy bo‘limlarini tuzish masalasi eng asosiy masalalardan biridir. Shu sabab ushbu Ko‘rsatmalar birinchi navbatda Harakatning joylardagi bo‘limlarini qay tarzda tuzish va ularni faoliyatlarini qanday olib borish haqidadir.

O‘z.Res. konstitutsiyasidan ko‘chirma;

34-modda. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar.

Mazkur moddada ko‘rsatilishicha, o‘zbekiston respublikasining har bir fuqarosi , ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar. Ammo, biz boshqa o‘nlab haq huquqlar qatorida mana shu huquqimizdan mahrum qilinganmiz.

Har bir vatanimiz fuqarosi bilsinki, biz qilayotgan ishlar O‘zbekistonning ichki va shuningdek, xalqaro qonunlarga ham zid emasdir. Biz qonunga muvofiq faoliyat qilayotganimizni unutmang!

Harakat bo‘limlarini tuzish haqida

O‘zbekiston Xalq Harakatining asosiy kuchi – bu uning joylardagi birlamchi tashkilotlaridir. Ya’ni, Harakatning zamini – bu uning joylardagi xalq ommasi ichidan otilib chiqqan, Vatan va o‘z xalqining OZODLIGI VA HURRIYaT g‘alabasi uchun buyuk kurashga jonu dili bilan kirishga tayyor bo‘lgan insonlardan tashkil topgan birlamchi bo‘limlaridir.

Bunday vatanparvar, xalqparvar, hurriyatga tashna insonlar hamma joylarda bor. Masala (Maxalliy bo‘lim faollarini vazifasi) faqat shu insonlarni topa bilish, ular bilan ilk uchrashuvlar o‘tkazish va bu uchrashuvlar chog‘ida ularga O‘zbekiston Xalq Harakati to‘g‘risida qisqa, lo‘nda va aniq ma’lumotlar berishdan iboratdir.

Harakatning joylardagi bo‘limlarini uch kishi boshqaradi.

1.Bo‘lim raisi.

2.Tashkiliy masalalar bo‘yicha bo‘lim raisi muovini

3.Iqtisodiy masalalar bo‘yicha bo‘lim raisi muovini

BO‘LIM RAISI VAZIFALARI.

1.O‘zi mas’ul bo‘lgan tuman yoki viloyat bo‘limini boshqarish.

2.Tuman bo‘limi raislari Viloyat bo‘limi raisiga bevosita bo‘ysunadi. Viloyat bo‘limi raislari Markaziy Kotibiyat bo‘limiga bo‘ysunadi.

3.Harakatning har bir a’zosini ism sharifini va tel nomeri yoki emailini maxsus daftarga yozib qo‘yadi.

4.Harakat a’zolariga tarqatish uchun beriladigan bukletlar boshqa ashyolarni o‘z muovinlari bilan birga tarqatishni tashkillashtiradi.

5.Bo‘lim raislari o‘z a’zolarini xavfsizligi uchun mas’uldir. Va ularni faoliyatini yashirin va xavfsizligini ta’minlaydi.

BO‘LIM RAISINI MUOVINLARI VAZIFALARI

1. Tashkiliy masalalar bo‘yicha muovin Harakatga yangi a’zolar jalb qiladi. Va har bir yangi a’zo ular tanigan ishonchli odamlardan bo‘lishini nazorat qiladi.

2. Ularni harakat nizomi va g‘oyalari bilan tanishtiradi.Va ularga bu norozilik namoyishlarini O‘z. Res. Konstitutsiyasiga zid emasligini tushuntiradi.Ularni huquqiy bilimlarini oshiradi.

3. Bo‘lim faoliyati Nizomga muvofiq olib boriladi.

4. Iqtisodiy masalalar bo‘yicha muovin a’zolardan (Rossiya va O‘zbekiston bo‘limlari uchun)bir yiliga 10 dollar miqdorida a’zolik badali undiradi. (Evropa va Aqsh bo‘limlari uchun yiliga 25 dollar )

5. Mablag‘ni o‘sha bo‘limni faoliyati uchun raisni buyrug‘iga binoan sarflanishini nazorat qiladi.

6. Bir yilda bir marta 20 foiz mablag‘ni MK tasarrufiga o‘tkazadi.

Harakatga o‘z jamoasi orqali yoki mustaqil kirgan a’zolarni o‘zaro birlashtirish, Harakat Nizomi va Dasturida belgilangan maqsadlar yo‘lida samarali faoliyat yuritishni uchun Harakatning barcha a’zolarini ular qay yo‘sinda Harakatga a’zo bo‘lganlaridan qat’iy nazar ularni HUDUDIY va MARKAZIY ko‘rinishlarda birlashtirish lozim.

Bu uchun birinchi navbatda o‘sha hududda yashab turgan barcha a’zolarni ruyxatini tuzib bir majlis chaqirishlari kerak va u erda Harakatning hududiy bo‘limi/birlashmasi tuzilganini tasdiqlashlari kerak. (O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‘iston bo‘limlari xavfsizlik nuqtai nazaridan yashirin faoliyat olib boradilar)

Markaziy Rahbariyat Muassislar Majlisi bo‘lsa, hududlardagi ikkinchi bosqich rahbariyati Mahalliy Majlisdir. Masalan, O‘zbekiston Xalq Harakatining Shvetsiya Mahalliy Majlisi, Qozog‘iston Mahalliy Majlisi, AQSh Mahalliy Majlisi, Rossiya Mahalliy Majlisi, Turkiya Mahalliy Majlisi va hokazolar.

Harakatning Mahalliy Majlisi va uning Raisi endi o‘z navbatida Harakatning o‘sha mamlakat hududlaridagi bo‘limlarini tuzishlari kerak.

Bu ish ham xuddi ikkinchchi bosqichdagi kabi olib boriladi ammo endi hududiy bo‘limlar tuzish ishlarining mas’uliyati Mahalliy Majlis va uning Raisi zimmasidadir.

Shu yo‘llar bilan Harakatning Hududiy Kengashlari tuziladilar va ular o‘z ichlaridan bir kishini Rais va bir kishini kotib etib saylaydilar. Masalan, O‘zbekiston Xalq Harakati Qozog‘iston Mahalliy Majlisining Olmaota shahar hududiy Bo‘limi, O‘XH AQSh Mahalliy Majlisining Boysi shahar hududiy Bo‘limi va hokazolar.

Mahalliy va hududiy bo‘limlar faoliyatini yuritish tartiblari

O‘XHning Mahalliy Majlislari va Hududiy Bo‘limlari o‘z faoliyatlarini Harakatning Nizomi va Dasturidan kelib chiqib, hamda Harakat Rahbariyati so‘nggi paytlarda chiqarayotgan yangi hujjatlar – Ko‘rsatmalar va Farmonlar asosida olib boradilar. Bu erda asosiy e’tibor beriladigan narsalar:

A) A’zolik badallarini vaqtida to‘lab borilishiga e’tibor berish. Markaziy Rahbariyat qabul qilgan so‘nggi qarorga asosan 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan a’zolar bir yilda bir marta 10 dollar, 18 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lganlar bir yilda 25 dollar, va 65 yoshdan yuqori bo‘lganlar yiliga 10 dollar badal to‘lab boradilar. Badalni to‘lashni istamagan shaxs avtomatik tarzda Harakat saflaridan chiqdi deb hisoblanadi. To‘langan badal qaytarib berilmaydi.

B) Markaziy rahbariyat tasdiqlagan paytdan boshlab a’zolik biletlari, ramzlar, bayroqlar va gimnlar tarqatiladi. Ulardan foydalanish Harakat rahbariyati belgilagan tartib va qoidalar asosida olib boriladi. O‘zboshimchalik bilan turli tuman ramzlarni Harakat nomidan chiqarish va uni reklama qilishga va umuman Harakat nomi va ramzlaridan shaxsiy yoki boshqa maqsadlarda foydalanishga ruxsat berilmaydi. Harakat ramzi, nishonlari va faoliyatiga odi har bir jiddiy qadamlar eng avvalo Harakatning Hududiy Bo‘limi rahbariyati, keyin Mahalliy Majlislar rahbariyati va eng so‘nggida Markaziy Rahbariyat bilan kelishilgan holda olib borilishi kerak.

5. Harakat a’zolarining haq-huquqlari va majburiyatlari

O‘zbekiston Xalq Harakati a’zolari quyidagi haq va huquqlarga egadirlar:

– Harakatga a’zo bo‘lish va a’zolikdan o‘z ixtiyori bilan chiqish

– Harakatniing rahbar organlariga saylash va saylanish

– Harakat a’zosi sifatida uning nomidan faoliyat olib borish(Nizom, Dastur, Ko‘rsatmalar va Farmonlar doirasida)

– Harakatning favqulodda Qurultoyini (Markaziy yoki hududiy ) chaqirish uchun Tashabbus guuruhi tuzish

– Harakatning asosiy maqsadlari yo‘lida faol harakatlar qilish, O‘zbekistonda demokratik va insoniy qadriyatlarga asoslangan ochiq, ozod, hukuqiy va fuqaroviy jamiyat qurish ishlarida o‘z bilimini kun sayin oshirib borish va ana shu ishlarni ta’minlashda qo‘lidan kelgan barcha ishlarni sobitqadamlik bilan amalga oshirib borish

– Harakatga yangi a’zolarni jalb qilib borish ishlariga ham faol qatnashish, fuqarolarga ularning Konstitutsion haq va huquqlarini o‘rganishda yordam ko‘rsatish, Harakat faoliyatini tashviqot qilish borish va hayotda izchillik bilan, madaniy ravishda o‘z huquqlarini mukammallashtirib borish, o‘zgalar hayoti va taqdiriga befarq bo‘lmaslik va hamisha insonlarga yaxshilik, ezgulik, o‘zaro hurmat va insonparvarlik bilan munosabatda bo‘lishlari lozim.

O‘ZBEKISTON XALQ HARAKATI

 

http://uzxalqharakati.com/?page_id=311

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: