Archive for June 20th, 2011

20/06/2011

ASOSIY KO‘RSATMALAR – uzxalqharakati.com

O‘ZBEKISTON XALQ HARAKATI bo‘limlarini tuzish va ularning faoliyatini tashkillashtirish haqida

ASOSIY KO‘RSATMALAR

O‘zbekiston Xalq Harakatining Markaziy, Mahalliy va Hududiy bo‘limlaridagi barcha faoliyatlar Harakat Nizomi va Dasturiga qat’iy asoslangan holda olib boriladi.

Harakatning mahalliy bo‘limlarini tuzish masalasi eng asosiy masalalardan biridir. Shu sabab ushbu Ko‘rsatmalar birinchi navbatda Harakatning joylardagi bo‘limlarini qay tarzda tuzish va ularni faoliyatlarini qanday olib borish haqidadir.

O‘z.Res. konstitutsiyasidan ko‘chirma;

34-modda. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar.

Mazkur moddada ko‘rsatilishicha, o‘zbekiston respublikasining har bir fuqarosi , ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar. Ammo, biz boshqa o‘nlab haq huquqlar qatorida mana shu huquqimizdan mahrum qilinganmiz.

Har bir vatanimiz fuqarosi bilsinki, biz qilayotgan ishlar O‘zbekistonning ichki va shuningdek, xalqaro qonunlarga ham zid emasdir. Biz qonunga muvofiq faoliyat qilayotganimizni unutmang!

read more »

Advertisements
20/06/2011

O‘XH: FUQAROVIY BO‘YSUNMASLIK – uzxalqharakati.com

O‘zbekiston xalq harakati

“Inson haqlari shuning uchun ham Qonun hukmi bilan himoya qilinishi kerak-ki, toki inson zulm va istibdodga qarshi so‘nggi chora sifatida qo‘zg‘olonga bosh urmasin.”

(1948 yil 10 dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tarafidan qabul qilingan  “Inson haqlarining umumudeklaratsiyasi”)

Aziz va muhtaram vatandoshlar,

Xalqimizning Sho‘rolar zulmidan qutulib, ularning sarqiti bo‘lmish Karimov zulmiga tutilganiga 21 yil bo‘ldi. Bu yillar davomida Karimov hukumati xalqimizga mislsiz azoblar chektirdi, uni aql bovar qilmas usullar bilan qiynadi, xo‘rladi, haqoratladi.

read more »

20/06/2011

Janob generallar! Bir o‘ylab ko‘rish vaqti keldi – uzxalqharakati.com

June 20, 2011

Hazratqul Xudoyberdi

Tunis, Misr va Yamanning diktatorlari Ben Ali, Muborak va Solihlar “O‘lgunimcha shu taxti ravonimda o‘tiraveraman. Juda charchab qolganimda esa o‘rnimni Hafez Asad, Kim Ir Sen, Haydar Alilarga o‘xshab o‘g‘illarimdan biriga topshiramanda, maza qilib qarilik gashtini suraveraman” deb xomxayol qilgan edilar. Ammo davr taqozosi va o‘z xalqlarining talablari bilan “mutlaq hokimlar” o‘z taxtlaridan ag‘darildilar. Bugun ulardan biri (Muborak) qamoqda o‘tiribdi, ikkinchisi(Ben Ali)ni ishini sud ko‘rayapti, uchinchisi esa xalq g‘azabidan vaqtida qocha olmay o‘q eb, keyin esa bir amallab qochib qutulib boshqa davlat kasalxonasida, taqdiriga yig‘lab o‘tiribdi.

Arab dunyosidagi diktatorlarning davlatni boshqarishi O‘zbekiston Hukumatini 22 yildan beri noqonuniy ravishda egallab turgan Islom Karimovning boshqarishidan zarracha bo‘lsin farq qilmaydi:

read more »

20/06/2011

O‘XHNING SHVETSIYA BO‘LIMI TASHKIL QILINDI

June 20, 2011

2011 yil 20 iyunda O‘zbekiston Xalq Harakatining Shvetsiya bo‘limi ochildi.

Majlisda Shvetsiyada yashayotgan o‘zbek muhojirlarining vakillari ishtirok etdilar.

Majlis ishtirokchilari Kun tartibida ko‘rib chiqqan asosiy masalala Shvetsiyada “O‘zbekiston Halk Harakati “ Shvetsiya bo‘limini tashkil qilishlik edi.

Muassislar Majlisi tomonidan “ O‘zbekiston Xalq Harakati” Shvetsiya bo‘limiga raislik qilish, asli O‘zbekistonlik hozirda Shvetsiyada muhojiratda yashayotgan Tayanch Jamiyati vakili Muhammadsolih Abutovga topshirildi.

Uning iqtisodiy ishlar bo‘yicha muovini asli Andijonlik hozirda Shvetsiyada yashayotgan Tohirjon Isroilov, tashkiliy ishlar bo‘yicha muovini lavozimiga Shukrulloh Sobirov nomzodlari tasdiqlandi.

Muassislar Majlisi tasdiqlagan qaror bo‘yicha Harakatga a’zo bo‘lganlar yiliga bir marta beriladigan 25 aqsh dollari miqdoridagi mablag‘ni Tayanch Jamiyatining Shved Bankdagi hisob raqamiga o‘tkazilishiga qaror qilindi.

read more »

20/06/2011

O‘XHNING NORVEGIYA BO‘LIMI TASHKIL QILINDI – uzxalqharakati.com

June 19, 2011

2011 yil 19 iyunda Norvegiyaning poytaxti Oslo shahrida ” O‘zbekiston Xalq Harakatining” Norvegiya bo‘limi tashkil etildi.

Tashkiliy majlisda Norvegiyada yashayotgan O‘zbekiston muxolifati vakillari va mehmonlar ishtirok etdilar.

O‘XH Muassislar Majlisning a’zosi Namoz Normo‘min yig‘ilganlarni Harakatning g‘oya va maqsadlari, tashkiliy tizimi va harakatga a’zo bo‘lishni istaganlarga tavsiya qilinadigan ilmiy, ijtimoiy-siyosiy va va axloqiy sifatlar bilan tanishtirdi. Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar O‘XHga o‘z munosabatlarini bildirdilar va harakatni qo‘llab quvvatlash haqida ijobiy fikrlar aytdilar. Yig‘ilishda tashkiliy masala ham ko‘rib chiqildi. O‘XH Norvegiya bo‘limining Raisi etib Maqsud Bekjon saylandi. Shuhrat Badalboev tashkiliy ishlar bo‘yicha va Uyg‘un Murot esa iqtisodiy ishlar bo‘yicha Rais muovini etib saylandilar.

read more »

20/06/2011

Qozog‘istonda mu’tadil Islomni rivojlantirish g‘oyasi ishlab chiqilmoqda – bbc uzbek

20 iyun 2011

Shodiyor Sayf

Bi-bi-si, Olma ota

Bir millat – bir din. Qozog‘istonda mana shu shior ostida mo‘’tadil Islomni rivojlantirish g‘oyasi ishlab chiqilmoqda.

Yaqinda tuzilgan Diniy ishlar bo‘yicha agentlik mamlakatdagi diniy birlashmalarni yangi qonunlar bilan isloh qilishni o‘z oldiga maqsad qilgan.

read more »

20/06/2011

Bir-birimizni taniymizmi – yangidunyo.com

June 20, 2011

yoki bir-birimizga ko‘nguldan yaqin bo‘lsak yanada durust emasmi?

Ko‘pchiligimizga yaxshi ma’lumki, bugun O‘zbekiston muxolifati nomi ostida yurishgan kishilarning asosiy qismi, SSSR (Sovetskix Sotsialisticheskix Soyuznыx Respublik) deb ataluvchi juda katta bir imperiyaning boshqaruv sistemasida markazdan boshqariladigan ba’zi bir islohot-reformalar (boshqacha aytganda bir muncha demokratik o‘zgarishlar) o‘tkazish boshlanishi oqibatida ko‘zga tashlanib qolishgandilar. Ularning aksariyati bugun asosan keksayib qolishdilar. Menimcha, ularning orasida 60 yoshdan kichiklar deyarli yo‘q desa bo‘ladi. Men, O‘zbekiston muxolifati (yoki a’zolari deymizmi) deyilganda, muxolifatchilarning ana o‘sha keksa (veteran) qismini,

read more »

20/06/2011

Olmaotadagi qochqin ayollar bedarak ketdi – ozodlik.org

Olmaotadagi o‘zbekistonlik qochqin ayollar shu yilning 9 iyun kuni mahalliy prokuratura binosi oldida piket uyushtirgandilar.

20.06.2011

Qozog‘istondan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan o‘zbek qochqinlarining yaqinlari Olmaotadagi ijara uylarini tark etganlar.

Bu haqda xabar qilgan Ozodlikning qozoq sho‘’basi muxbiri Kazis To‘g‘uzbaev 17 iyun kuni Olmaotadagi o‘zbekistonlik qochqin ayollar va bolalar ijarada turgan uyga borib, ularni topolmaganini aytadi. Uy egasi va qo‘shnilar ham ularni ikki kundan buyon ko‘rmagan ekanlar.

read more »

20/06/2011

O‘zbekistonda “davlatchilik inqirozi” darajasi kamaydi – ozodlik.org

20.06.2011

AQShdagi “Tinchlik jamg‘armasi” va “Foreign Policy” jurnali“ 2011 yilgi “Davlatchilik inqirozi” reytingini e’lon qildi.

Dunyoning 177 davlatida hukumatlar faoliyati natijalariga qarab tuzilgan ro‘yxatda ko‘rsatilishicha, O‘zbekiston bu yil 88,3 ball bilan 40-o‘rinni egallagan va bu davlatda o‘tgan yilgiga nisbatan ahvol yaxshilangan.

read more »