Suriya qo‘shinlari ‘Turkiya chegarasi yaqinidagi shaharga kirdi’ – bbc uzbek


18 iyun 2011

Suriyadagi Bashar al-Asad hukumatiga muxoliflarni bostirish maqsadini ko‘zlagan hukumat qo‘shinlari Turkiya chegarasiga yaqin Bdama shahriga kirgan.

Suriya shimolida oxirgi haftalarda kechayotgan harbiy amaliyotlardan qochgan minglab tinch fuqarolar Turkiya hududidan boshpana topganlar.

Turkiya rasmiylariga ko‘ra, hozirgacha mamlakat hududiga 10 ming atrofida suriyalik o‘tgan.

Ammo ikki mamlakat chegarasidan oshib o‘tmagan qochqinlar soni Suriyaning ichkarisidagi hududda bundan ham ko‘pligi aytiladi.

Suriya rasmiylari mamlakat hududida xorijiy jurnalistlarning faoliyat olib borishiga izn bermayapti, shuning uchun mamlakat ichkarisidan olinayotgan xabarlarni mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlatish mushkul.

Bdama shaharchasi Turkiya chegarasidan ikki kilometrcha uzoqlikda joylashgan, shanba kuni ertalab mahalliy odamlar tanklar va boshqa harbiy texnikaning shaharga kirganini aytishadi.

Guvohlarga ko‘ra, askarlar avtomat qurollardan otishgan, binolarga o‘t qo‘yishgan.

Bu shaharda 70 kishi hibsga olingani haqida xabarlar tarqalgan.

Bdama Jisr al-Shug‘ur shahriga yaqin bo‘lib, Jisr al-Shug‘ur oxirgi haftalarda Suriya armiyasining asosiy e’tibori qaratilgan aholi maskani bo‘ldi.

Suriya hukumatiga ko‘ra, Jisr al-Shug‘urda qurolli jangarilar 120 xavfsizlik xodimini o‘ldirganlar, bunga javoban 10 iyundan shaharga hukumat qo‘shinlarini kiritish boshlandi.

Bugungi kunga kelib Jisr al-Shug‘ur ustidan Suriya armiyasi nazoratni qo‘lga olgan, hukumat harbiy amaliyotlardan jonini asrab yashash joylarini tark etganlarni ortga qaytishga chaqirgan.

Biroq bugungi kunda ham shahar huvillab turipti.

Suriyadan olinayotgan xabarlarda juma kuni ham mamlakatning turli hududlarida yana aksilhukumat namoyishlari bo‘lib o‘tgani, hukumat qo‘shinlari 20 ga yaqin kishini otib o‘ldirgani aytiladi.

BMTga ko‘ra, shu yil mart oyida Prezident Bashar al-Asad hukmronligiga qarshi boshlangan norozilik chiqishlaridan buyon kamida 1100 inson halok bo‘lgan, biroq suriyalik inson huquqlarini himoya qilish guruhlari shu vaqt mobaynida hayotdan ko‘z yumgan tinch fuqarolar soni qariyb 1300, xavfsizlik kuchlari xodimlari soni 340 ekanini aytadilar.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/world/2011/06/110618_cy_syria.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: