Hokimiyat o‘qituvchilarni turli ishlarga jalb qilmoqda – ponauz.com


Iyun’ 17th, 2011

Shu kunlarda hokimiyatning topshirig‘i bilan Andijon shahrida mahalla fuqarolar yig‘inlari xodimlari o‘qituvchilarni jalb qilgan xolda uyma-uy yurib, ko‘p qavatli binolarda yashovchi aholi xonadonlarining eshiklarini qoqishib, ayollarga ro‘mol o‘ramaslikni targ‘ib qilib, suhbatlar o‘tkazmoqdalar. Suhbat natijasi sifatida xonadon sohiblaridan tilxat olinmoqda yoki tegishli qog‘ozga suhbat o‘tkazilgani haqida imzo qo‘yishlari so‘ralmoqda. Ro‘molni umuman o‘ramaslik yoki uni jag‘ tagiga bog‘lab emas, balki boshning orqasiga bog‘lab o‘rash lozimligi ayollarga uqdirilmoqda. O‘qituvchilar bu ishga navbat bilan jalb etilmoqda: bir kun bir gurux o‘qituvchilar aholi orasiga kirsa, boshqa kuni boshqa gurux kirmoqda. Aholi bilan tashviqotchilar orasida janjallar ham sodir bo‘lib turibdi. Xususan, bir ayol bilan suhbat o‘tkazilayotgan paytda, ayolning eri chiqib qolib, tashviqotchilar bilan urishgan, tilxat berishdan va imzo chekishdan voz kechgan va tashviqotchilarni haydab yuborgan.

Keyingi yillarda hokimiyat o‘qituvchilarni o‘quv jarayoniga aloqasi yo‘q turli tadbirlarga jalb qilishni xunar qilib olgan. O‘quv jarayoni tobora ikkinchi darajali mavqega tushib bormoqda. Men yaqinda avtobusda ketayotib, o‘zimni o‘qitgan va hamon maktabda ishlayotgan o‘qituvchimga duch kelib qoldim. Ancha joygacha suhbatlashib ketdik. “Bilasanmi, hozir nima ish bo‘lsa, hokimiyat o‘qituvchilarga yopishib olgan. Aytsam, ishonmasliging mumkin, bir kuni hatto hokimiyatdan maktabga antiqa topshiriq keldi: aholi orasida uyma-uy yurib, fohishalik bilan shug‘ullanayotganlarni aniqlab berishimizni talab qilishdi. Xo‘sh, biz qanday qilib “Sizlarnikida fohisha bormi?” deb aholi orasida yuramiz? Bu topshiriqni hech kim bajarmadi” – dedi mening sobiq o‘qituvchim.

Bundan 2-3 yil ilgari esa, Andijon viloyati hokimligining topshirig‘i bilan oliy o‘quv yurtlarining va kasb-xunar kollejlarining o‘qituvchilari aholi orasidagi olib boriladigan ishlarga jalb qilingan edilar. O‘shanda har bir o‘qituvchi qo‘liga aholi orasida yurib, to‘ldirib berishi lozim bo‘lgan maxsus savolnomalar – anketalar topshirilgan. Ayrim o‘qituvchilar savollarni o‘qib ham ko‘rmasdan ishga kirishganlar. Bir erkak o‘qituvchi qarasa, savollar ayollar va ularning reproduktiv faoliyatiga oid bo‘lgan: oxirgi marta qachon tuqqansiz, oilangizda voyaga etgan qizlar va tug‘ish yoshidagi ayollar nechta, homiladorlikdan saqlanish vositalarini bilasizmi, eringiz prezervativdan foydalanadimi kabi savollar bo‘lgan. Anketa savollari bilan tanishgach, bu o‘qituvchi topshiriqni bajarishdan voz kechgan.

Yaqinda Andijon shahridagi maktablarning biridagi yig‘ilishda o‘qituvchilar gazeta va jurnallarga majburiy obuna qilinishlariga qarshi chiqqanlar. Maktab  hisobchisi o‘qituvchilarning yozgi ta’til pullaridan 20 foizi obunaga ushlab qolinishini e’lon qilganida bir ayol o‘qituvchi “shunchalik ham ko‘p ushlab qolinadimi, men yaqinda qizimni chiqarishim kerak, agar mendan ushlab qolsalaring shahar xalq ta’limi (gorono) idorasi oldida o‘zimga o‘t qo‘yaman!” deb baqirgan. Shundan keyin bu maktabda hozircha obuna masalasi orqaga surib kelinmoqda.

Andijon viloyati hokimiyati yonidagi ko‘cha – eski nomi Komil Yashin, yangi nomi O‘zbekiston bo‘lgan ko‘chadagi tozalash, supirish-sidirish ishlariga ham o‘qituvchilar jalb qilingan, ular bu ko‘chaning ochilishi arafasida qattiq ishlatilganlar: ular o‘sha kunlari ertalab ketib, to qorong‘u tushguncha ishlaganlar.

Yusupov Habibullo,

Andijon shahri

16.06.2011, Ponauz.com

 

http://ponauz.com/archives/1261

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: