Cho‘llanish O‘zbekiston erlariga xavf solmoqda – ozodlik.org


Birgina Qoraqalpog‘istonda keyingi 20 yil davomida erlarning yarmidan ko‘pi cho‘llashib bo‘lgan.

17.06.2011

Sadriddin Ashur

17 iyun’ – Cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash xalqaro kuni. Cho‘llanish – dunyoning barcha mintaqalarida davom etayotgan er degradatsiyasi, ya’ni yaroqsiz holga kelishi jarayonidir. Bu jarayon inson omili va iqlim o‘zgarishi sababli yuz beryapti. O‘zbekiston ham cho‘llanish oqibatida har yili yuzlab gektar erni yo‘qotmoqda.

Olimlar fikricha, o‘rmonlarning beayov kesilishi va sug‘orish ishlarining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagani iqlim o‘zgarishi bilan birga unumdor erlarni yaroqsiz holatga keltirmoqda.

BMT ma’lumotiga ko‘ra, cho‘llanish dunyo aholisining beshdan bir qismiga tahdid solyapti. Hozir dunyodagi quruqlik maydonining uchdan bir qismi cho‘lga aylanish tahdidi ostida. Bu to‘rt milliard gektar yaroqsiz er, deganidir.

Er degradatsiyasi sababli 1990 yildan beri dunyoda har yili 6 million gektar er yaroqsiz holga kelmoqda.

O‘zbekistonda ham sug‘oriladigan er maydonlari yildan-yilga qisqarib bormoqda. Orolning qurigan hududidan tuz va boshqa mineral moddalarning shamol orqali tarqalishi va suv taqchilligi oqibatida cho‘llanish darajasi ortyapti.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida cho‘llanish darajasi yuqoridir, deydi mutaxassislar.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 22 million gektar er cho‘llanshiga moyil hudud hisoblanadi. Yaylovlarning 43 foizi esa, inqirozga uchrab, cho‘llanib bo‘lgan.

Cho‘llanish darajasi, ayniqsa Qoraqalpog‘iston hududida mutaxassislarning jiddiy tashvishiga sabab bo‘lmoqda. Xo‘jayli tumanida uzoq yillar jamoa xo‘jaligi raisi lavozimida ishlagan, ayni paytda fermerlik qilayotgan Qubay Ortiqovga fikricha, O‘zbekistonda erlarning yaroqsiz holga kelishining ikkita asosiy sababi bor:

– Sezilarli darajada cho‘llanish kuzatilyapti. Sababi so‘nggi yillari ko‘llarga suv tushmayapti, Orol qurib qoldi. Oroldan ko‘tarilgan chang-to‘zon, Xorazm bor bu tomonda, nari ketsa Buxoroga ham borayapti.

Buning oqibatida, deb davom etadi fermer, Qoraqalpog‘istonda ekin erlarning yarmidan ko‘pi cho‘llanib bo‘ldi.

– Axir ekiladigan dalalar qisqarib ketdiku. Er oboroti degan bor. Ekishlik dalaning balansi degan bo‘ladi. Bu narsa hozir yo‘q bo‘ldi. O‘zi qoraqalpoqda 437 ming gektar ekishlik er bor. Yarmidan ko‘prog‘i oborotdan chiqib qolgan bo‘lsa kerak. So‘nggi 10 yil ichida ekilmagan erlar bor. Bir o‘tgan yil suv yaxshi bo‘ldi.

Asosiy sababi suv, lekin boshqa sababi ham bor. Boshqa sababi mana texnika etishmayapti, boshqasi bor. Fermerlar o‘z erlariga to‘liq ekolmayapti. Qum bosayotgan dalalar yo‘q endi. Ayrim chekkalarda, Taxtako‘pir tomonlarda ayrim dalalar bo‘lishi mumkin, lekin u katta ahamiyatga ega emas, respublika miqyosida. Juda oz miqdorda. Masalan yiliga 100-150 gektardan ko‘p bo‘lmasa kerak.

Cho‘llanish deganda ikkilamchi cho‘llanishni nazarda tutish kerak. Suv bormasdan qolganda. Lekin baribir 10-15 yilda oborotdan chiqib changalzorga aylanib ketgan erlar bor. Shu erlar katta problema bo‘ladi,- deydi fermer Qubay Ortiqov.

Ekologiya va hayot xavfsizligi xalqaro fanlar akademiyasining akademigi, O‘zbekiston Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim mudiri, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Muhiddin Mahmudov Ozodlikka bergan intervyusida O‘zbekistondagi cho‘llanish muammosiga batafsil to‘xtaldi. Quyida ana shu interv’yuni to‘liq tinglashingiz mumkin:

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24238070.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: