Archive for June 19th, 2011

19/06/2011

O‘XH HAQIDA MUXTASAR MA’LUMOT – uzxalqharakati.com

MAQSADIMIZ – O‘ZBEKISTONDA MAVJUD DIKTATURA REJIMI O‘RNIGA ERKIN, HUQUQIY, FUQAROVIY JAMIYAT O‘RNATISH

Aziz vatandoshlar!

Qo‘lingizdagi kitobcha O‘zbekiston Xalq Harakati haqida qisqacha axborot manbaidir. Siz uni o‘qib, O‘zbekiston Xalq Harakati nizomi va dasturi, shuningdek, Harakat belgisi, Gimni va Harakatni ta’sis qilgan tashkilotlar haqida muxtasar ma’lumotga ega bo‘lasiz.

O‘zbekiston Xalq Harakati matbuot bo‘limi

**********

read more »

19/06/2011

Hokimiyat o‘qituvchilarni turli ishlarga jalb qilmoqda – ponauz.com

Iyun’ 17th, 2011

Shu kunlarda hokimiyatning topshirig‘i bilan Andijon shahrida mahalla fuqarolar yig‘inlari xodimlari o‘qituvchilarni jalb qilgan xolda uyma-uy yurib, ko‘p qavatli binolarda yashovchi aholi xonadonlarining eshiklarini qoqishib, ayollarga ro‘mol o‘ramaslikni targ‘ib qilib, suhbatlar o‘tkazmoqdalar. Suhbat natijasi sifatida xonadon sohiblaridan tilxat olinmoqda yoki tegishli qog‘ozga suhbat o‘tkazilgani haqida imzo qo‘yishlari so‘ralmoqda. Ro‘molni umuman o‘ramaslik yoki uni jag‘ tagiga bog‘lab emas, balki boshning orqasiga bog‘lab o‘rash lozimligi ayollarga uqdirilmoqda. O‘qituvchilar bu ishga navbat bilan jalb etilmoqda: bir kun bir gurux o‘qituvchilar aholi orasiga kirsa, boshqa kuni boshqa gurux kirmoqda. Aholi bilan tashviqotchilar orasida janjallar ham sodir bo‘lib turibdi. Xususan, bir ayol bilan suhbat o‘tkazilayotgan paytda, ayolning eri chiqib qolib, tashviqotchilar bilan urishgan, tilxat berishdan va imzo chekishdan voz kechgan va tashviqotchilarni haydab yuborgan.

read more »

19/06/2011

Turkmanistonda o‘nlab kishilar norozilik namoyishi uyushtirishdi – bbc uzbek

17 iyun 2011

Turkmaniston poytaxti Ashxoboddagi hashamatli Og‘uzkent mehmonxonasi qarshisida ellikka yaqin kishi namoyishga chiqishgan.

Namoyishchilar o‘z hovli-joylarining buzilishiga norozilik bildirishgan.

Ammo ularning namoyishlari qisqa vaqt o‘tmay militsiya xodimlari tomonidan tarqatib yuborilgan.

Hodisa o‘tgan hafta yuz bergan.

read more »

19/06/2011

Suriya qo‘shinlari ‘Turkiya chegarasi yaqinidagi shaharga kirdi’ – bbc uzbek

18 iyun 2011

Suriyadagi Bashar al-Asad hukumatiga muxoliflarni bostirish maqsadini ko‘zlagan hukumat qo‘shinlari Turkiya chegarasiga yaqin Bdama shahriga kirgan.

Suriya shimolida oxirgi haftalarda kechayotgan harbiy amaliyotlardan qochgan minglab tinch fuqarolar Turkiya hududidan boshpana topganlar.

Turkiya rasmiylariga ko‘ra, hozirgacha mamlakat hududiga 10 ming atrofida suriyalik o‘tgan.

Ammo ikki mamlakat chegarasidan oshib o‘tmagan qochqinlar soni Suriyaning ichkarisidagi hududda bundan ham ko‘pligi aytiladi.

read more »

19/06/2011

Cho‘llanish O‘zbekiston erlariga xavf solmoqda – ozodlik.org

Birgina Qoraqalpog‘istonda keyingi 20 yil davomida erlarning yarmidan ko‘pi cho‘llashib bo‘lgan.

17.06.2011

Sadriddin Ashur

17 iyun’ – Cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash xalqaro kuni. Cho‘llanish – dunyoning barcha mintaqalarida davom etayotgan er degradatsiyasi, ya’ni yaroqsiz holga kelishi jarayonidir. Bu jarayon inson omili va iqlim o‘zgarishi sababli yuz beryapti. O‘zbekiston ham cho‘llanish oqibatida har yili yuzlab gektar erni yo‘qotmoqda.

Olimlar fikricha, o‘rmonlarning beayov kesilishi va sug‘orish ishlarining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagani iqlim o‘zgarishi bilan birga unumdor erlarni yaroqsiz holatga keltirmoqda.

read more »

19/06/2011

Amerikada o‘zbekcha-inglizcha lug‘at chiqdi – ozodlik.org

O‘zbekcha-inglizcha lug‘at mualifi Jahongir Muhammad.

17.06.2011

Sarvar Usmon

Joriy hafta boshida AQShda “O‘zbekcha-inglizcha mukammal lug‘at” sotuvga chiqarildi. Lug‘at mualliflari guruhi rahbari, bir necha yildan beri AQShda yashayotgan o‘zbek jurnalisti, O‘zbekiston parlamentining eks-deputati Jahongir Muhammad Ozodlik muxbiriga 5 yillik mehnati mahsuli to‘g‘risida so‘zlab berdi. Ushbu maqolada adabiyotshunos olim Baxtiyor Isabekovning o‘zbek leksikografiyasidagi tendentsiyalar to‘g‘risidagi fikrlari bilan ham tanishasiz.

read more »

19/06/2011

DJ Piligrim: Qo‘shiqchining ijodini cheklash – bema’nilik. Ortga qo‘yilgan o‘n qadam – bbc uzbek

13 iyun 2011

Bi-bi-sining bu galgi mehmoni – o‘zbek pop musiqasining yorqin yulduzi DJ Piligrim.

Asli ismi Ilhom Yo‘lchiev bo‘lgan san’atkor 1976 yilda Toshkentda tug‘ilgan.

U o‘zining musiqiy kar’erasini DJ Piligrim tahallusi bilan 1998 yilda boshladi.

DJ Piligrim Yulduz Usmonova va Sevara Nazarxon kabi o‘zbek estradasi yulduzlari bilan musiqiy remikslar ishlab chiqarishdan tashqari, rus tilida o‘zi kuylagan qo‘shiqlari bilan yaxshi tanildi.

read more »