Xalq harakatlari va hukumatlar o‘rtasidagi kurashlar va ularga munosabatlar haqida – uzxalqharakati.com


June 16, 2011

Hazratqul Xudoyberdi

Ushbu kunlarda Vatanda ham, yurt tashqarisida ham bir qiziq vaziyat yuzaga keldi: Guyoki hamma Marsga uchiriladigan bir kemaga “Start!” degan buyruq berilishini kutib turganday. Yangi Harakatni tuzilgani Karimov rejimini sarosimaga solib qo‘ydi ammo ayni paytda u minglab vatandoshlarimizning qalblarida umid uchqunlarini ham yoqa boshladi.

Rejim ming chirangani bilan fuqarolarning ko‘z va quloqlarini yopa olmadi. Har kun bu dunyoda bo‘layotgan ulkan o‘zgarishlarni borgan sari ko‘proq insonlar eshita va ko‘ra boshladilar. Oyni etak bilan yopib bo‘lmaganidek, Arab dunyosidagi buyuk va olamshumul xalq inqiloblari 20, 30 va 40 yillab o‘z taxti ravonlariga zulukdek yopishib olgan zolim diktatorlarni birin ketin ag‘dara boshladilar.

Muborak(Misr) ag‘darildi. Ben Ali(Tunis) ag‘darildi. Abdulla Solih(Yaman) ag‘darildi. Johil Qaddofiyning (Liviya) ham kuni tugab qoldi. Jaholatga bo‘g‘zigacha botgan Bashar Asad(Suriya) qo‘rquvdan titrab, xalq inqilobiga qarshi og‘ir qurollar va armiyani tashlamoqda. Ammo bu ketishda u o‘z jinoyatlarini yanada chuqurlashtiradi holos. Qaysi xalq bu dunyoda unga qarshi uchoqlar va tanklarni tashlagan iblis rahbarga toqat qila oladi. Hech bir xalq!

Ana shu johillardan salgina bo‘lsin farqi qolmagan Islom Karimov ham shu kunlarda jazavaga tushib qoldi. Uni jazavaga solayotgan narsa – bu O‘zbekiston xalqining yangidan qo‘zg‘olishi bo‘ldi.

O‘zbekiston Xalq Harakati qanotlari ostida borgan sari, kun sayin kuchayib borayotgan faoliyat, insonlarning Yangilik, Ozodlik, Hurriyat, Adolat kabi qadriyatlarni qaytadan tiklanishiga bo‘lgan orzu umidlari to‘satdan amalga oshirsa bo‘ladigan ko‘rinishlarni ola boshladi.

Arab dunyosidagi shunday qudratli bo‘lgan diktatorlarning birin ketin ag‘darilishi shuni isbot qildiki, USHBU ZAMONDA XALQNI TINIMSIZ BOSIM VA QO‘RQUV OSTIDA UZOQ MUDDAT USHLAB TURISH VA ANA SHUNDAY USULLAR BILAN MAMLAKATNI BOSHQARIB BO‘LMAS EKAN!!!

Har qanday xalq, agar u istasa, har qanday hukumatni, u naqadar qudratli bo‘lmasin, ag‘darib tashlashga qodir ekan!

Shu sabab bugun Karimovni paytavasiga qurt tushib qoldi. U goh Rossiya, goh Evropa, goh AQSh pinjiga suqilishga, ulardan tasalli beruvchi so‘zlarni eshitishga o‘lgudek mushtoqligini yashirolmay qoldi.

Bugun u Shanxay guruhidan madad kutmoqda, o‘lib tirilib ularni o‘zining xavfsizlik rejalarini qabul qilishga chaqirmoqda. Bu johil odam bilmaydiki, u o‘zini qo‘rqoqligi bilan hammaga kulgi bo‘lmoqda. Ammo u ming chiranmasin endi uni hech narsa qutqarib qola olmaydi: Na Evropa, na AQSh, na Rossiya.

Bir paytlar Misrning johil diktatori ham ana shu davlatlarga qattiq ishongan edi. Ammo bu davlatlarning rahbaarlari johil diktatorlarga o‘xshab axmoq emas. Ular o‘zga davlatlar hukumatlarini o‘z manfaatlari yo‘lida vaqtincha qo‘llab qo‘vvatlab turishlari mumkin. Ammo ular hech qachon o‘zlarining turli tuman maqsadlari yo‘lida butun boshli bir xalqqa qarshi bormaydilar. Borgan taqdirlarida esa Jorj Bushga o‘xshab basharalariga botinka aralash tarsaki eb, keyin dumlarini qisib qochishga majbur bo‘ladilar.

Shu sabab Karimov, Inoyatov va Mirziyoevlar rejimi bugun Rossiyaga ham, Evropaga ham, Xitoygayu AQShga ham ishonmay qo‘ya qolsinlar, agar ularda salgina bo‘lsada siyosiy ong bo‘lsa. Buning o‘rniga ular hokimiyatdan tinchgina ketish yo‘llari haqida uylab ko‘rsinlar.

Bu rejim vakillarining siyosiy onglari eski shkafda 22 yildan beri naftalin sepib osib qo‘yilgan eski pal’todek qotib va bo‘rqsab ketgani aniq, shu sabab ularni eski shkafdan olib chiqib yangi zamonning sof va toza shabadalaridan nafas oldirmaguncha ularning ongida o‘zgarish yasash amri mahol bir narsa.

Rejim vakillarining ahvoliku aniq, xo‘sh, boshqalarning ahvoli qanaqa?

Bugun O‘zbekiston Xalq Harakatiga 4 xil munosabat mavjud:

1. Harakat saflariga dadil kirib uni yanada kuchaytirishga hissa qo‘shish

2. Harakat faoliyatiga qarshi turli tuman yo‘llar bilan xalaqit berish, unga qarshi tish tirnog‘i bilan qarshilik ko‘rsatish

3. Harakatning johil va zolim tuzum bilan bo‘ladigan og‘ir kurashlarini faqat tomoshabin sifatida kuzatib o‘tirish

4. Harakatning faoliyatini umuman qo‘llash ammo kurashning og‘irligini tushungan holda, issiq jonni va yana allambalolarni uylab bu kurashga qo‘shilmaslik

Har bir davrda, har bir inson hayotida, turli muammolar namoyon bo‘laveradi va u bizlarni TANLOV qilishga majburlayveradi. Ana o‘shanda har bir inson qandaydir bir yo‘lni, echimni tanlashga majburdir. Bizning bugunimiz va ertamiz, hayotimizning mazmuni, baxtu saodatimiz har kuni qabul qilayotgan ana shu echimlarimizga chambarchas bog‘liqdir.

Shu sabab har birimizdan bir oddiy narsaga e’tibor berish ham farz ham qarzdir. U narsaning oti –

– HAR QANDAY QAROR QABUL QILISHDAN OLDIN BIR DAQIQA BO‘LSADA FIKRLASH. AGAR BIZ O‘ZIMIZ QAROR QABUL QILISHGA, EChIM TANLASHGA QIYNALSAK U HOLDA OTA ONALAR, DO‘STU BIRODARLAR, AKA UKALAR BILAN MASLAHAT QILGAN HOLDA QAROR QABUL QILGANIMIZ MA’QUL. CHUNKI BIZNING HAR BIR QARORIMIZ TO‘G‘RIDAN TO‘G‘RI BIZNING BUGUNGI VA ERTANGI HAYOTIMIZGA TA’SIR QILIB BORAVERADI…

2011 yil 16-iyun

Hazratqul Xudoyberdi

 

http://uzxalqharakati.com/?p=343

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: