Turkiya suriyaliklar uchun chegarani yopmaydi – ozodlik.org


16.06.2011

Suriyada hukumat qo‘shinlari ta’qibidan qochib Turkiya hududiga o‘tgan qochqinlar soni 8500 dan oshdi.

Shuningdek, 10 ming chog‘li suriyalik xavfsiz boshpana izlab Turkiya chegarasi yaqiniga yig‘ilgani xabar qilinmoqda.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Ahmad Dovudo‘g‘lining ma’lum qilishicha, Turkiya suriyalik qochqinlar uchun chegarani yopmoqchi emas.

– Suriya xalqi bilan kelajagimiz bir, taqdirimiz bir. Shuning uchun biz suriyalik opa-singillarimiz va aka-ukalarimiz uchun eshigimizni yopib qo‘ymaymiz. Biz qochqinlar soni 10 mingdan oshib ketganidan keyin ham ularni qabul qilmay qo‘ymaymiz, – dedi Ahmad Dovudo‘g‘li.

Hozirda Turkiya hududiga qochib o‘tgan suriyaliklar kuniga uch mahal ovqat va tibbiy yordam bilan ta’minlangan.

Asnoda Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Suriya prezidenti Bashar al-Assadning vakili Hasan Turkmaniy bilan uchrashdi.

Poytaxt Anqarada bo‘lib o‘tgan uch soatlik so‘zlashuvdan keyin hech qanday bayonot e’lon qilinmadi.

Uchrashuvdan oldin Erdo‘g‘on Suriya rahbarini namoyishchilarga qarshi zo‘ravonlik qo‘llashni to‘xtatishga va islohotlar o‘tkazishga chaqirgan edi.

Inson huquqlarini muhofaza qilish guruhlari mart oyida Suriya prezidenti va uning rejimiga qarshi noroziliklar boshlanganidan beri 1300 dan ortiq tinch aholi o‘ldirilganini taxmin qilmoqda.

To‘qnashuvlar paytida 300 dan ortiq askar va politsiya xodimlari ham nobud bo‘lgani aytilmoqda.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24236616.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: