Ovro‘po Komissiyasi Lola Karimovaga tegishli xayriya markazini moliyalagani rad etgan – bbc uzbek


16 iyun 2011

Ovro‘po Komissiyasi O‘zbekiston Prezidentining qizi Lola Karimova-Tillaeva rahbarlik qiladigan Bolalarni ijtimoiy moslashtirish Respublika markaziga 3,7 million evro bergani borasidagi xabarlarni rad etgan.

Komissiya voizi Bolalarni ijtimoiy moslashtirish Respublika markaziga grantlar berilmasligi, faqat texnik yordamlar ko‘rsatilishini aytgan.

Ovro‘po Ittifoqi ushbu xayriya markaziga moliyaviy yordam ajratgani xususida o‘tgan oy oxirlarida Lola Karimova-Tillaevaning Rue89 Internet nashriga qarshi da’vosi bo‘yicha mahkama ishi jarayonida oshkor bo‘lgandi.

O‘zbekistonning YuNESKOdagi elchisi Lola Karimova-Tillaeva frantsuz veb-saytini o‘zini “diktatorning qizi” deb atagani uchun sudga bergan.

Lola Karimovaning advokatlari mahkama ishida o‘z mijozlari O‘zbekistonda qanchalar yaxshi xayriya amallariga tasdiq o‘laroq Ovro‘po Komissiyasining Toshkentdagi muvofiqlashtiruvchisi P’er-Pol Anteurisssens tomonidan yozilgan maktubni taqdim qilishgan.

Toshkentdagi Ovro‘po Uyi muvofiqlashtiruvchisi tomonidan aprel oyida yozilgan maktubda Ovro‘po Ittifoqi Bolalarni ijtimoiy moslashtirish Respublika markazini 3,7 million evro miqdorida moliyalashi tasdiqlagan.

Lola Karimova

Britaniyada nashr etiluvchi nufuzli The Telegraph gazetasi ham bu borada maqola chop etgandi

Ovro‘po Uyining rasmiy vebsahifasida ham Lola Karimova-Tillaevaga tegishli Bolalarni ijtimoiy moslashtirish Respublika markazi asosiy hamkor va 3,7 million evrodan asosiy foyda ko‘ruvchi sifatida ko‘rsatilgan.

Aftidan, ushbu vebsahifa o‘tgan hafta oxirlarida internetdan olib tashlangan.

‘Fuqaro jamiyatni dastaklash dasturi’

Bolalarni ijtimoiy moslashtirish Respublika markazi allaqachon Komissiyaning O‘zbekistondagi “fuqaroviy jamiyati”ni dastaklash dasturi doirasida Ovro‘podagi nohukumat tashkilotlaridan biriga berilgan 154, 998 evro miqdoridagi mablag‘dan bahramand bo‘lgani aytiladi.

Komissiya rivojlanish departamenti vebsahifasida ayni loyiha Ovro‘po Ittifoqining O‘zbekistondagi faoliyatiga misol sifatida urg‘ulangan.

Komissiya voizi esa, bu pullar Bolalarni ijtimoiy moslashtirish Respublika markaziga yordam ko‘rsatishni moliyalash uchungina berilganini ta’kidlagan.

Unga ko‘ra, “O‘zbekistonga yordam ko‘rsatish tuzum yoki Karimovning qizini dastaklashni anglatmaydi”.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2011/06/110616_cy_commission_denies_funding.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: