Mitrofanov: Medvedev Karimovdan taxtdan ketishni so‘ray olmaydi – uznews.net


16.06.11

Uznews.net – Rossiya Dumasi deputati Aleksey Mitrofanov Toshkentda 14 iyun kuni qisqa muddat bo‘ladigan Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovdan “tinch yo‘l bilan hukumatni topshirish”ni so‘ray olmasligi to‘g‘risida o‘z shubhasini bildirdi.

“Spravedlivaya Rossiya” partiyasining Dumadagi a’zosi Aleksey Mitrofanov Rossiya hozirgi hukumatni har doim qo‘llab-quvvatlashi va uning o‘zgarishiga konservativ ekanligiga ishonchi komil.

Uning fikricha, mana shunday munosabat ommaviy axborot vositalarida Rossiya prezidentining Toshkentdagi qisqa uchrashuvi vaqtida o‘zbek lideri Islom Karimovdan “hokimiyatni tinch yo‘l bilan berish” to‘g‘risida so‘rashi borasida tarqalgan xabarlarni yo‘qqa chiqaradi.

“O‘zbekistonda hokimiyat almashishi bu nozik masala. Bu shunday aylanib ketishi mumkinki, Islom Karimovni eslab yurishlari mumkin”, deydi Uznews.netga bergan interv’yusida Mitrofanov.

O‘zbekistonda Islom Karimov ketishi bilan bo‘lishi mumkin bo‘ladigan voqealarning oldindan aytib bo‘lmasligi, shuningdek Rossiyada Markaziy Osiyoning bu mamlakatida nima bo‘layotganligi haqida tushuncha yo‘qligi Medvedevning Toshkentda hokimiyat almashishi haqida gapirishiga shubha uyg‘otadi.

Medvedevning Karimovdan voris haqida o‘ylash borasida so‘ragani to‘g‘risida “Kommersant FM” radiosiga Xalqaro adolatli siyosat markazi siyosiy dasturlar direktori Sergey Zatsepilov gapirgan edi.

Zatsepilov ma’lumotlariga ko‘ra, hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirish to‘g‘risida gapirgan Rossiya prezidenti Qozog‘istonda yubiley sammiti o‘tayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti O‘zbekistonda xavfsizlikni ta’minlash kafolatini o‘z bo‘yniga olishini aytgan.

Aleksey Mitrofanov 1993 yildan 2007 yilgacha LDPR a’zosi edi¸ 2007 yildan “Spravedlivaya Rossiya” a’zosi; surat: wikipedia.org

Shunday so‘zlashuvlar bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatuvchi ikki liderning uchrashuvi Rossiyaning Birinchi kanalida namoyish etildi.

Karimovdan bir metr narida o‘tirgan Medvedev oqibatlari butun dunyo uchun noma’lum bo‘lgan “arab bahori”, shimoliy Afrika va Yaqin sharqda davom etayotgan qurolli va tinch namoyishlar haqida gapirdi.

“Voqealar biz uchun tushunarli va ma’lum bo‘lgan stsenariylar asosida rivoj olishidan manfaatdormiz”, dedi Medvedev. Kameralar bu paytda Karimovning norozi yuzini ko‘rsatishdi.

Aleksey Mitrofanov fikricha, O‘zbekistonda hokimiyatni almashishga majbur qila olish uchun Rossiyada reja va Karimov ketganidan keyin o‘rniga qo‘yishni mo‘ljallagan odamlar bo‘lishi kerak.

Rossiyaning O‘zbekiston prezidentligiga nomzodi yo‘q, deydi Mitrofanov. G‘arb esa Moskvadan farqli ravishda “Erk” partiyasi lideri Muhammad Solihni alternativ sifatida ko‘rmoqda.

Rossiyaning O‘zbekistonda hokimiyat almashishini ko‘rishni istashi haqidagi taxmin nafaqat Zatsepilovning interv’yusida, balki Mitrofanovning o‘zi tomonidan ham ilgari surildi.

U 19 may kuni o‘z blogida 18 may kuni Toshkentda va vodiyning Farg‘ona hamda Andijon shaharlarida ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tgani haqida e’lon qilgan edi.

Agar poytaxt ko‘chalariga 10 ming odam chiqqan bo‘lsa, Farg‘ona vodiysida 15 mingdan odam chiqqan. Hukumat Andijon va Farg‘onadagi namoyishchilarga o‘q otgan. Faqatgina namoyishchilar vakillari hokimiyatda qabul qilingan Toshkentda otishmagan, deya yozgan edi Mitrofanov.

Bu xabar joylarda o‘z tasdig‘ini topmadi. Uznews.net jurnalistlari, boshqa kuzatuvchilar va tilga olingan shaharlardagi oddiy aholi hech qanday namoyishlar, otishlar bo‘lmagani haqida gapirishdi.

“Bu xabarni nimaga chiqardingiz?” degan savolga Mitrofanov “bu hozirgi holatga mos keladi” deb javob berdi. Unda o‘zbek shaharlarida bo‘lib o‘tgan bu voqealar haqida xabar bergan aniq manbalar bor.

“Butun Moskva bo‘ylab nima bo‘layotganini kim bila oladi? Bir qarashda hammasi jimday. Boshqa shaharlarda, regionlarda ham xuddi shunday”, deydi o‘ziga jo‘natilgan xabarlar to‘g‘ri ekanligini ta’kidlagan Mitrofanov.

Siyosatshunosning so‘zlariga ko‘ra, uning blogida provokatsiya bo‘lmagan. U erda Moskvaga yo‘naltirilgan savol bor edi – O‘zbekistonda oldindan aytib bo‘lmaydigan o‘zgarishlar bo‘lsa, rejasi, pozitsiyasi va nomzodi bo‘lmagan Moskva nima qilmoqchi?

 

http://www.uznews.net/news_single.php?lng=uz&sub=top&cid=30&nid=17386

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: