Karimov iste’fo bersa ishni nimadan boshlash kerak? – yangidunyo.com


June 16, 2011

O‘zbekiston Xalq Harakatiga maslahatlarim…

Yodgor Turlibekov

O‘zbek muholifati Karimov ketsa ishni nimadan boshlashi juda muhimdir. Eng avvalo, muxolifatning yashin tezligida avvaldan tayyorlangan, ko‘p va turli hollarga mo‘ljallangan ko‘p variantli rejalari bo‘lishi, tig‘iz vaziyatda ulardan birini tanlab, ishlarni boshlab yuborish kerak.

Qanday bo‘lsada birinchi bo‘lib respublika televideniyasi va radiosini qo‘lga lozim bo‘lib xalqqa axborot etkazib turishdagi bebaho vositadir.

Birinchi xabar diktatorlik zulmining ag‘darilishi va xech qaerda biror o‘q otilmasdan osoyishta hayotni saqlab turilishi, davlat va kishilarinng boyliklari do‘kon va banklar xalq ko‘ngilli farzadlari va ichki ishlari tomonidan qo‘riqlanib turishi kerakligi e’lon qilinishi lozim.

Qo‘lga olingan va vaqtincha xukumatni boshqaruchi odam kimligidan qat’iy nazar, qattiq va shonchli qo‘riqchilar bilan qo‘riqlanib, raxbar va unga yaqin o‘rin bosarlarigacha etarli va ishonchli qat’iy rejimda ishlaydigan tan qo‘riqchilarga ega bo‘lishilari kerak.

Bunday ishlar davlat ahamiyatiga ega va tez bajariladigan asosiy ishlarning birinchi navbatdagi muhim ish hisoblanadi.

Xavfsizlik yuzasidan xukumat raxbarining olomon va yig‘ilishlarda shaxsan xalq orasiga kirib qatnashishlarini ta’qiqlovchi qo‘riqchilarning davlat himoya organ boshliqqlari tomonidan tasdiqlangan ko‘rsatmada olib borishda ularning javobgarligi kuchaytirilishi kerak.

1 va 2 oy o‘tganicha respublikada to‘la tartib va tinchlik ta’minlanguncha boshliq oldiga qurolli masьul kishilarning ham kirib chiqishlari ta’qiqlanishi kerak.

Davlat raxbarligini to‘g‘ri eplab ketish va tez orada xalqning ishonchini qozonish va bunday darajaga etish uchun chiqarilayotgan qaror va murojaatlar mazmuniga ko‘ra ko‘pchilikka yoqishi kerak.

Buning uchun xalq jabrini torgan diktator tuzimni ag‘darib, endi bu xukumatning xalq manfaatlari yo‘lida ish qiladigan paytda, yangi xukumatga xalqning qanday yordam berishlari kerakligini birnecha qatorli aniq mazmunga ega vazifalarni tushuntirib borilishi lozim.

Albatta eng birinchi vazifalar ortidan yana shunday qilinishi muhim narsalarni navbatga qo‘yib borish va kundalik yutuqlar e’lon qilib borish bilan xalqda palajlanib qolgan ruhini ko‘tarish kerak.

Millatimizning kelajak taqdiri yana kimlarning qo‘liga o‘tib ketishidan saqlash kerakligini xalqqa bildirib, yangi xukumatning xar bir qadami xalq farovonligi uchun ekanligi ayon bo‘lib turishi kerak.

Ana shundagina bizning xalqimiz to‘fon, xalq kuch, xalqning dengiz ekanini, xalq rozi bo‘lganida uning kuch va g‘ayratidan endi begona yurtlar emas, o‘zimizda obodonchilikni boshlab yuborish kerak.

Xalq o‘z boshiga qanday qiyinchilik tushganida ham u ertangi umidlariga ishonganda, undagi paydo bo‘lgan kuchning afsonaviy darajada katta ekaniga xech kim shubhalanmaydi va bunday tanlangan yo‘l va kuchga Ollohning barakasi yog‘iladi.

Masalan Sevastopol shaxrida 1947 yilda urushda 400 ga yaqin 4 qavatli uylar bomba va snaryadlardan tolqoni chiqqan bu shaxar qarovsiz go‘ristonga aylangan edi.

Urushdagi G‘alabadan ruhlangan erkaksiz faqat ayollar qolgan yurtga Stalinning radiodagi murojaatiga javob sifatida, butun mamlakat ayollari oyoqqa qalqidilar va bu shaxarda ikki yilda 748 ta 4 qavatli uy yangidan qad ko‘tardi.

Erkaklari urushga olib ketilgan o‘zbek ayollari esa qariyib 300 kilometrlik Katta Farg‘ona kanalini biror texnikasiz faqat ketman va bellar yordamida 45 kunda qazib tugatganlari haqida dohilari Stalinga g‘alaba raporti yozib, bu yutuq jahonni larzaga solgan rekordi edi.

Olg‘a ketishda yana bir narsaga e’tibor bering mamlakatning turli sohalari sohasi oqsab, unga mutaxassilar topilmadi, yoki oddiygina kartoshkani yig‘ishtirib olishda qulay yuqori unum va sifatga ega paxta terish mashinasi yaratish kerak bo‘lib qoldi.

Aytaylik konstruktorlik byurolari, qancha olimlar necha yillab institutlar minglar band bo‘lgan narsalarni agar ko‘pmillionlik xalq iqtidoriga qo‘yib bersak, bunday konkurs musobaqalarida xalq orasida olimlardan o‘tib fikrlay oladigan shovvozlarning bor ekaniga amin bo‘lamiz.

Bunday konkurslar yil sayin katta ko‘lamlarda olib borilganda ular mamlakatimizdan chetga chiqadigan mashina va uskunalarni va turli asboblari ortidan foydalari milliardlab mablag‘ keltirishi mumkin.

Yana xavfsizlikka qaytsak, yangi xukumat raxbariga qarshi dushman kuchlarning juda katta bo‘lishi kutiladi.

Chunki 20 yillik korruptsion kuchlarining hamma narsaga emas, qo‘l urilmagan jinoyatlari qolmagan bo‘lib bunga ular o‘rganib qolgan eng qora va jirkanch ishlardan, aytaylik bir o‘qning mo‘ljalga tegib kerak odam o‘ldirishining o‘zidan ular millionlab foyda olishlari mumkin.

Shuning uchun ham raxbar hali saylov bo‘lib undan saylanmasa ham, uning raxbarligiini xarqanday prezidentdan kam ko‘rilmasligi kerak.

U boshqargan davlat tizimining 2 va 3 oyi ichida qanchalik yutuqlar keltirishi xalqimiz orasida katta baholansa, bunday kishining nomzodi ham ertaga bo‘ladigan demokratik saylovda albatta qo‘yilishi kerak.

Yangi rahbarning xavfsizlik yuzasidan albatta xalqqa murojaatlarining radio va TV studiyalariga borishning xojati yo‘q, bu chiqishlarni video va radio tasmalariga tushirilib, so‘ngra uzatilishi lozim.

Negaki raxbarning bunday dushmalariga qulay, yoki xarqanaqa mashinada yurishi unga bo‘lgan bizning e’tiborsizligimiz tufayli xalqimiz boshiga yana bir niyati yomon iflosningo‘tirib qolishi mumkin.

Respublikamizning qariyib barcha viloyat ichki ishlariga qarashli o‘zining ayniqsa katta shaxarlarida militsiya garnizonlari bor.

Yana undan tashqari MXX ga qarashli boshqa erlarda xalqning ko‘tarilishini tez bostiradigan va yangi texnika va vertolyotlari bilan ta’minlangan kuchlar doim tayyor turadilar.

Eng katta kuchlardan yana O‘sh va Jalolobodda millatimizni qo‘riqlashga Karimov ishlatmagan harbiy qismlar, Armiya ham bor.

Bu qismilardagi soldatlari chalasavod bo‘lgani va informatsiyaning yo‘qligi uchun ularga, hammani ottirish mumkin.

Shuning uchun o‘sha kambag‘al xalqning bolalariga “O‘zbekiston Xalq Xarakati”ning qisqa bo‘lsada murojaati etib borishiga xarakat qilish kerakki aslo qanday bo‘lganda ham ular xalq tomon bo‘lib, o‘z ota onalarini hech otmasliklari kerak, mabodo shunday buyruq berilsa o‘sha buyruq bergan komandirning o‘zini otib tashlashlari zarur.

Hurmatli Harakatchilar!

Sizlar ham men qoldirib ketgan va xato erlarini to‘ldirib, bu birinchi boshlangan fikrlarga qo‘shilib chiqishlaringizni so‘rab qoluvchi:

Turlibekov Yodgor

 

http://yangidunyo.com/?p=20179

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: