Archive for June 16th, 2011

16/06/2011

жазирама эмас

I

тўфонми шу ўзи шамол тегмаган зарра

ё хонқизлари куйлаган қизил ашула дастида

абри нисёнми қумзор ичра

безор

ҳеч ким била олмайди дашту биёбон кимларники

карвон ўтиб куёш биздан ранжиган кунда

дунё қарашимиз эмас

саҳройи отланадиган чавгон

Кубровий назар

16/06/2011

Turkiya suriyaliklar uchun chegarani yopmaydi – ozodlik.org

16.06.2011

Suriyada hukumat qo‘shinlari ta’qibidan qochib Turkiya hududiga o‘tgan qochqinlar soni 8500 dan oshdi.

Shuningdek, 10 ming chog‘li suriyalik xavfsiz boshpana izlab Turkiya chegarasi yaqiniga yig‘ilgani xabar qilinmoqda.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Ahmad Dovudo‘g‘lining ma’lum qilishicha, Turkiya suriyalik qochqinlar uchun chegarani yopmoqchi emas.

read more »

16/06/2011

Mitrofanov: Medvedev Karimovdan taxtdan ketishni so‘ray olmaydi – uznews.net

16.06.11

Uznews.net – Rossiya Dumasi deputati Aleksey Mitrofanov Toshkentda 14 iyun kuni qisqa muddat bo‘ladigan Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovdan “tinch yo‘l bilan hukumatni topshirish”ni so‘ray olmasligi to‘g‘risida o‘z shubhasini bildirdi.

“Spravedlivaya Rossiya” partiyasining Dumadagi a’zosi Aleksey Mitrofanov Rossiya hozirgi hukumatni har doim qo‘llab-quvvatlashi va uning o‘zgarishiga konservativ ekanligiga ishonchi komil.

read more »

16/06/2011

Shanxay Hamkorlik Tashkilotining terrorizmga qarshi kurash siyosatidan xavotirlar – bbc uzbek

16 iyun 2011

“Xitoyda Inson huquqlari” tashkiloti ijrochi direktori Sharon Xom

Chorshanba kuni Qozog‘iston poytaxti Ostonada Shanxay Hamkorlik Tashkilotining sammiti bo‘lib o‘tdi. Tashkilotga a’zo 6 davlat rahbarlari yopiq eshiklar ortida Qozog‘iston raislik qilgan bir yil davomida qilingan ishlarni sarhisob qilishdi. Ayni paytda qarorgohi N’yu Yorkda joylashgan “Xitoyda Inson huquqlari” guruhi Shanxay Hamkorlik Tashkilotining terrorizmga qarshi kurash siyosati va tajribasi borasida jiddiy xavotirlarini izhor qilgan. Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Xitoyning terrorizm, ekstremizm va bo‘lginchilikka qarshi kurash haqidagi uch yovuz kuch doktrinasini qabul qilgan va u a’zo davlatlar milliy qonunchiliklarida aks etgan. “Xitoyda Inson huquqlari” tashkiloti ijrochi direktori Sharon Xom mazkur amallar xalqaro andozalarga qanchalar mos tushishi savol ostiga olinishi kerakligini aytadi.

read more »

16/06/2011

Ovro‘po Komissiyasi Lola Karimovaga tegishli xayriya markazini moliyalagani rad etgan – bbc uzbek

16 iyun 2011

Ovro‘po Komissiyasi O‘zbekiston Prezidentining qizi Lola Karimova-Tillaeva rahbarlik qiladigan Bolalarni ijtimoiy moslashtirish Respublika markaziga 3,7 million evro bergani borasidagi xabarlarni rad etgan.

Komissiya voizi Bolalarni ijtimoiy moslashtirish Respublika markaziga grantlar berilmasligi, faqat texnik yordamlar ko‘rsatilishini aytgan.

Ovro‘po Ittifoqi ushbu xayriya markaziga moliyaviy yordam ajratgani xususida o‘tgan oy oxirlarida Lola Karimova-Tillaevaning Rue89 Internet nashriga qarshi da’vosi bo‘yicha mahkama ishi jarayonida oshkor bo‘lgandi.

O‘zbekistonning YuNESKOdagi elchisi Lola Karimova-Tillaeva frantsuz veb-saytini o‘zini “diktatorning qizi” deb atagani uchun sudga bergan.

read more »

16/06/2011

Namanganlik etti dindor qamaldi – ozodlik.org

‘Jihodchilik’ O‘zbekiston rasmiylari musulmonlarga qo‘yayotgan ‘yangi’ ayblovlardan biridir.

16.06.2011

Mehribon

Namangan shahar jinoiy ishlar bo‘yicha sudi hukmiga ko‘ra, 7 kishi “Islom jihodchilari” diniy oqimiga aloqadorlikda ayblanib, 5 yildan 10 yilgacha bo‘lgan muddatlarga ozodlikdan mahrum qilindi. O‘zbekiston mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhiga ko‘ra, sudlanuvchilarning barchasi JKning 159-moddasi (O‘zbekiston konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) va 244/2-moddasi (ta’qiqlangan tashkilotlarga a’zolik) bo‘yicha aybdor deb topilgan.

read more »

16/06/2011

Shimoliy Alyans Afg’onistonda Hamid Karzayga qarshi birlashmoqchi – voa uzbek

16 iyun, 2011

Amerika Ovozi

Foto ASSOCIATED PRESS

Afg’oniston sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulla Abdulla

AQShning “Vashington Post” gazetasida xabar qilinishicha, Afg’onistonda prezident Hamid Karzayga muxolif kuchlar koalitsiya tuzishga kirishgan. Tolibonni yengishga katta hissa qo’shgan Shimoliy Alyans nazarida Karzay toliblar bilan murosa qilaman deb, ko’p masalalarda yon bermoqda.

read more »

16/06/2011

“O‘zbekiston Halk Harakati “ning Finlyandiya bo‘limi tashkil qilindi. – uzxalqharakati.com

June 16, 2011

2011 yil 15 iyunda Finlyandiyaning Turku shahrida O‘zbekiston Xalq Harakatining Finlyandiya bo‘limini rasman ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda Finlyandiyada yashayotgan o‘zbek muhojirlarining va mehmonlar ishtirok etdilar.

Majlis ishtirokchilari Kun tartibida ko‘rib chiqqan asosiy masalala Finlyandiyada “O‘zbekiston Halk Harakati “ Finlyandiya bo‘limini tashkil qilishlik va bo‘limni boshqaruv hay’atini saylash edi.

read more »

16/06/2011

Xalq harakatlari va hukumatlar o‘rtasidagi kurashlar va ularga munosabatlar haqida – uzxalqharakati.com

June 16, 2011

Hazratqul Xudoyberdi

Ushbu kunlarda Vatanda ham, yurt tashqarisida ham bir qiziq vaziyat yuzaga keldi: Guyoki hamma Marsga uchiriladigan bir kemaga “Start!” degan buyruq berilishini kutib turganday. Yangi Harakatni tuzilgani Karimov rejimini sarosimaga solib qo‘ydi ammo ayni paytda u minglab vatandoshlarimizning qalblarida umid uchqunlarini ham yoqa boshladi.

Rejim ming chirangani bilan fuqarolarning ko‘z va quloqlarini yopa olmadi. Har kun bu dunyoda bo‘layotgan ulkan o‘zgarishlarni borgan sari ko‘proq insonlar eshita va ko‘ra boshladilar. Oyni etak bilan yopib bo‘lmaganidek, Arab dunyosidagi buyuk va olamshumul xalq inqiloblari 20, 30 va 40 yillab o‘z taxti ravonlariga zulukdek yopishib olgan zolim diktatorlarni birin ketin ag‘dara boshladilar.

read more »

16/06/2011

Karimov iste’fo bersa ishni nimadan boshlash kerak? – yangidunyo.com

June 16, 2011

O‘zbekiston Xalq Harakatiga maslahatlarim…

Yodgor Turlibekov

O‘zbek muholifati Karimov ketsa ishni nimadan boshlashi juda muhimdir. Eng avvalo, muxolifatning yashin tezligida avvaldan tayyorlangan, ko‘p va turli hollarga mo‘ljallangan ko‘p variantli rejalari bo‘lishi, tig‘iz vaziyatda ulardan birini tanlab, ishlarni boshlab yuborish kerak.

Qanday bo‘lsada birinchi bo‘lib respublika televideniyasi va radiosini qo‘lga lozim bo‘lib xalqqa axborot etkazib turishdagi bebaho vositadir.

read more »