“Universitet kelajagi O‘tunbaeva qo‘lida” – ozodlik.org


Jaloloboddagi Xalqlar do‘stligi universiteti iyun voqealari paytida kuydirib yuborilgan edi.

15.06.2011

Sarvar Usmon

Jaloloboddagi Xalqlar do‘stligi universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori Ozodbek Karomatov Ozodlik savollariga javob berdi. Karomatov boshqarib kelgan o‘quv yurti 2010 yil iyun voqealari davomida yondirib yuborilgan. Bir necha oydan beri Qirg‘izistondan tashqarida qochqinlikda yashayotgan janob Karomatov bilan muxbirimiz O‘sh qirg‘inining 1 yilligi munosabati bilan suhbatlashdi. Ayni paytda qirg‘iz siyosatchilari ayblab kelayotgan qirg‘izistonlik o‘zbek liderlari va umuman qirg‘izistonlik o‘zbek ziyolilari, Qodirjon Botirovni istisno qilganda, hanuzgacha matbuotdan uzoqroq turishga harakat qilmoqda. Buni ular Qirg‘izistonda qolgan qarindosh-urug‘lari hayotlariga tahdid mavjudligi bilan izohlamoqdalar. Jalolobod viloyatining Suzoq tumanida 1964 yilda tug‘ilgan Ozodbek Karomatov O‘sh qirg‘inidan so‘ng matbuot bilan aloqaga chiqqan birinchi qirg‘izistonlik o‘zbek ziyolisidir. Qirg‘indan buyon qayta tiklanish u yoqda tursin, hatto kuyindilardan tozalanmay yotgan universitet rektori bilan o‘tkazilgan suhbatni to‘laligicha saytimizdan tinglashingiz mumkin.

Rektor Karomatov bilan qariyb bir soat gaplashdik. Undan o‘zi haqda, u boshqargan universitetni kim qurgani to‘g‘risida, kimlar dars bergani, kimlar o‘qigani, universitetga kim va qachon hujum qilgani, o‘quv yurtining buguni va kelajagi to‘g‘risida va boshqa shu kabi masalalar yuzasidan batafsil javoblar oldik.

Tilga olganimiz masalalarni shu paytgacha kuchimiz etganicha yoritganmiz va siz tinglovchining bu haqda muayyan tasavvuri bor.

Lekin shunday bo‘lsa-da, rektorning o‘zidan eshitganimiz – boshqa.

Demak, Ozodbek Karomatov o‘zi haqda:

– 2005 yili Rossiya federatsiyasining dissertatsion sovetida doktorlik dissertatsiyamni himoya qildim.

Ozodlik: Mavzu.

– Mavzu Qirg‘iziston respublikasida er bozorini davlat tomonidan boshqarish. Hozirgi kunda ikkita monografiyam chiqqan, 50dan ortiq maqolalarim chiqqan, ikkita aspirantim himoyaga tayyor. Qo‘limdan juda ko‘p doktorlik va kandidatlik dissertatsiyalari ekspertizadan o‘tgan. 1999 yili universitetga rektor qilib tayinlandim.

Ozodbek Karomatov bu o‘quv yurtini kim qurgani haqda:

– Davlatdan bir tiyin pul ajratilmagan. Buni Qodirjon Botirov tashkil etgan korxonalari moliyalashtirgan. Demak xususiy universitet. Shu odam rahbarligida qurilgan universitet hisoblanadida. 1998 yil oktyabrda qurilish ishlari boshlandi, 1999 yil oktyabrda universitet ishlashga topshirildi. Bir yil ichida bitgan bino.

Ozodbek Karomatov o‘zi boshqargan universitetda qancha talaba o‘qigani haqda:

– 1460ta talaba bor edi. Shundan 825-830tasi kunduzgi bo‘limda o‘qirdi, qolgani sirtqi bo‘limda o‘qirdi.

Ozodbek Karomatov o‘tgan yil may-iyunida universitetga qilingan hujumlar to‘g‘risida.

– 18 kuni ..

Ozodlik: Gap 2010 yil 18 may haqida ketayapti.

– Shunday. Shahar o‘quv bo‘limida edi, goronoda edi. Gorononing rahbari bizning universitet, bizning litseydan tashqari shahardagi hamma maktablarga, buyruq bilan yoptirgan maktabnichi. Biz ishlayapmiz. Keyin shunday holat bo‘ldi.

Ozodlik: Sizlarga bunaqa buyruq bo‘lgan emas.

– Bunaqa buyruq bo‘lmagan. Men buni hamma tashkilotlarda, hamma urovenda ochiq talab qildik. Litseyni rahbari ham birgalikda ochiq aytdik. “Nimaga shunaqa bo‘ldi?” degan vopros qo‘yilgan.

Ozodlik: Nima javob bo‘lgan sizga? Maktablarni yop deb buyruq bergan odamning o‘ziga ham bergandirsiz shu savolni.

– U odam bilan uchrashmaganmiz, lekin men mutasaddi tashkilotlarga berganman. “Biz buning chorasini ko‘ramiz” degan, bo‘ldi. Keyin o‘zingiz video, suratlarda ko‘rgan ishlar bo‘ldi. Kelib toshbo‘ron qilishdi, o‘zlaricha kirib o‘t yoqishdi.

Ozodlik: Bu 19 may kuni.

– Ha, deydi Ozodbek Karomatov.

O‘sha kungi zarar 4 million qirg‘iz so‘mini tashkil qilgani aniqlandi. Oradan 20 kunlar o‘tgach universitet batamom vayron qilindi.

Ozodbek Karomatov universitetning bugungi ahvoli haqda.

– Mana bizning hurmatli merimiz bor. Tish-tirnog‘i bilan tozalashga ham imkoniyat yaratib bermadi shu odam. Shahar tozalanayapti.

Ozodlik: Familiyasi nima?

– Jeenbekov. U odamga qancha kirdik. “To‘xtab turinglar. Shu ahvolni ko‘rsin” qilib, maqsad sentyabrda o‘qishni boshlattirmaslik.

Ozodlik: Hatto tozalashga ruxsat bermadio.

– Hatto tozalashga ham ruxsat bermadi, deydi Ozodbek Karomatov.

Gap 2010 yilning sentyabri ustida ketayapti. Shunday qilib, ortda qolgan 2010-2011 o‘quv yilida Jalolobod Xalqlar do‘stligi universiteti ishlamadi. Shu bugun ham vayrona holida turibdi.

O‘qituvchilar jamoasi ishsiz qoldi. Talabalarning, o‘qishini Bishkekka ko‘chirgan ba’zilarni hisobga olmaganda, asosan, bir yil umri bekor o‘tdi.

Rektor Karomatovning Qirg‘izistonga qaytishi xavfli. Chunki, ustidan ham Jinoyat kodeksining bir necha moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan.

– Birinchi Millatlararo nizo qo‘zg‘atish, ikkinchisi Ommaviy tartibsizliklar uyushtirish, uchinchisi Ayirmachilik faoliyati bilan shug‘ullanish. O‘zbekka katta qilib tamg‘a qo‘yib qo‘yishgan. Pasportiga qarab turib o‘sha tamg‘ani bosayapti, deydi Ozodbek Karomatov.

Ozodbek Karomatov universitet kelajagi to‘g‘risida

– Bu universitetning taqdirini Roza O‘tunbaeva, Almaz Atambaev echishi kerak. Ular o‘z so‘zini aytishi kerak. Negaki, OBSEning komissiyasi Roza O‘tunbaevaning murojaati bilan SNG davlatlarining rahbarlari, nufuzli jahon hamjamiyatlarida o‘rganilib chiqqan holda mandat berildi. Shu komissiyaning hisobotida ochiq-oydin yozib qo‘ygan. “Xalqlar do‘stligi universiteti qayta tiklansin va litsenziyasi qaytarib berilsin” deb bizning hukumatga bergan taklifi bor, deydi Ozodbek Karomatov.

http://www.ozodlik.org/content/article/24236176.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: