Shanxay Hamkorlik Tashkiloti xavfsizlik, iqtisodiyot va madaniyat bobida hamkorlikni oshiradi – voa uzbek


15 iyun, 2011

Foto AP

“Qirg’izistonda ikki siyosiy voqea – mojaro va qo’zg’olonning guvohi bo’ldik, lekin bir ovozdan javob bermadik”, – dedi Nazarboyev.

Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar xavfsizlik, iqtisodiyot va madaniyat bobida hamkorlikni oshirishga kelishib oldi. Ostonadagi ikki kunlik sammitda prezident Islom Karimov ham qatnashmoqda.

2001-yilda NATOga bas keladigan bir guruh sifatida tuzilgan tashkilot 10 yilligini nishonlamoqda. Unga hozirda Qozog’iston, O’zbekiston, Tojikiston, Qirg’iziston, Xitoy va Rossiya a’zo.

Ostonada tashkilotga yangi a’zolarni qo’shish masalasi tilga olindi. Hindiston, Pokiston va Eron Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga kirishdan umidvor.

Mo’g’uliston hozircha kuzatuvchilik bilan kifoyalanmoqchi xolos.

Sammit ishtirokchilari arab dunyosidagi qo’zg’olonlarni ham tilga olar ekan, tashkilot beqaror vaziyatdan tashvishda. Biroq a’zo davlatlar “tarixi va madaniyati har xil mintaqa xalqlarining demokratiya yo’lidagi kurashini qo’llab-quvvatlaydi”.

Anjuman mezboni va raisi Qozog’iston rahbari Nursulton Nazarboyev a’zo davlatlarni mintaqa xavfsizligi borasida faolroq hissa qo’shishga undadi.

Nazarboyev o’tgan yil yozida Qirg’iziston janubida ro’y bergan qirg’inni esladi.

“Fojea yuzasidan samarali chora ko’ra olmadik, demak, guruhni isloh qilish, qaltis vaziyatga yordam qo’lini cho’za oladigan tashkilotga aylanishimiz kerak”, – deydi Qozog’iston prezidenti.

“Qirg’izistonda ikki siyosiy voqea – mojaro va qo’zg’olonning guvohi bo’ldik, lekin bir ovozdan javob bermadik”, – deydi u.

Anjuman oldidan Xitoy prezidenti Xu Sintao tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega Eron rahbari Mahmud Ahmadinajod bilan yuzma-yuz gaplashib, yadro dasturi masalasida xalqaro muzokaraga qaytishga undadi.

Ahmadinajod BMT Xavfsizlik Kengashi a’zolari va Germaniya bilan muloqotga rozimiz, deya javob qilgan.

Shanxay Hamkorlik Tashkilotining keyingi sammiti 2012-yil Xitoyda o’tadi.

 

http://www.voanews.com/uzbek/news/sco-summit-kazakhstan-123908149.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: