“O‘layapmiz qamoqlarda – bu o‘zbek modelidir” – ozodlik.org


Bu guvohnoma o‘tgan yili 37 yoshida Navoiy qamoqxonasida halok bo‘lgan toshkentlik Shavkat Alimxo‘jaevga berilgan.

15.06.2011

Abdulla Iskandar

Yaqinda Jasliq qamoqxonasidan chiqqan shoir Yusuf Jumaning bu satrlari Qurultoy eshittirishiga sarlavha bo‘ldi.

Qurultoyning navbatdagi soni o‘zbek qamoqxonalaridan kelayotgan jasadlarning ko‘paygani va qamoqdagi qiynoqlar avj olganiga mazusiga bag‘ishlandi.

Qurultoy eshittirishida e’tiqodi uchun 20 yilga qamalgan  va mayiti 8 iyunga o‘tar kechasi Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi uyiga keltirilgan 37 yashar Abdulaziz Mirzaevning opasi Marhamat opa va onasi Tojixon ona, Qarshidagi qizil zona – Shayxali qamoqxonasining sobiq mahbusi, hozir Norvegiyada siyosiy qochqin maqomida yashayotgan pedagog olim Abdulla Abdurazzoqov, qamoqlardan kelayotgan jasadlar haqida ma’lumotlarni o‘rganayotgan inson huquqlari faoli Sur’at Ikromov ishtirok etdi.

Huquq faollari o‘zbek qamoqxonalarida qiynoqlar sistematik tus olgani, ba’zi hollarda u erdagi mahbuslar qiynoq oqibatida halok bo‘layotganidan bong urib kelishadi.

Qamoqdan o‘ligi keltirib berilgan Abdulazizning opasi Marhamat opa ukasi zolimlar qo‘lida shahid bo‘lgani, uning jasadini bo‘lak-bo‘lak qilib “ol bolangni” deb tashlab ketishganini aytadi.

– Ukam Abdulaziz Kosonda edi. Shahid bo‘ldi ukaginam. Ukaginam shahid bo‘ldi zolimlarning qo‘lida. Dabdala qilishib, bo‘lak-bo‘lak qilishib “ol bolangni” deb tashlab ketishdi. O‘zlari ko‘rinishmadi, umuman ko‘rinishmadi. Skoriyda olib kelib tashlab ketishdi. Mahalla raislari kelishdi bolangiz ikkinchi etajdan o‘zini tashlab yuboribdi deb. 20 kun oldin bilib kelgan edik ahvolining yomonligini, zulm berishayotganini.

Endi uni ko‘rgan odam hushidan ketib qolayapti. Bosh miya umuman yo‘q. Ko‘zni chiqarib tashlagan, jag‘lari boylanmagan, qonga belanib yotibdi. Orqa suyaklari yo‘q, umuman orqa qovurg‘alari yo‘q. Hamma yog‘ini maydalab bo‘lib tashlagan. Sonlari teshilib ketgan. Tirnoqlarini olib tashlagan. Vahshiylarcha o‘ldirishganda. Keyin ularni oftobga o‘tirg‘izib qo‘yib “bor nomusiga teg” deb erkak kishini erkak kishining nomusiga tegdirayapti ekan. Mana musulmonlarni qanaqa qiynash bo‘layapti.

Ichlari o‘tib ketarkan. Tualetga ham kirgizmas ekan. “O‘tirgan joyingda qilaver” der ekan. Ukam menga “Siz arz qilib respublika prokuraturasiga yozing. Inson huquqlariga boring, ayting” dedi har na birodarlarga engil bo‘lib qolsa deb. O‘sha erdagi opernachalniklar, SNBlar, otryad boshliqlari  uzoq yildan beri yotgan mahbuslarga o‘zlarining kiyimlarini berib qo‘yib qiynattirishayapti ekan, deydi Marhamat opa.

Mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhi rahbari Sur’at Ikromovga ko‘ra, qiynoqlar orqali o‘lgan mahbuslar haqida hech qaerga xabar bermaydi va sir tutadi.

– Biz faqat o‘lgan mahbus qarindoshlarining bizlarga bergan ma’lumotlari bo‘yicha gapirishimiz mumkin. Bularning soni bir yilda 200-300dan ham ko‘p bo‘lishi mumkin. Qiynoqlar orqali o‘lgan mahbuslar har doim bo‘lgan. Ekspertiza nimalarida ikkinchi etajdan tashlab yuborgani, yuragi to‘xtab qolgani va hokazolar yoziladi. Mahbusning yaqinlari jasadni olgandan keyin tanada qiynoq izlarini ko‘radi. Kuydirilgan bo‘ladi, tirnoqlari qorayib ketgan bo‘ladi va hokazo. Mana shu orqali biz qiynoqqa uchratilgani haqida aytishimiz mumkin, deydi Sur’at Ikromov.

1994-1997 yillar davomida siyosiy mahbus sifatida qamoqda o‘tirib chiqqan Abdulla Abdurazzoq nafaqat bu narsalarga guvohlik berishi, balki qamoqda o‘z ko‘rgan-kechirganlarini hikoya qilib berishi mumkinligini aytadi.

–  IIV erto‘lasiga qamalganimning uchinchi kuni bo‘lsa kerak yuragim biroz bezovta bo‘ldi. O‘sha paytda qiynoqlar biroz madaniy edi. Hozir vahshiylashgan. Men eshikni taqillatdim. Kelishdi. “Mening yuragim bezovta bo‘layapti” dedim. Keyin qog‘oz olib kelishdi. “Mana bu qog‘ozga yuragingiz yomon bo‘layotganligi haqida yozing” dedi. YOzdim. “Chisloni soatlargacha qo‘ying” dedi. “Nimaga kerak ekan bu” deb ajablanib qo‘ydim. O‘z ustimdan o‘zim hukm chiqarganimni hech ham xayolga keltirmagandim. Ular “Yuragi yomon bo‘lib qoldi. YOzib berdi. Soat falonda bizga murojaat qildi. Yurakdan o‘ldi bu” deyish uchun tayyorgarlikni boshlashgan ekan. Keyin meni olib chiqishdida erto‘laga tushgandan keyin o‘ng qo‘lga burilishda dastlabki kameralardan bittasiga qamashdi. “Shu erda kutib turasiz. Biz tez yordamga telefon qildik. U etib kelguncha shu erda tayyor bo‘lib turishingiz kerak. Doktor yo olib ketadi yoki yuragingizni shu erda ko‘radi” dedi. Ustimdan qulflashdi. Juda tor kamera edi, deydi Abdulla Abdurazzoq.

Abdulla Abdurazzoq aytib berayotgan hikoyaning davomini va Qurultoyning to‘liq suhbatini quyida tinglashingiz mumkin.

 

http://www.ozodlik.org/content/transcript/24235503.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: