Archive for June 15th, 2011

15/06/2011

“Universitet kelajagi O‘tunbaeva qo‘lida” – ozodlik.org

Jaloloboddagi Xalqlar do‘stligi universiteti iyun voqealari paytida kuydirib yuborilgan edi.

15.06.2011

Sarvar Usmon

Jaloloboddagi Xalqlar do‘stligi universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori Ozodbek Karomatov Ozodlik savollariga javob berdi. Karomatov boshqarib kelgan o‘quv yurti 2010 yil iyun voqealari davomida yondirib yuborilgan. Bir necha oydan beri Qirg‘izistondan tashqarida qochqinlikda yashayotgan janob Karomatov bilan muxbirimiz O‘sh qirg‘inining 1 yilligi munosabati bilan suhbatlashdi. Ayni paytda qirg‘iz siyosatchilari ayblab kelayotgan qirg‘izistonlik o‘zbek liderlari va umuman qirg‘izistonlik o‘zbek ziyolilari, Qodirjon Botirovni istisno qilganda, hanuzgacha matbuotdan uzoqroq turishga harakat qilmoqda. Buni ular Qirg‘izistonda qolgan qarindosh-urug‘lari hayotlariga tahdid mavjudligi bilan izohlamoqdalar. Jalolobod viloyatining Suzoq tumanida 1964 yilda tug‘ilgan Ozodbek Karomatov O‘sh qirg‘inidan so‘ng matbuot bilan aloqaga chiqqan birinchi qirg‘izistonlik o‘zbek ziyolisidir. Qirg‘indan buyon qayta tiklanish u yoqda tursin, hatto kuyindilardan tozalanmay yotgan universitet rektori bilan o‘tkazilgan suhbatni to‘laligicha saytimizdan tinglashingiz mumkin.

read more »

15/06/2011

Islom Karimov: «Afg‘onistonni afg‘onlarning o‘zlari tiklashlari lozim» – uznews.net

15.06.11

Uznews.net – O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov bugun ShHTning Ostonadagi sammitida, Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishida afg‘on xalqi bo‘lishi, biroq bu xalqaro hamjamiyat yordamida amalga oshirilishi lozimligi haqida bildirdi.

O‘zbek liderining so‘zlariga ko‘ra, afg‘on muammosini faqat tinch yo‘l bilan hal qilish mumkin.

«Bugun afg‘onlarning harbiy yo‘l bilan hal etiladigan muammosi yo‘qligiga hech kimda shubha qolmadi», – deya Karimovdan iqtibos keltiradi Ozarbayjondagi «Trend» axborot agentligi.

read more »

15/06/2011

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti xavfsizlik, iqtisodiyot va madaniyat bobida hamkorlikni oshiradi – voa uzbek

15 iyun, 2011

Foto AP

“Qirg’izistonda ikki siyosiy voqea – mojaro va qo’zg’olonning guvohi bo’ldik, lekin bir ovozdan javob bermadik”, – dedi Nazarboyev.

Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar xavfsizlik, iqtisodiyot va madaniyat bobida hamkorlikni oshirishga kelishib oldi. Ostonadagi ikki kunlik sammitda prezident Islom Karimov ham qatnashmoqda.

2001-yilda NATOga bas keladigan bir guruh sifatida tuzilgan tashkilot 10 yilligini nishonlamoqda. Unga hozirda Qozog’iston, O’zbekiston, Tojikiston, Qirg’iziston, Xitoy va Rossiya a’zo.

read more »

15/06/2011

“ShHT bu qog‘oz fabrikasidir” – ozodlik.org

ShHT Ostona sammiti ishtirokchilari.

15.06.2011

Abdulla Iskandar

15 iyun kuni Ostonada Shanhay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti ish boshladi.

Bu sammit Shanhay hamkorlik tashkilotining 10 yillik yubileyiga to‘g‘ri keldi.

Ostonada ShHTga kiruvchi O‘zbekiston dohil 6 davlat vakillari mintaqa xavfsizligi, narkotik va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash masalalarini ko‘rib chiqishadi.

read more »

15/06/2011

Ostonada Shanxay Hamkorlik Tashkilotining yubiley sammiti bo‘lib o‘tdi – bbc uzbek

15 iyun 2011

Shodiyor Sayf

Bi-bi-si, Olma ota

Qozog‘iston poytaxti Ostonada Shanxay Hamkorlik Tashkilotining sammiti bo‘lib o‘tdi.

Tashkilotga a’zo 6 davlat rahbarlari yopiq eshiklar ortida Qozog‘iston raislik qilgan bir yil davomida qilingan ishlarni sarhisob qilishdi.

Sammitdagi chiqishida O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov zamonaviy dunyodagi notinchliklar manzarasida Shanxay Hamkorlik Tashkilotining ahamiyati oshib borishini ta’kidladi.

read more »

15/06/2011

“O‘layapmiz qamoqlarda – bu o‘zbek modelidir” – ozodlik.org

Bu guvohnoma o‘tgan yili 37 yoshida Navoiy qamoqxonasida halok bo‘lgan toshkentlik Shavkat Alimxo‘jaevga berilgan.

15.06.2011

Abdulla Iskandar

Yaqinda Jasliq qamoqxonasidan chiqqan shoir Yusuf Jumaning bu satrlari Qurultoy eshittirishiga sarlavha bo‘ldi.

Qurultoyning navbatdagi soni o‘zbek qamoqxonalaridan kelayotgan jasadlarning ko‘paygani va qamoqdagi qiynoqlar avj olganiga mazusiga bag‘ishlandi.

read more »

15/06/2011

AQSh Qirg‘izistonga bostirib kirishga xozirlik ko‘rayaptimi? – yangifikr.com

AQSh prezidenti Barak Obama, qirg‘iz jinoiy olamining yirik vakili Qamchimbek Qo‘liboevni, narkotiklarni tarqatish bo‘yicha jinoyatlara aloqador xisoblab, uni AQSh “qora ro‘yxatiga” kiritish xaqida qaror qabul qildi.

Bu xaqda xabar tarqatgan jaxon OAVlari, Qo‘liboevni, Qirg‘izistonning eng yirik narkobaroni sifatida AQShning e’tiboriga tushganini yozishmoqda.

AQShning bunday ro‘yxatidagi shaxsning Amerikadagi barcha xisob raqamlari muzlatiladi va amerikaliklarning bu inson bilan xar qanday muloqotlari ta’qiq ostiga olinadi.

read more »

15/06/2011

Erdog’an muxolifat bilan kelisha oladimi? – voa uzbek

15 iyun, 2011

Foto Reuters

Turkiyada yaqinda o’tgan parlament saylovlarida “Adolat va Taraqqiyot” partiyasi g’alaba qildi, lekin konstitutsiyaga tuzatishlar kiritish uchun oliy majlisdagi o’rinlarning uchdan ikki qismini egallashi kerak edi.

Shunday ekan, Bosh vazir Rajab Toyib Erdog’an muxolifat, ayniqsa kurdlar manfaati uchun kurashib kelayotgan siyosiy doiralar bilan murosa qilishi shart.

“Adolat va Taraqqiyot”  – Turkiya tarixida ketma ket uch bor saylangan yagona partiyadir. 550 o’rinli  Buyuk Millat Majlisida u hozir 326ta o’ringa ega.

read more »