Karimov va Medvedev uchrashuvining bosh mavzusi ‘Arab inqiloblari’mi? – bbc uzbek


14 iyun 2011

Rossiya Prezidenti Dmitriy Medvedevning O‘zbekistonga ishchi tashrifi boshlangan.

Prezident Dmitriy Medvedev Toshkentga 13 iyun kuni tunda etib borgan.

Rossiyalik oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Toshkent aeroportida uchoq zinapoyasida kutib olgan.

Rossiya va O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari xabarlariga ko‘ra, ikki mamlakat rahbarlari o‘zaro munosabatlarning strategik mazmunga ega ekani, iqtisodiy va savdo aloqalari jahon iqtisodiy inqiroziga qaramasdan rivojlanishda davom etayotganini qayd etganlar.

Ushbu ishchi tashrifning Rossiya bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi “o‘zaro ishonch va ochiqlik ruhidagi muloqotlarining tarkibiy qismi” ekani urg‘ulangan.

Biroq aksar kuzatuvchilar Shanxay Hamkorlik tashkilotining 10 yilligi sammiti arfasida Rossiya prezidentining O‘zbekistonga safarini Arab mamlakatlarida uzoq yillar hukmronlik qilgan rahbarlar o‘zgarishiga olib kelgan dunyodagi geosiyosiy vaziyat bilan bog‘lamoqdalar.

“Hozir Karimov Islom dunyosida yuz bergan inqiloblardan jiddiy tashvishlangan, unga dastaklov kerak. Va u bu dastaklovni faqat Shanxay Hamkorlik tashkilotidagi ittifoqchilaridan olishi mumkinligini juda yaxshi anglaydi”, deydi Fergana.ru internet-portali bosh muharriri Daniil Kislov Bi-bi-si Rus xizmati bilan suhbatda.

Daniil Kislov fikricha, Medvedevning ishchi tashrifi Rossiya O‘zbekistonni tashlab qo‘ymasligini namoyish etish maqsadidagi tashrifdir.

Rossiyalik jurnalistlarning ma’lum qilishlaricha, O‘zbekiston tomoni Rossiya prezidentiga Moskvada akkreditatsiyadan o‘tgan jahon axborot agentliklari muxbirlarining hamrohlik qilmasliklarini so‘ragan, Dmitriy Medvedev tashrifini yoritish uchun Rossiyadagi telekanallarning bir necha xodimi O‘zbekistonga borgan.

15 iyun kuni Qozog‘iston poytaxtida Shanxay Hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar rahbarlarining sammiti rejalangan.

Rossiya rahbarining O‘zbekistonga ishchi tashrifidan so‘ng Prezident Dmitriy Medvedev va Prezident Islom Karimov Ostonaga yo‘l olishlari xabar qilingan.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2011/06/110614_cy_medvedev_tashkent.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: