Erdog’an muxolifat bilan murosa va’da qildi – voa uzbek


13 iyun, 2011

Amerika Ovozi

Foto AP

“74 million fuqaro, xalq demokratiya, barqarorlik va tinchlikni tanladi”.

Turkiyada kecha o’tgan parlament saylovlarida hukmron “Adolat va Taraqqiyot” partiyasi g’alaba qilgach, Bosh vazir Rajab Toyip Erdog’an katta va’dalar bilan chiqdi. “Muxolifat bilan murosa yo’lidan boramiz”, – deydi u.

Parlamentda 550 o’rin bo’lsa, uning 326 tasiga  “Adolat va Taraqqiyot” partiyasi vakillari saylangan.

“74 million fuqaro, xalq demokratiya, barqarorlik va tinchlikni tanladi”, – deydi  Erdog’an.

Biroq konstitutsiyaga tuzatish kiritaman deb yurgan Erdog’an uchun bu raqam sal kamlik qiladi. Bosh qonunni tuzatish uchun parlamentning uchdan ikki qismi ovoz berishi kerak.

AP

“Murosa orqali bunga erishamiz ham”, – deydi uchinchi bor qayta saylangan partiya rahnamosi.

Amaldagi bosh qomus 1982 yilda, harbiylar boshqaruvi davrida tuzilgan.

Asosiy oppozitsion kuch, “Jumhuriyat Xalq” partiyasi, 135 o’rin bilan ikkinchi o’rinda.

Kurdlarni yoqlovchi partiya hisobida esa 30 dan ziyod o’rin. Hukmron “Adolat va Taraqqiyot” partiyasidan olg’a surilgan bir necha vakilni mag’lub qilgan bu guruh tobora kuchga to’lib bormoqda.

Tahlilchilar nazarida raqiblar kuchaygani ma’qul. Chunki Rajab Toyip Erdog’an yil-sayin avtokrat rahbarga, qarshi fikrni eshita olmaydigan arbobga aylanib bormoqda va dunyoviy Turkiyani diniy bir davlatga aylantirmoqchi degan xavotirlar bor.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: