Archive for June 14th, 2011

14/06/2011

Muhammadsolih Abutov bilan suhbat

14/06/2011

AQSh: Markaziy Osiyoga nisbatan uzoq muddatni ko’zlovchi strategiyamiz bor – voa uzbek

13 iyun, 2011

Navbahor Imamova | AQSh Davlat departamenti, Vashington

Foto VOA Uzbek

Davlat departamentida Robert Bleyk, Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo’yicha bosh diplomat bilan suhbat, 13 iyun 2011

AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo’yicha muovini Robert Bleyk (Robert Blake) “Amerika Ovozi”ga bergan maxsus intervyusida deydiki, Obama ma’muriyati mintaqaga nisbatan aniq maqsad va strategiyaga ega va bugungi siyosatni shubha ostiga olayotganlar haqiqatga ko’z yumayotgan bo’lishi mumkin.

read more »

14/06/2011

Karimov va Medvedev uchrashuvining bosh mavzusi ‘Arab inqiloblari’mi? – bbc uzbek

14 iyun 2011

Rossiya Prezidenti Dmitriy Medvedevning O‘zbekistonga ishchi tashrifi boshlangan.

Prezident Dmitriy Medvedev Toshkentga 13 iyun kuni tunda etib borgan.

Rossiyalik oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Toshkent aeroportida uchoq zinapoyasida kutib olgan.

Rossiya va O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari xabarlariga ko‘ra, ikki mamlakat rahbarlari o‘zaro munosabatlarning strategik mazmunga ega ekani, iqtisodiy va savdo aloqalari jahon iqtisodiy inqiroziga qaramasdan rivojlanishda davom etayotganini qayd etganlar.

read more »

14/06/2011

Medvedev va Karimov yana bir-birini ogohlantirdi – ozodlik.org

Toshkentda uchrashgan ikki davlat rahbari ‘arab bahori’ oqibatlaridan bir-birini ogohlantirdi.

14.06.2011

Barno Anvar

Rus nashrlari “arab bahori”dan cho‘chigan Karimov Medvedevni maslahat uchun Toshkentga taklif qilgani haqida yozmoqda.

O‘zA agentligi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov taklifi bilan 13 iyun kuni Toshkentga uchib kelgan Rossiya prezidenti Dimitriy Medvedev o‘rtasidagi so‘zlashuvlar aeroportdayoq boshlangan.

read more »

14/06/2011

O‘zbekiston rahbari ShHT sammitida ishtirok etadi – ozodlik.org

ShHTning 2010 yil 11 iyun kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan sammiti

14.06.2011

Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar davlat rahbarlari kengashining 2011 yil 14 – 15 iyun kunlari Ostona shahrida bo‘ladigan majlisida O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov ishtirok etishi rasman e’lon qilindi.

ShHT tuzilganiga 10 yil to‘ldi. Ostona shahridagi yubiley sammitida o‘tgan davrdagi tashkilot faoliyat tahlil qilinishi va kelgusi rejalar belgilab olinishi rejalangan.

read more »

14/06/2011

Erdog’an muxolifat bilan murosa va’da qildi – voa uzbek

13 iyun, 2011

Amerika Ovozi

Foto AP

“74 million fuqaro, xalq demokratiya, barqarorlik va tinchlikni tanladi”.

Turkiyada kecha o’tgan parlament saylovlarida hukmron “Adolat va Taraqqiyot” partiyasi g’alaba qilgach, Bosh vazir Rajab Toyip Erdog’an katta va’dalar bilan chiqdi. “Muxolifat bilan murosa yo’lidan boramiz”, – deydi u.

Parlamentda 550 o’rin bo’lsa, uning 326 tasiga  “Adolat va Taraqqiyot” partiyasi vakillari saylangan.

“74 million fuqaro, xalq demokratiya, barqarorlik va tinchlikni tanladi”, – deydi  Erdog’an.

read more »

14/06/2011

Karimov ikki boshli burgutdan panoh kutmoqda – ozodlik.org

13.06.2011

Abdulla Iskandar

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Dmitriy Medvedev 13 iyun kuni O‘zbekistonga ikki kunlik ishchi safarini Samarqandni ziyorat qilishdan boshladi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqandda boshlangan  Medvedevning tashrifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga ko‘ra amalga oshmoqda.

Rossiya prezidenti O‘zbekistonga tashrif davomida ikki davlat o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalarni muhokama qilishi kutilmoqda.

read more »