Turkiyada reytinglarda “Adolat va Taraqqiyot” oldinda – voa uzbek


Baris Ornarli, Anqara/Dorian Jones, Istanbul  10 iyun, 2011

Foto Reuters

Istanbul kafelarida, 9 iyun 2011

Turkiyada shu yakshanba parlament saylovlari. Hokimiyatdagi “Adolat va Taraqqiyot” partiyasi va muxolifat o’rtasida keskin munozaralarga yo’l ochgan saylov kampaniyasi nihoyasiga yetdi.

Omma orasida Bosh vazir Rajab Toyib Erdog’anning nufuzi baland va saylovda uning partiyasi g’alaba qilishi kutilmoqda. Muxolifatdagi “Jumhuriyat Xalq” partiyasi esa Oliy Majlisda o’z vakillari sonini oshirishga harakat qilmoqda.

Turkiya Oliy Majlisidagi fraksiyalar orasida deputatlar soni jihatidan ikkinchi o’rindagi “Jumhuriyat Xalq” partiyasining yangi rahbari Kamol Qilichdoro’g’lu, “Amerika Ovozi” Turk xizmatiga bergan intervyusida, mamlakatda demokratya va erkinlik xavf ostida deb aytdi.

AP Photo/Burhan Ozbilici

Kamol Qilichdoro’g’lu, “Jumhuriyat Xalq” partiyasi lideri

“Jumhuriyat Xalq” partiyasiga zamonaviy Turkiyaning birinchi rahbari Mustafo Kamol Otaturk asos solgan. Qilichdoro’g’lu partiyada katta o’zgarishlar bo’ldi va bo’lmoqda deydi.

“To’xtash yo’q. Maqsadimiz hokimiyatga o’tish va Turkiyani davrimizga mos ilg’or davlat qatoriga kiritish”, – deydi “Jumhuriyat Xalq” partiyasi rahbari.

Hokimiyatdagi “Adolat va Taraqqiyot”  partiyasi rahbari Rajab Toyib Erdog’an deydiki, uning rahbariyati Turkiyani jahondagi nufuzli davlatlar qatoriga qo’shdi va katta islohatlar yuz berdi.

Nisbatan konservativ mafkuraga ega, islomiy oqimga moyil siyosat olib borgan “Adolat va Taraqqiyot”  so’nggi yillarda Yaqin Sharq mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalarni mustahkamladi.

Reuters

Bosh vazir Rajab Toyib Erdog’an

Mutaxassislar nazarida Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqddagi o’zgarishlar Turkiyaning regiondagi siyosiy rolini kuchaytirish uchun yangi imkon yaratdi. Siyosiy burilishlarni boshdan kechirayotgan bu jamiyatlarga Turkiyaning hozirgi konservativ lekin zamonaviy davlat tizimi o’rnak bo’lishi mumkin.

Muxolifatdagi “Jumhuriyat Xalq” partiyasi rahbari fikricha “o’rnak bo’lish” mumkin lekin oldin Turkiyada demokratik davlat tizimi kelajagi haqida o’ylash kerak.

“Mustafa Kamol aytganidek, Turkiyada zamonaviy, ilg’or, G’arbga moyil tizim kerak. Yaqin Sharq va Kavkazda masalan Turkiyadagi demokratik davlat tizimiga qiziqish bilan qarashadi. Balki bundan-da kuchli demokratiya talab qilishadi. Ular biz singari davlatga ega bo’lishni xohlayotganda, bizning rahbarlarimiz ularning sobiq rahbarlaridan o’rnak olayapti. Asosiy muammo shu yerda, bizning rahbarlarimiz erkinlik va demokratiyani yanada mustahkamlashi zarurligini aytayapti, ammo uni bo’g’moqda. Buni demokratik davlat tizimi deb ta’riflash qiyin”, – deydi u.

Siyosiy tahlilchilar nazarida Bosh vazir Rajab Toyib Erdog’anning arab dunyosi bilan aloqalarni mustahkamlashidan asosiy maqsad – iqtisod. Ana shu strategiya asosida turk kompaniyalari so’nggi yillarda Liviya, Eron, Suriya singari davlatlar bilan ham tijoriy munosabatlarni kengaytirgan.

Rasmiy Anqara Suriya bilan ham diplomatik aloqalarini uzmagan, ammo so’nggi kunlarda Damashq hukumatini siyosiy islohotlarni amalga oshirishga chaqirdi.

“Milliyat” gazetasi sharhlovchisi Semih Idizga ko’ra, Anqara Suriyadagi vaziyatdan xavotirda.

“Bosh vazir Erdog’an Suriya rahbari Bashar al-Assad bilan muloqot qilishda davom etayapti, ammo ikkinchi tomondan Suriya muxolifati rahbarlari vaqti-vaqti bilan Turkiyada uchrashib vaziyat borasida maslahatlashmoqda”, deydi mutaxassis.

Vashingtondagi Brookings Instituti tahlilchisi Omar Toshpinarga ko’ra, barcha kamchiliklar va tanqidlarga qaramay hokimiyatdagi partiya baribir g’alaba qiladi.

“Ushbu saylovda  “Adolat va Taraqqiyot” partiyasi 45 foiz, muxolifatdagi “Jumhuriyat Xalq” partiyasi 30 foiz va “Milliyatchi Harakat” partiyasi 10 foiz ovoz olishi mumkin”,-  deydi u.

550 o’rinli parlamentda saylanish uchun kurdlar nomidan “BDP” tinchlik va demokratya harakati a’zolari mustaqil nomzodlar sifatida kurashmoqda.

 

http://www.voanews.com/uzbek/news/politics/Turkey-Elections-AK-123629259.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: