Turkiya saylovlarida Erdo‘g‘anning partiyasi “super aksariyat”ga erisha olmadi – bbc uzbek


13 iyun 2011

Turkiya Bosh Vaziri Rajab Toyib Erdo‘g‘an yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda g‘olib chiqib uchinchi muddatga saylanar ekan, muxolifat partiyalari bilan murosaga erishishni va’da qilgan.

Janob Erdo‘g‘anning Adolat va Taraqqiyot (AKP) partiyasi ovozlarning 50 foizini yig‘a olgan.

Mazkur ko‘rsatkich parlamentdagi 325 o‘ringa teng. Ammo, agar partiya 367 o‘rinni qo‘lga kiritib “super aksariyat”ga erishganida edi, u referendumsiz konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega bo‘lgan bo‘lardi.

Adolat va Taraqqiyot partiyasi endi konstitutsiyaga har qanday o‘zgartirish kiritish yo‘lida muxolifatning roziligi va dastagini olishi kerak bo‘ladi.

Partiya 2007 yilgi saylovlarda 331 o‘rinni egallagandi.

Janob Erdo‘g‘an yakkahokimlikda ayblanayotgan esada, bu saylovlarda g‘olib chiqishi kutilgandi.

Poytaxt Anqarada g‘alabani qabul qilib olar ekan, janob Erdo‘g‘an “odamlar bizga murosa va muzokaralar orqali yangi konstitutsiyani qurishimiz kerakligi haqida ishora berishdi” deb aytdi.

“Biz bosh muxolifat partiyasi, muxolifat va parlament tashqarisidagi partiyalar, matbuot, nohukumat tashkilotlar, ziyolilar, yoki biron fikrga ega har qanday shaxs bilan murosaga erishishga intilamiz”, dedi u.

Janob Erdo‘g‘an o‘z partiyasi boshqalar bilan birgalikda “jamiyatdagi barcha partiyalarni o‘z quchog‘iga oladigan fuqaroviy va erkin konstitutsiya”ni tuzishlarini aytdi.

U, shuningdek, Turkiya Yaqin Sharq va musulmonlar uchun g‘arbda ovoz bo‘lishini istashiga ishora qildi va o‘z g‘alabasidan bosniyaliklar, livanliklar, suriyaliklar va falastinliklar manfaat ko‘rishini aytdi.

“Ishoning, Istanbul qancha g‘olib chiqqan bo‘lsa, Saraevo ham shunday g‘alaba qozondi, Izmir qanday g‘alaba qozongan bo‘lsa, Bayrut ham shunday g‘alaba qozondi, Anqara qanday g‘olib kelgan bo‘lsa, Damashq ham shunday g‘olib keldi, Diyorbakir qanday g‘alaba qozongan bo‘lsa, Ramalloh, Nablus, Jenin, G‘arbiy Sohil va Quddus ham shunday g‘alaba qozondi”, dedi u.

Yakshanba kungi saylovlarda 50 million odam, ya’ni Turkiyaning 73 millionlik aholisining uchdan ikki qismi ovoz bergan. Turkiyaning NTV telekanali ovoz beruvchilarning 84,5 foizi saylovlarda qatnashganini xabar qildi.

Dunyoviy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi Jumhuriyat Xalq Partiyasi (CHP) 26 foiz ovoz yig‘ib, parlamentdagi 135ta o‘rinni qo‘lga kiritgan. U bu safar 23ta yangi o‘rinni egallay olgan.

Kurdlar huquqlarini targ‘ib etuvchi Tinchlik va Demokratiya partiyasi qo‘llab-quvvatlagan sharqdagi mustaqil nomzodlar ham yaxshi natijalarga erishishgan – ular 5,8 foiz ovozlarni yig‘ib, parlamentda 35ta o‘rinni egallay olishdi.

Turkiyadagi muxbirlarimizga ko‘ra, bu kurdlarning ko‘proq avtonomiya va kurd ozchiligining rasman tan olinishi yo‘lidagi hukumatga bo‘lgan bosimlarni yanada oshiradi.

Janob Erdo‘g‘anning Islomiy ildizlarga ega bo‘lgan Adolat va Taraqqiyot partiyasi 2003 yilda iqtidorga kelganidan beri kuchli iqtisodiy o‘sish va o‘ziga ishongan tashqi siyosatga boshchilik qildi.

Ishsizlik ham ozaygan – o‘tgan yil martida 14,4 foiz bo‘lgan ishsizlik darajasi bu yilning shu davrida 11,5 foizga tushgan.

Turkiya NATO a’zosi, hamda Ovro‘po Ittifoqiga a’zolikka nomzoddir.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/world/2011/06/110613_turkey_akp_victory.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: