Rossiya prezidenti O‘zbekistonga keladi – ozodlik.org


Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev (ch) va O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov, Toshkent, 11 iyun 2010 yil.

13.06.2011

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Dmitriy Medvedev 13 iyun kuni O‘zbekistonga ikki kunlik ishchi safarini boshlaydi.

Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedevning tashrifi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimovning taklifiga ko‘ra amalga oshmoqda.

Rossiya prezidenti O‘zbekistonga tashrif davomida ikki davlat o‘rtasida hamkorligini kengaytirish, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalarni muhokama qilishi kutilmoqda.

Rossiya O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkorlaridan biri hisoblanadi.

UzDaily.uz nashri ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yil O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi mahsulot ayirboshlash 55,9 foizga ko‘payib, 2010 yil birinchi choragida 823,3 million AQSh dollarini tashkil qilgan.

Joriy yilning birinchi choragida bu ko‘rsatkich 1 milliard 284 million dollarga etgan.

2011 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston tashqi savdosidagi Rossiyaning ulushi 22,4 foizni tashkil qilgan.

O‘zbekiston TIV ma’lumotiga asoslanib Regnum axborot agentligining bildirishicha, Rossiya O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida birinchi o‘rinda turadi.

2010 yil yakunlariga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi mahsulot ayirboshlash hajmi 6 milliard 377 million AQSh dollarini tashkil qilgan.

Ikki davlat o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlik 2004 yilda imzolangan Strategik hamkorlik haqidagi hamda 2005 yilda imzolangan Ittifoqchilik to‘g‘risidagi kelishuvlar asosida rivojlanmoqda.

Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev 10 iyun kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida qabul qilindi.

Axborot agentliklari xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida Rossiya Federatsiyasi prezidentining tashrifi bilan bog‘liq masalalar, shuningdek, xalqaro mavzudagi dolzarb masalalar muhokama qilingan.

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov 2010 yilning 19-20 aprel kunlari Rossiyaga rasmiy tashrif bilan bordi. So‘nggi 5-6 yil davomida O‘zbekiston va Rossiya rahbarlari oliy darajada 20 dan ziyod uchrashuvlar o‘tkazganlar.

Toshkentga tashrifidan so‘ng Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev Qozog‘iston poytaxtida 15 iyun kuni boshlanadigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari sammitida ishtirok etish uchun Ostonaga jo‘nab ketadi.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24232863.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: