Qobul Berdiev Ozarbayjonga boradi – ozodlik.org


O‘zbekiston mudofaa vaziri Qobul Berdiev (ch) germaniyalik hamkasbi Karl T. tsu Guttenbergni qarshi olgan payt, Toshkent, 14 aprel 2010 yil

13.06.2011

O‘zbekiston mudofaa vaziri Qobul Berdiev 13-16 iyun kunlari Ozarbayjonga safar qiladi.

O‘zbekistondagi rasmiy manbaga asoslanib Trend.az nashrining xabar qilishicha, O‘zbekiston mudofaa vaziri Ozarbayjon hukumatining qator rasmiylari bilan uchrashishi kutilmoqda.

Regnum axborot agentligi xabariga ko‘ra, Qobul Berdiev Ozarbayjon mudofaa vaziri Safar Abiev bilan so‘zlashuv chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi harbiy hamkorlikning hozirgi ahvoli va istiqbollari masalasini muhokama qiladi.

O‘zbekiston mudofaa vaziri Ozarbayjondagi harbiy qismlarni borib ko‘rishi, shuningdek, mamlakat harbiy sanoat kompleksi bilan yaqindan tanishishni rejalangan.

Qobul Berdiev Ozarbayjonga birinchi marta 2009 yilning mart oyida safar qilgan.

Tashrif davomida O‘zbekiston-Ozarbayjon o‘rtasida harbiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha shartnoma imzolangan.

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov 2009 yil noyabrida mazkur kelishuvni tasdiqlagan.

Ozarbayjon mudofaa vazirining 2010 yil noyabr oyi oxirida Toshkentga safari chog‘ida O‘zbekiston-Ozarbayjon o‘rtasida 2011 yilga mo‘ljallangan harbiy hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolangan.

Hozirga qadar O‘zbekiston va Ozarbayjon Respublikalari o‘rtasida yuzdan ortiq ikki tomonlama shartnomalar imzolangan.

Qobul Berdiev O‘zbekiston prezidentining 2008 yil 17 sentyabr kungi farmoniga muvofiq O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlangandi.

Ungacha Berdiev mudofaa vaziri o‘rinbosari, ayni paytda Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondoni lavozimida ishlagan.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24232859.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: