Prezident Medvedev O‘zbekistonga safar qilmoqda – bbc uzbek


13 iyun 2011

Samarqandda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan, ammo shaharliklar Prezident Medvedevning tashrifidan bexabar

Xabarlarga ko‘ra, Rossiya Prezidenti Dmitriy Medvedev O‘zbekistonga ikki kunlik ishchi tashrifini Samarqanddan boshlagan.

RBK xabar agentligi O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmatiga iqtibosan Samarqand aeroportida Prezident Medvedevni Prezident Karimov kutib olgani haqida xabar bergan.

Ammo O‘zbekistonning davlat xabar agentligi va Tashqi ishlar vazirligi janob Medvedevning Samarqandga etib borgani haqida rasman xabar tarqatganicha yo‘q.

Shuningdek, Kreml matbuot xizmati, Rossiya prezidentining veb sahifasi hamda Rossiyaning etakchi xabar agentliklari ham tashrif haqida sukut saqlamoqda.

Farg‘ona.ru nashrining o‘z manba’lariga tayanib bildirishicha, O‘zbekiston tomoni Moskvadan “ortiqcha jurnalistlar”ni taklif qilmaslikni so‘ragan.

Unga ko‘ra, Kremldagi jurnalistlarning ko‘pchiligi taklif etilmagan va janob Medvedevga ikki-uchta markaziy telekanallarning tasvirga olish guruhlari hamrohlik qilmoqda, xolos.

Farg‘ona.ru tashrif nihoyasida jurnalistlar uchun matbuot anjumani ham rejalanmaganini aytgan.

Samarqandlik huquq faoli Komiljon Ashurovning Bi-bi-siga aytishicha, yakshanba kunidan buyon shaharda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan, ammo samarqandliklar Prezident Medvedevning tashrifi haqida hech narsa bilishmaydi.

RBK xabar agentligiga ko‘ra, ikki davlat rahbarlari Samarqandda tarixiy obidalarni ziyorat qiladilar va keyinroq Toshkentda hukumat hay’atlari ishtirokidagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi.

Muzokaralarda ikki tomonlama aloqalar, mintaqadagi xavfsizlik va tomonlarni qiziqtirgan xalqaro masalalarning muhokama qilinishi kutilayapti.

Kreml matbuot xizmati va O‘zbekistonning O‘zA davlat xabar agentligi tashrifning Prezident Karimov tashabbusi bilan amalga oshayotganini tasdiqlagan.

Bu Dmitriy Medvedevning 2008 yilda prezidentlikka saylanganidan buyon O‘zbekistonga uchinchi tashrifidir.

Tashrif Rossiya navbatdagi prezidentlik saylovlari arafasida turgan va Putin-Medvedev tandemidan qaysi biri prezidentlikka nomzodini qo‘yishi qizg‘in muhokama qilinayotgan paytga to‘g‘ri kelmoqda.

2008 yilda Prezident Karimov joriy bosh vazir Putinni prezidentlikda qolish haqida ogohlantirgandi.

Rossiyalik ayrim tahlilchilarga ko‘ra, bu Dmitriy Medvedevning nafsoniyatiga tekkan bo‘lishi mumkin.

Ikki rahbar orasidagi munosabatlar Putin va Karimov o‘rtasida bo‘lgani qadar mustahkam emasligi aytiladi.

O‘zbekistondan so‘ng Prezident Medvedev Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Ostonadagi sammitida ishtirok etadi.

Prezident Karimov ShHTning yubiley sammitida ishtirok etib-etmasligi hozirga qadar rasman tasdiqlanmagan.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2011/06/110613_cy_medvedev_uzbekistan.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: