Prezident Karimov kuch tizimlari uchun mas’ul maslahatchisini ishdan bo‘shatgan – bbc uzbek


13 iyun 2011

‘Prezident Karimov kuch tizimlaridagi rahbarlarni tez almashtirmaydi’

O‘zbekistonning hukumat doiralariga yaqin “Uzmetronom” veb sahifasining hukumatdagi manbalarga iqtibosan xabar berishicha, o‘tgan juma kuni prezidentning huquq-tartibot, xavfsizlik va kuch tizimlari faoliyatini muvofiqlashtirish uchun mas’ul davlat maslahatchisi Muyidjon Tohiriy o‘z vazifasidan bo‘shatilgan.

Prezidentning yangi davlat maslahatchisi etib O‘zbekiston adliya vaziri Ravshan Muhiddinov tayinlangan.

“Uzmetronom”ga ko‘ra, Adliya vaziri lavozimiga hozircha hech kim tayinlanmagan.

Bu haqda Regnum xabar agentligi ham o‘zining hukumatdagi manba’siga tayanib, xabar bergan.

Uzmetronomning aaxboroticha, general-mayor Muyidjon Tohiriy davlat maslahatchisi lavozimiga o‘tgan yil sentyabrida tayinlangan edi.

Bunga qadar u Prezident huzuridagi Milliy Xavfsizlik Kengashi kotibi va Milliy Xavfsizlik Xizmati raisining o‘rinbosarlari lavozimlarida ishlagan.

Uzmetronom Prezidentning kuch tizimlari bo‘yicha maslahatchisi lavozimini hozirga qadar maxsus xizmatlar vakillari egallab kelganiga e’tibor qaratgan.

Prezident devoni mulozimlari ko‘pincha Prezidentning ichki farmoyishi bilan tayinlanadi va matbuotda e’lon qilinmaydi.

‘Qudratli maslahatchilar’

O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va xalqaro tadqiqotlar institutining sobiq xodimi Kamoliddin Rabbimovning aytishicha, Prezident Karimov kuch tizimlaridagi yuqori lavozimli kadrlarni tez o‘zgartirmaslikka harakat qiladi.

“Chunki ularning qo‘llaridan juda ham muxim axborotlar o‘tadi”, – deydi tahlilchi.

Uning fikricha, janob Tohiriyning ishdan olinishi Prezident Karimovga yoqmagan yoki uni qoniqtirmagan jiddiy holat bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Kamoliddin Rabbimovning so‘zlariga ko‘ra, xavfsizlik va kuch tizimlari uchun mas’ul davlat maslahatchisi kadrlarni lavozimga tayinlash vakolatiga ega emas, ammo u yoki bu shaxs haqida Prezidentning tasavvuri shakllanishida muhim rol o‘ynaydi.

“U o‘zi istagan axborotni Prezidentga kiritishi yoki kiritmasligi mumkin. O‘zbekistonda Prezident atrofidagi qudratli maslahatchilarning vazifalari ko‘pincha shundan iborat”,- deydi Kamoliddin Rabbimov.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2011/06/110613_cy_karimov_adviser.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: