Erdo‘g‘on partiyasi yana g‘olib – ozodlik.org


Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyyib Erdo‘g‘on rafiqasi Emine xonim bilan, Anqara, 2011 yilning 12 iyuni

13.06.2011

Turkiyada o‘tkazilgan parlament saylovida Adolat va taraqqiyot partiyasi uchinchi marotaba g‘alabaga erishdi.

Dastlabki natijalarga ko‘ra, Bosh vazir Rajab Toyyib Erdo‘g‘on etakchiligidagi partiya 550 o‘rinli parlamentda 326 ta o‘rinni egallaydi. Bu Adolat va taraqqiyot partiyasiga bitta partiya vakillaridan iborat hukumat tuzish imkoniyatini beradi.

Ovozlarning 99 foizidan ortig‘i sanab bo‘linganida, TRT televideniesi xabariga ko‘ra, Erdo‘g‘on partiyasi saylovchilarning 50 foiz ovozini qozongani, Respublikachi xalq partiyasi 26 foiz va Millatchi harakat partiyasi 13 foiz ovoz olgani ma’lum bo‘ldi.

Saylovning dastlabki natijalari e’lon qilinganidan keyin Bosh vazir Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘z saylovchilariga qo‘llov uchun tashakkur izhor qildi.

– Bu saylovda Turkiya g‘alaba qozondi, demokratiya va xalq irodasi ustun keldi, – dedi Adolat va taraqqiyot partiyasining Anqaradagi shtab-kvartirasi oldida yig‘ilgan o‘z tarafdorlari oldida so‘zlagan Erdo‘g‘on.

Turkiyadagi parlament saylovlarida 15 ta siyosiy partiya va 203 nafar mustaqil nomzod ishtirok etdi. Parlamentga kirish uchun siyosiy partiyalar 10 foizli to‘siqdan o‘tishlari lozim edi. Bu to‘siqdan faqat yuqorida nomlari zikr etilgan uchta partiyagina o‘ta oldi. Shuningdek, dastlabki natijalarga ko‘ra, Turkiya parlamentiga kurd milliy ozchiligi vakillari bo‘lmish 20 dan ziyod mustaqil nomzod kirishi kutilmoqda.

Ayni paytda yakshanba kuni Turkiyada o‘tgan parlament saylovlarida Adolat va taraqqiyot partiyasi konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun parlamentdagi o‘rinlarning uchdan ikki qismini (330 o‘rin) egallashga muvaffaq bo‘lolmadi. Shu bois hukmron partiya endilikda o‘ziga ittifoqchi izlashiga to‘g‘ri kelishi aytilmoqda.

Hukmron partiya tomonidan taklif etilayotgan konstitutsiya loyihasida Turkiyani prezident boshqaruvidagi mamlakatga aylantirish, ayollarning davlat idoralari va oliygohlarda ro‘mol o‘rab yurishiga ruxsat berishni ko‘zda tutuvchi moddalar bor.

Bu loyihani umumxalq referendumiga olib chiqish uchun etarli ovoz yig‘olmagan Adolat va taraqqiyot partiyasi vakillari endilikda mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritilishiga erishish uchun boshqa partiyalar vakillarini o‘z tomoniga og‘dirishga umid qilayotganlarini aytmoqdalar.

Adolat va taraqqiyot partiyasi vakillari poytaxt Anqarada g‘alaba nash’asini surayotgan bir paytda boshqa partiyalar vakillari saylov natijalaridan norozi bo‘lib namoyishga chiqdilar. Turkiya janubiy-sharqida o‘tkazilgan ana shunday ommaviy norozilik namoyishi politsiya tomonidan suvotar moslamalar va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz yordamida tarqatildi.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24233023.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: