Erdo‘g‘on partiyasi g‘olib, ammo mutloq ko‘pchilik emas – ozodlik.org


Adolat va Taraqqiyot partiyasi o‘z etakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘onning siyosiy jozibasi tufayli g‘alaba qozondi, demoqda tahlilchilar.

13.06.2011

Abdulla Iskandar

Turkiyada parlament saylovi dastlabki natijalari ochiqlandi. Saylovda iqtidordagi partiya ko‘p ovoz qozonga bo‘lsa-da, partiya lideri Rajab Toyib Erdo‘g‘on konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish va pirovardida prezident lavozimini egallash imkoniniga erisholmadi. Adolat va Taraqqiyot partiyasi qozongan 49,9 ovoz konstitutsiyaga o‘zgartish kiritishga etmaydi. 13 iyun oqshomgacha bo‘lgan ma’lumotga ko‘ra, Jumhuriyat Xalq partiyasi 25,9 foiz ovoz olgan. Milliy harakat partiyasi esa 13 foiz. Mustaqil nomzodlar esa 5,9 foiz olib, parlament saylanish uchun zarur bo‘sag‘adan o‘ta oldi.

Agar bu raqamlarni parlamentdagi kursilar soniga o‘girsak, mana bunday manzara chiqadi: Adolat va Taraqqiyot partiyasi parlamentda 326 o‘rin, Jumhuriyat Xalq partiyasi 135 o‘rin, Milliy harakat partiyasi 53 o‘rin va mustaqil deputatlar 36 o‘ringa ega bo‘ldi.

Saylovda Turkiyaning 74 million aholining 50 million saylovchisidan 84 foizi ishtirok etgani mamlakatdagi siyosiy faollik daragi sifatida ko‘rildi. Saylovchilar orasida yoshlar va ayollar ko‘pchilikni tashkil qildi. Ulardan biri Tug‘li ismli qiz saylovda ishtirok etganidan baxtiyor ekanini aytar ekan, hayajonini yashira olmadi.

– Juda ham baxtliman. Vatanga, millatga xayri bo‘ladi inshoolloh. Hissiyotlarimni tushuntira olmayman,- deydi Tug‘li ismli qiz.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yangi parlamentda 80ga yaqin ayollar deputatlik maqomiga ega bo‘lishgan. Deputatlar orasida nasroniylar, shou biznes vakillari ham borligi aytilmoqda.

Saylovchilarning yarmi bir partiyaga ovoz berar ekan, bu haqda boshqa partiyalar o‘z tanasiga o‘ylab ko‘rish kerak, deydi Yujal ismli saylovchi.

– Turkiyaning yarmi bu pariyaga ovoz bergan ekan, bu haqda o‘ylab ko‘rish kerak. Juda ham baxtiyorman. Bu o‘zi oldindan ma’lum narsa edi,- deydi Yujal.

O‘z partiyasi binosi balkonidan turib saylovchilarni qutlagan Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyib Erdo‘g‘on, berilgan ovozlar mamlakat konstitutsiyasini boshqalar bilan birga o‘zgartirish imkonini berdi, deb ta’kidladi.

Adolat va Taraqqiyot partiyasi qozongan 49,9 ovoz konstitutsiyaga o‘zgartish kiritishga etmaydi, deydi Ozodlik bilan suhbatda Qo‘ch universiteti professori Temur Xo‘ja.

– Bunda istagan qonun loyihalarini Konstitutsiya uchun kerakli qonun moddalari o‘zgarishlarini yakka qila olmaydi. Bunda muxolifat partiyalarining ham ovoziga muhtoj bo‘lib qoldi. Shu sababdan agar bu nuqtai nazardan olsak, Bosh vazir Erdo‘g‘on ko‘zda tutayotgan o‘zgarishlar, chunki u Turkiyaga prezidentlik tuzumini, sistemasini olib kelishni istaydi Amerikada bo‘lganiday. Demak, buni qila olmaydi hozir. Chunki bunga boshqa partiyalar qarshilik ko‘rsatmoqda. Chunki diktaturaga yo‘l qo‘yiladi bunday prezidentlik tuzumida,- deydi Temur Xo‘ja.

Ayni paytda Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Turkiya tarixida ketma-ket uchinchi marta saylovda g‘alaba qozongan ikkinchi partiya lideri o‘laroq keldi, deydi avvalgi saylovlarda “Ona vatan” partiyasidan deputat bo‘lib Turkiya Davlat vaziri bo‘lgan Ahad Andijoniy.

– Bu ikkinchi. Adnan Menderes hukumati davrida ham bo‘lgan 1950da. 1950, 1954 va 1957da uch marta saylangan.

Ozodlik: Bu nimani bildiradi?

– Xalq qo‘llab-quvvatlayapti,- deydi asli o‘zbekistonlik sobiq Turkiya davlat vaziri.

Ahad Andijoniy  Erdo‘g‘on partiyasining yutug‘iga mamlakatdagi islomiy tuyg‘ularning oshishi sabab bo‘ldi, deb qaraydi va erta-indin bu hayajonlar so‘nib, oddiy iqtisodiy muammolar o‘rtaga chqiar ekan, xalq irodasi o‘zgarishi hech gap emas, deydi.

– Hozir Turkiyaning taqriban 600 milliard dollarga erishgan bir qarzi bor. Oxirgi 8 yil ichida 200 milliard dollardan ustiga 100da 200 foiz qo‘shib, 600 milliard dollarga chiqargan. Har yil ko‘payayapti. O‘tgan yil 48 milliard dollar bo‘lgan edi. Bu yil 68 milliard dollar bo‘lishi aytilayapti. Bular hammasi sekin-sekin bir nima bo‘lib portlab ketganda, iqtisodiy ma’noda 2000 yilda bo‘lganiday xalq undan keyin bir kunda ko‘zini bekitib qoladi,- deydi Ahad Andijoniy.

Qo‘ch universiteti professori Temur Xo‘ja  esa Turkiyadagi saylovchilarning yarmi Erdo‘g‘on jozibasi uchun ovoz berdi degan fikrda.

– Demak, uning shaxsiy jozibasi bor. Siyosatda ko‘p kishiga uning shaxsi, gapirish uslubi yoki qilgan harakatlari yoqayapti. Turk xalqi demak rahbar kishidan joziba axtaradi. Demak, u kishida bu joziba bor. Boshqa muxolifat partiyalari esa albatta bunday jozibali rahbarlarni bu saylovda oldinga keltira olmadi,- deydi Temur Xo‘ja.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24233618.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: