Xalq harakati g‘ildiragiga cho‘p suqayotgan kim? – pona.uz


Iyun’ 12th, 2011

Bugun shunday kunlar keldiki, o‘zbek muxolifatida buyuk shijoat uyg‘ondi – O‘XX tuzildi, unga turli o‘zbek siyosiy guruxlar qo‘shila boshladi, ammo ertasiyoq unga karshi xurujlar ham boshlandi. Shunday iddaloarning davomi tarzida yangragan 11 iyun kuni internetda chop qilingan janob Boymatovning intervyusini eshitib, unga javob berishim lozim deya o‘yladim.

Hayotning achchiq yo‘laklarida yurib, bir sabablar bilan siyosatdan chetda qolgan bo‘lsamda, vatandagi va xorijdagi vatandoshlarimizning harakatlarini kuzatib turdim. Arab davlatlari va MDH davlatlaridagi zamonaviy inqiloblar shamollariga havas bilan qaradim.

Ishtirokimdan tashqarida tuzilgan O‘zbekiston Xalq Harakatini ayni shu shamollarga hamohang bir jabha ekanligini angladim. Biroq, hurujlar ham o‘ziga yarasha… Shularning biri otdan tushsayam egardan tushmayotgan huquq himoyachisi Abdujalil Boymatovning tuzilgan yangi jabhaga to‘siq bo‘lishga mantiqsiz urinishlaridir.

Janob Boymatov, Siz jurnalist Ulug‘bek Bakirovga bergan o‘z intervyungizda meni O‘IHJ prezidentligiga kayta saylashlari kerak, deyapsiz olib borgan ikki yillik faoliyatingiz faqat fisqu fasod bo‘lsa sizni kim kayta saylaydi deb o‘ylaysiz? Sizga ikki yil muqaddam ishonch bildirgan insonlarning ishonchini oqlamaganligingiz natijasi bugun tashkilotingiz harakatlaridan ko‘rinib turibti.

Bundan tashqari odatda tashkilot rahbari “qayta saylanmaydi”, balki ochiq yoki yopiq saylov asosida boshqa nomzodlar qo‘yilib saylov o‘tkaziladi.

Xammaga shu o‘rinda sizga xam ma’lumki sizning muddatinggiz, o‘zingiz tan olganingiz kabi 6 mayda tugashi kerak edi. Fisku fasodga kuch berish o‘rniga kongressni tashkil etganingizda, bugungi kunda kimlarnidir ayblamasdingiz.

Bunday saylov o‘tkazilmaganiga, va saylovning orqaga surilayotganiga dunyoda “Etar”, va boshqa turli tashkilotlar tuzilgani bois vaqt bo‘lmaganini vaj qilib ko‘rsatibsiz…

Sizmi edingiz ularni tuzgan, vaqtingiz bo‘lmabdi, degan savol tug‘iladi. Ey.. xa… uzr masalani bir tomonini men g‘ofil banda anglamabman. Axir sizning egangiz diktator Karimovku, axir uning uslubiku mantiqsiz baxonalarni sabab qilib ko‘rsatib bu kabi saylovlarni keyinga surish.

Sizning ba’zi chiqishlaringizga qoyil qolib kelaman, tan berish kerak shallaqilingizga, ammo “O‘g‘ri bo‘l, g‘ar bo‘l insof bilan bo‘l” degan naql xam xalqimizda bor.

Intervyu beryapman deb nimalarni vaysayapsiz, o‘zingiz bir bor qayta eshitib ko‘ring Tashkilot biror harakatga to‘liq ko‘shilib ketmasligi kerak, deyapsizu o‘zingiz feysbukda va boshqa saytlarda birdamlik faoli bo‘lib olgansiz, yo‘qsa nega feysbugdagi avatar nishoningizda “Birdamlik” tamg‘asi aks etgan. Birdamlik bayrog‘i oldida nima teriyapsiz? Nima, tashviqot qilishga O‘IHJning o‘z ramziy belgisi yo‘qmi? Yoki tashkilot raxbariga xamma narsa mumkinu a’zolarga mumkin emasmi?

Faol a’zolargina hamma narsani hal qiladi deyabsiz, u holda boshqa a’zolar nega sizning tashkilotga a’zo bo‘lishgan? Yoki ikki gapning birida demokratiya deb so‘zlashingiz va yozishingiz xammasi xo‘ja ko‘rsingami?

Unutmang, bugun O‘XX ni M. Solih tarafdorlari tuzmadi, aksincha ayrim Muhammad Solihga qarshi hamda, xayrixox bo‘lgan tashkilotlar va shaxslar ham bugun shu narsani anglab etdilarki kuch xamkorlikda va birlikda, shu bois har qanday ambitsiyalardan kechib Xalq xarakatini tuzdilar va ko‘pchilik ovoz bilan o‘zlariga Muhamad Solihni yo‘lboshchi etib sayladilar.

Bilmasangiz bilib qo‘yingki, bugun O‘XX tuzilganini eshitgan nafaqat o‘zbeklar balki O‘zbekistonda yashaydigan boshqa barcha millatlar ertami kechmi shu O‘XX Karimov rejimiga barxam beradi degan umid bilan kelajakka karamokdalar.

O‘HH O‘zbekistondagi barcha boshqa siyosiy, diniy, irqiy, shaxsiy va guruhlarning ichki ambitsiyalaridan tashqarida tuzildi. Shu bois O‘XXga qarshi harakat qilgan xar bir insonni Xalq va Millat hoini deya atash mumkin. zamonlar keladi avlodlar la’nat bilan Xalq xarakatiga qarshi turganlarni yod olishadi.

Do‘st Nazar, Ponauz.com

 

http://ponauz.com/archives/1240

 

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: