Qozog‘istonda hibs qilingan 4 qochqin ayol qo‘yib yuborildi – ozodlik.org


10.06.2011

Barno Anvar

Qozog‘istonda huquq-tartibot idoralari noma’lum manzilga olib ketgan to‘rt ayol qo‘yib yuborildi.

Ular 9 iyun kuni O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan 29 o‘zbek qochqini himoyasini so‘rab, Olmaota shahar prokuraturasiga borgan kezda militsiya xodimlari tomonidan zo‘rlik bilan, kuch va qiynoq qo‘llanib avtomobilga chiqarib, olib ketilgan edi.

Yuklab olish

O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan 29 qochqindan birining rafiqasi Umidaning Ozodlikka aytishicha, bu ayollar bir necha soat Olmaota shahridagi tumanlardan birining Ichki ishlar bo‘limida saqlangan va keyin qo‘yib yuborilgan.

Umidaning so‘zlariga ko‘ra, diniy ayblovlar bilan O‘zbekiston tomonidan ta’qib qilingan va 9 iyun kuni O‘zbekistonga berib yuborilgan 29 qochqinning Olmaotada qolgan ayollari va farzandlari endilikda, jilla qursa, o‘zlari uchun himoya so‘rab, dunyo jamoatchiligiga murojaat qilmoqda.

– Ayollar BMT Qochqinlar bo‘limi vakolatxonasiga borishgan. Erlarining nima sababdan deport qilinayotganining sababini bilishmoqchi bo‘lishgan. U erda ularni hech kim kutib olmagan. Ular bilan hech kim uchrashmagan. Keyin qochqinlik tashkilotidan chiqishganda shahar prokuraturasiga borishgan. Shahar prokuraturasida ekstraditsiya ishlari bilan shug‘ullanuvchi prokuror o‘rinbosari Tashkenboy Abubakirov bilan uchrashmoqchi bo‘lishgan. Lekin Abubakirov ularga qarshi chiqmagan. Keyin ayollar turaverishgan. 12tacha ayol u erda turaverishgan. Ketishmagandan keyin militsiya formasi kiygan politsiya xodimlari ayollarni mashinaga bosib olib ketishgan. Qaerga olib borishganini u ayollarning o‘zi ham haligacha bilishmaydi. Lekin aytishlari bo‘yicha rayon RUVDsiga olib borishgan. Ular ozgina ushlab turishganda, keyin “Bo‘ldi. Bizlar seni O‘zbekistonga olib ketayapmiz” deb aytishgan. Lekin yarim yo‘lda tashlab ketishgan.

Ozodlik: Ularga nisbatan qiynoqlar qo‘llanilganmi?

– Yo‘q. Unaqa savol-javob, so‘roq bo‘lmagan. Ular olib ketishayotgan paytda hatto ro‘molidan tortib, sudrab, hatto urishgacha borishgan ekan.

Ozodlik: Bu ayollar bugun hech qayoqqa chiqishmayaptimi?

– Bugun ba’zi ayollar BMTga qabulga yozilishgan edi. Jalolova Shahlo degan ayol ertalab 9.30ga borgan. “Mana erlarimizni berib yubordinglar. Endi sizlar ayollarni himoya qilasizlarmi?” deb Olga Kimdan so‘ragan. U aniq javob bermagan. “Qozog‘iston hukumatidan bizning ofisimizga xat keldi. Xatda yozilishicha, ular ayollar va bolalarga tegmaymiz deb aytishgan” debdi Olga. Bu erda ko‘pchilik ayollarning hozir registratsiyasi yo‘q. “Ular xohlagan paytda uyimizdan olib ketib qolishi mumkinku” degan savoliga ofis xodimi hech qanaqa javob bera olmagan.

Ozodlik: Ekstraditsiya qilingan erkaklarning soni 28tami 29tami degan noaniqlik bo‘layapti. Kecha necha kishini ekstraditsiya qilishgan edi?

– Hozir shu haqda gaplashgan edik. Izolyatorga borishsa, ofitsialьno aytishgan.

Ozodlik: Ya’ni 29 kishini berib yuborgan.

– 29 kishi edi.

Ozodlik: U 29taning ichida sizning yaqinlaringiz yo‘qmi?

– Mening turmush o‘rtog‘im bor.

Ozodlik: Farzandlaringiz bormi sizni?

– Bor. To‘rtta farzandim bor.

Ozodlik: Qanday tirikchilik qilayapsizlar?

– Bugun Qizil yarim oy jamiyatidan 27 ming tanga pul olib keldik.

Ozodlik: Etib turibdimi shu? Kuno‘targa etayaptimi?

– Yo‘q, bu yarim oyga ham etmaydi. Eyish-ichishingizga ham etmaydi. Oldin Qizil yari oy har holda ko‘proq pul ajratardi. Bir oylik eb-ichishimizga etardi. Undan u yog‘iga erkaklar ishlashardi. Uyga shunaqa qilib to‘lashardi. Hozir bu 27 ming tanga yashashimizga ham etmaydi,.

Ozodlik: Uyning egalari ahvolinglarni tushunib turibdimi?

– Ha, tushunishadi. Kimdir narxini arzonroq qilib berayapti, lekin kimlardir haydab chiqarayapti. Mayli endi bu kunlarga chidab turgan edikku, ularni berib yuborishgani yomon bo‘ldi.

Ozodlik: Hozir ularni qayoqqa olib borishganidan bexabarsizlar-a?

– Ularni samolyotda olib ketishgan. Birinchi bo‘lib SNBning qo‘liga tushishadida. SNBda bo‘lishsa kerak hozir.

Ozodlik: Endi u yoqda kimdir advokat bo‘lib yollanishi yoki ularning huquqini himoya qilishi mumkinmi? Biror-bir shunaqa harakatlar bormi O‘zbekistonda?

– Kecha qaynona, qaynotamga telefon qildim. Ularni xabardor qildim. Bugun harakat qilishgandir advokatga, deydi Umida.

9 iyun kuni Qozog‘istondan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan 29 o‘zbek qochqinidan biring rafiqasi bo‘lgan Umida 4 yosh go‘dagi bilan Olmaota shahrida himoyasiz qoldi va ayni kezda O‘zbekistonda noqonuniy berib yuborilgan qochqinlarning u kabi himoyasiz qolgan ayollari, farzandlari eng birinchi navbatda moddiy va shuningdek, huquqiy yordamga juda muhtoj ekanini aytmoqda.

Umidadan eshitganingizdek, turmush o‘rtoqlari hibsga olinganidan so‘ng bu qochqin oilalarga ijaraga uy bergan qozog‘istonliklaring ayrimlari himoyasiz ayollarni ijradan chiqarib yuborgani ham aytilmoqda.

Ayni paytda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi tarqatgan bayonotga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni ekstraditsiya qilingan qochqinlarning huquqlari kafolatlanishini va’da qilgan.

“O‘zbekiston tomoni “Qizil xoch”, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va qator boshqa xalqaro inson huquqlari tashkilot jazoni ijro etish muassasalariga bemalol kirib chiqish imkoniga ega va ularning (ekstraditsiya qilingan qochqinlarning-tahr.) huquqlari ta’minlanishini monitoring qilishlari mumkinligini va’da qildi”, deya ta’kidladi Qozog‘iston TIV matbuot vakili Ilьyas Umarov.

Andijon voqealaridan keyin xalqaro inson huquqlari tashkilotlarining barchasi O‘zbekistondan haydalgan. Bundan tashqari “Qizil xoch va qizil yarimoy jamiyati” jazoni ijro etish muassasalariga bemalol kirib chiqish imkoni borligiga oid ta’kidlar ham haqiqatdan yirq ekani aytilmoqda.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24230925.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: