Qozog‘iston Islomiy oziq-ovqat havzasini tuzish tashabbusi bilan chiqdi – bbc uzbek


11 iyun 2011

Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboev Islom dunyosida oziq-ovqat ta’minotini kafolatlash va taqchilligining oldini olish uchun musulmon davlatlari orasida maxsus havza tuzishni taklif qildi.

Janob Nazarboevga ko‘ra, yangi havza Birlashgan Millatlarning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotiga o‘xshash bo‘ladi.

Qozog‘iston rahbari, hatto, bu havzaga o‘zlari mezbonlik qilishlari mumkinligini ham bayon qildi.

Unga ko‘ra, mamlakatining oziq-ovqat eksport qilish salohiyati yil sayin kuchayib bormoqda.

Dunyodagi eng yirik g‘alla eksporterlaridan biri bo‘lgan Qozog‘iston bu yil 57 davlat a’zo Islomiy Konferentsiya tashkilotiga raislikni qabul qilib oladi.

Prezident Nazarboevning taklif etishicha, oziq-ovqat ta’minotini yaxshilashga qaratilgan tizim aynan ana shu tashkilot chahorcho‘bida ishlab chiqilishi lozim.

Qozog‘iston prezidenti bunga qo‘shimcha o‘laroq Saudiya Arabistonida joylashgan Islomiy Taraqqiyot Bankini o‘z ichiga oluvchi mintaqaviy jamg‘arma tuzish g‘oyasini ham o‘rtaga tashladi.

O‘tgan yili tabiiy ofatlar sabab Rossiya va boshqa g‘alla eksport qiluvchi davlatlarda bug‘doy hosilining yaxshi bo‘lmagani dunyo bo‘ylab oziq-ovqat narxlariga ta’sir etmay qo‘ymagandi.

Bu kabi holat qator arab davlatlarida kuzatilayotgan norozilik chiqishlariga undagan omillardan biri bo‘ldi.

Xalq g‘alayonlari Misr va Tunisda prezidentlarning qudratdan ketishlari bilan yakunlandi.

Qozog‘iston bu yil ham chetga olti million tonna va hatto, undan ham ortiqroq g‘alla sotishni ko‘zlayapti.

Bundan tashqari, o‘zining go‘sht sanoatiga yotirim kiritishni kuchaytirib, 2016 yilgacha mol go‘shti eksportini 60.000 tonnaga etkazmoqchi.

Ketma-ket takliflarining so‘nggisida esa, janob Nazarboev sarmoya imkoniyatlarini kuchaytirish uchun musulmon davlatlarining rivojlangan o‘nligini tashkil etish g‘oyasini ham ilgari surdi.

Qozog‘iston prezidentining urg‘ulashicha, musulmon davlatlari orasida ilmiy va texnologik innovatsiyalar sohasida chuqur hamkorlikka ehtiyoj bordir.

Ushbu guruhga kiruvchi davlatlarning imkoniyatlari qudratli moliyaviy havza yaratishga bemalol imkon beradi, deb aydi janob Nazarboev.

So‘nggi yillarda dunyo bo‘ylab oziq-ovqat mahsulotlari qiymatining izchil ravishda oshib borayotgani kuzatiladi.

Jahonning bir qator yirik xalqaro moliyaviy tashkilotlari esa, bu kabi holat Markaziy Osiyo davlatlarida ham millionlab kishilarni nochorlik girdobiga tashlashi mumkinligi bilan ogohlantirishgandi.

Ayni o‘rinda shuni ham ta’kidlash joizki, prezident Nazarboev har xil ittifoqlar tuzish taklifi bilan birinchi bor chiqayotgani yo‘q.

Qozog‘iston rahbari bundan bir necha yil burun Markaziy Osiyo Ittifoqi tuzish g‘oyasi bilan chiqqandi.

Ammo uning bu tashabbusi barcha mintaqa davlatlari tomonidan birdek ma’qullanmagandi.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/central_asia/2011/06/110611_cy_kazakh_nazarbaev.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: