Archive for June 12th, 2011

12/06/2011

Xalq harakati g‘ildiragiga cho‘p suqayotgan kim? – pona.uz

Iyun’ 12th, 2011

Bugun shunday kunlar keldiki, o‘zbek muxolifatida buyuk shijoat uyg‘ondi – O‘XX tuzildi, unga turli o‘zbek siyosiy guruxlar qo‘shila boshladi, ammo ertasiyoq unga karshi xurujlar ham boshlandi. Shunday iddaloarning davomi tarzida yangragan 11 iyun kuni internetda chop qilingan janob Boymatovning intervyusini eshitib, unga javob berishim lozim deya o‘yladim.

Hayotning achchiq yo‘laklarida yurib, bir sabablar bilan siyosatdan chetda qolgan bo‘lsamda, vatandagi va xorijdagi vatandoshlarimizning harakatlarini kuzatib turdim. Arab davlatlari va MDH davlatlaridagi zamonaviy inqiloblar shamollariga havas bilan qaradim.

read more »

Advertisements
12/06/2011

Qozog‘istonda hibs qilingan 4 qochqin ayol qo‘yib yuborildi – ozodlik.org

10.06.2011

Barno Anvar

Qozog‘istonda huquq-tartibot idoralari noma’lum manzilga olib ketgan to‘rt ayol qo‘yib yuborildi.

Ular 9 iyun kuni O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan 29 o‘zbek qochqini himoyasini so‘rab, Olmaota shahar prokuraturasiga borgan kezda militsiya xodimlari tomonidan zo‘rlik bilan, kuch va qiynoq qo‘llanib avtomobilga chiqarib, olib ketilgan edi.

Yuklab olish

O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan 29 qochqindan birining rafiqasi Umidaning Ozodlikka aytishicha, bu ayollar bir necha soat Olmaota shahridagi tumanlardan birining Ichki ishlar bo‘limida saqlangan va keyin qo‘yib yuborilgan.

read more »

12/06/2011

‘Qirg‘izistonda millatchilikka qarshi turadigan birorta ham siyosatchi yo‘q’ – bbc uzbek

11 iyun 2011

Nil Melvinga ko‘ra, Qirg‘izistonda boshqa millatlarning ovozi eshitilmayapti

Milliy nizolar bo‘yicha g‘arbdagi etakchi ekspertlardan biri Markaziy Osiyo hukumatlari va jahon hamjamiyatini 2010 yil iyunida Qirg‘iziston janubida yuz bergan qonli voqealardan saboq chiqarish haqida ogohlantirgan.

Stokgolmdagi Xalqaro Tinchlik Tadqiqotlari Institutining Qurolli ziddiyatlar va ziddiyatlarni boshqarish dasturi direktori Nil Melvinga ko‘ra, Qirg‘izistonda millatchilik kuchaygandan kuchayib bormoqda va bironta ham siyosiy rahbar unga qarshi turishni istayotgani yo‘q.

read more »

12/06/2011

Qozog‘iston Islomiy oziq-ovqat havzasini tuzish tashabbusi bilan chiqdi – bbc uzbek

11 iyun 2011

Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboev Islom dunyosida oziq-ovqat ta’minotini kafolatlash va taqchilligining oldini olish uchun musulmon davlatlari orasida maxsus havza tuzishni taklif qildi.

Janob Nazarboevga ko‘ra, yangi havza Birlashgan Millatlarning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotiga o‘xshash bo‘ladi.

Qozog‘iston rahbari, hatto, bu havzaga o‘zlari mezbonlik qilishlari mumkinligini ham bayon qildi.

Unga ko‘ra, mamlakatining oziq-ovqat eksport qilish salohiyati yil sayin kuchayib bormoqda.

Dunyodagi eng yirik g‘alla eksporterlaridan biri bo‘lgan Qozog‘iston bu yil 57 davlat a’zo Islomiy Konferentsiya tashkilotiga raislikni qabul qilib oladi.

read more »