Toshkentdagi Qirg‘iziston elchiligi qarshisida norozilik tadbiri uyushtirildi – bbc uzbek


10 iyun 2011

Toshkent militsiyasi Qirg‘iziston elchixonasi binosi ro‘parasida norozilik piketi uyushtirilishiga qarshi bo‘lgan

O‘zbekistonlik inson huquqlari faollari Toshkentdagi Qirg‘iziston elchixonasi qarshisida norozilik tadbiri tashkil etganlar, o‘tgan yili Qirg‘izistonning janubida ro‘y bergan xunrezliklarning aybdorlari jazolanishini talab qilganlar.

Qonli hodisalar boshlanganining bir yilligi munosabati bilan norozilik amaliyoti uyushtirilishi haqida O‘zbekistondagi “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati e’lon qilgan edi.

Toshkentdagi Qirg‘iz elchiligi binosi qarshisida yigirma nafar atrofida “Ezgulik” jamiyati a’zolari va boshqa faollar yig‘ilishgan.

“Bu tadbirdan maqsadimiz qonli hodisalarga bir yil to‘ldiki, xalqaro tekshiruvlar bo‘lib o‘tdiki, juda ko‘p mamlakatlar hukumatlari, parlamentlarida muhokamalar bo‘ldiki, hamon Qirg‘iziston hukumati bu voqealarga jiddiy baho bermadi. Aksincha o‘zining harakatsizligi va noqonuniy amallari bilan jinoiy guruhlarning harakatlarini qo‘llab-quvvatladi. Minglab o‘zbeklarning o‘ldirilgani, minglab o‘zbeklarning boshpanasiz qolgani, ayollarning zo‘rlangani, norasida go‘daklarning yoqib yuborilganiga javobgar hukumat idoralariga mansub bo‘lgan shaxslar ham javobgarlikka tortilmadi. Biz bunga o‘z noroziligimizni bildirdik”, dedi Vasila Inoyatova.

Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchixonasi mulozimi norozilik tadbiri ishtirokchilaridan ayrimlari bilan uchrashgan.

“Ezgulik” rahbari Vasila Inoyatovaning aytishicha, elchixona qarshisidagi amaliyotga O‘zbekistonning turli hududlarida yashaydigan faollar ham ishtirok etish niyatida bo‘lganlar, biroq O‘zbek huquq-tartibot organlari faollarning Toshkentga borishlariga izn bermaganlar.

Toshkent militsiyasi Qirg‘iziston elchixonasi binosi ro‘parasida norozilik piketi uyushtirilishiga qarshi bo‘lgan.

Faollarga ko‘ra, Toshkent militsiyasidagilar bu norozilik tadbiri O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi siyosiy munosabatlarga putur etkazishi mumkin, shu oyda Qirg‘iziston hay’atining Toshkentga borishi mo‘ljallangani va bu piket paytida “ayrim ekstremistik kuchlar biror narsa uyushtirishi mumkinligi”ni vaj qilib ko‘rsatishgan.

Lekin bunga qaramasdan, elchixona qarshisida norozilik amaliyoti uyushtirilgan, militsiya faollardan ayrimlarini Ichki ishlar bo‘limiga olib ketgan.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/central_asia/2011/06/110610_cy_kyrgyz_embassy_protest.shtml

 

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: