Toshkentda norozilik tadbiri O‘shda esa xotirlash kuni o‘tkazildi – jarayon.com


Shanba, 11 – Iyun 2011

Sahif Kotib

10 iyun’ kuni Toshkentda Qirg‘iziston elchixonasi qarshisida “Ezgulik” inson huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan norozilik piketi o‘tkazildi. Mazkur e’tiroz amaliyoti 2010 yil Qirg‘iziston janubida sodir etilgan etnik qirg‘inning bir yilligi munosabati bilan uyushtirilgan bo‘lib, unda huquq himoyachilari o‘zbeklarga nisbatan zo‘ravonliklar va milliy kamsitishlar bas qilinishi talab qildilar. Ma’lumotlarga ko‘ra, e’tiroz amaliyotida 20 nafar huquq himoyachisi, shu jumladan Ekspert ishchi guruhi a’zolari ham ishtirok etgan, tadbir elchixona qo‘riqchilaridan tashqari mahalliy militsiya xodimlari tomonidan kuzatib turilgan.

“Bu tadbirdan maqsadimiz qonli hodisalarga bir yil to‘ldiki, xalqaro tekshiruvlar bo‘lib o‘tdiki, juda ko‘p mamlakatlar hukumatlari, parlamentlarida muhokamalar bo‘ldiki, hamon Qirg‘iziston hukumati bu voqealarga jiddiy baho bermadi. Aksincha o‘zining harakatsizligi va noqonuniy amallari bilan jinoiy guruhlarning harakatlarini qo‘llab-quvvatladi. Minglab o‘zbeklarning o‘ldirilgani, minglab o‘zbeklarning boshpanasiz qolgani, ayollarning zo‘rlangani, norasida go‘daklarning yoqib yuborilganiga javobgar hukumat idoralariga mansub bo‘lgan shaxslar ham javobgarlikka tortilmadi. Biz bunga o‘z noroziligimizni bildirdik”, dedi Vasila Inoyatova VVS radiosiga bergan interv’yusida.

Norozilik piketi boshlanganidan ko‘p o‘tmay, elchixona ichidan chiqib kelgan vakil, e’tiroz amaliyoti ishtirokchilaridan ikki nafarini muloqot uchun ichkariga taklif qildi. “Ezgulik” jamiyati tomonidan tarqatilgan ma’lumotnomaga ko‘ra, elchixona ichida piket ishtirokchilari bilan elchining maslaxatchisi uchrashgan va avvaldan tayyorlab qo‘yilgan petitsiyani Qirg‘iziston rahbariyatiga etkazishni va’da qilgan.

Ayni shu payt, elchixona tashqarisida qolgan piket ishtirokchilari Mirzo Ulug‘bek tuman ichki ishlar bo‘linmasi xodimlari tomonidan maxsus avtobusga chiqarilib bo‘linmaga olib ketilgan. Oradan biroz vaqt o‘tgach piket ishtirokchilari nomidan elchixonaga kirgan qolgan ikki nafar e’tiroz amaliyoti ishtirokchilari ham militsiya bo‘linmasiga olib kelingan. Bu erda piket ishtirokchilari kechki soat 17:00 ga qadar ushlab turilgan va bu kabi e’tiroz chiqishlarini boshqa qaytarmaslik sharti bilan qo‘yib yuborilgan.

O‘zbek huquq himoyachilari elchixona yonida yig‘ilgan paytda, Qirg‘izistonning O‘sh shahrida mamlakat prezidenti Ro‘za O‘tinboeva va boshqa rasmiylar ishtirokida shaharning markaziy maydonida  “Onalarning ko‘z yoshi” monumenti ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu yodgorlik 2010 yilning iyun oyidagi voqealari paytida o‘z farzandlaridan ayrilgan, bir – birini quchoqlab, ko‘z yoshi to‘kayotgan o‘zbek va qirg‘iz onasi tasviridir.

“Azaldan birga yashab kelganmiz, bundan keyin ham birga yashash peshonamizga yozilgan. Yomonimizni yashirib, yaxshimizni aytib yashovchi elmiz. Hozir huquq-tartibot idoralaridan norozilik ko‘p. Halq: “Tergov jarayonlarida, sud tizimida haqiqat yo‘q”, deb aytmoqda. Bu masala Joqorg‘u kenesh, rahbarlar oldida turibdi. Tez orada biz barcha sudlarni almashtiramiz”, dedi marosimda nutq qilgan prezident Ro‘za O‘tinbaeva.

Bundan tashqari shu kuni Ozodlik radiosiga ko‘ra, O‘sh shahridagi masjidlarda Rossiya, Tojikiston va Qirg‘iziston muftiylari juma namozlarini o‘tkazishdi va o‘shliklarni millatlararo birdamlikka da’vat etishdi. Shaharning barcha mavzelarida esa quron o‘qilib, ehson marosimlari o‘tkazildi.

Avval xabar qilinganiday, Qirg‘iziston hukumati tomonidan qabul qilingan qarorga binoan, 10 iyun’ o‘tgan yilgi qonli voqealar qurbonlarini umumxalq xotirlash kuni deb e’lon qilingan.

http://www.jarayon.com/index.php?option=com_content&view=article&id=1416:2011-06-10-22-38-09&catid=54:habarlar&Itemid=70

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: