QO‘LLARIGA QALAM TUTGAN IBLISLAR… – yangifikr.com


Qudrat Bobojonov

Men odatda, xuddi tirnoqlar ostidan so‘rib chiqarib olingan kirga o‘xshash maqolalarga e’tibor bermayman. Lekin bu safar ana shunday maqolalarning biriga javob berishimga to‘g‘ri kelyapti, chunki bu balchiqnamo maqola, ochiqdan ochiq va namoishkorona tirnoq ostidan so‘rib olingan.

O‘zini mustaqil siyosatshunos deb atagan qandaydir Rustam Xamroev degan kimsa,  B.Chorievning shu kabi iflos maqolalar bilan to‘la blogida, bir narsa chop etibdi. Bu kimsa u erda “Yaqinda Berlindagi Maritelь mexmonxonasida, men mexmon sifatida qatnashigimga to‘g‘ri kelgan, “O‘zbekiston xalq harakati”ning sьezdi bo‘lib o‘tdi” deb yozadi.

O‘sha qurultoyda, bir birini yaxshi taniydigan 55-60 nafarga yaqin odam ishtirok etdi va u erda kishi bilmas xolatda kimdir qatnashishi mumkin emas edi.

Agar bu kimsa anjumanda mexmoni sifatida qatnashgan bo‘lganida, o‘sha mexmonxonaning nomi “Maritelь” emas, “Novotel” ekanligini bilgan bo‘lardi. Bu uning yolg‘onini boshlanishi, lekin, asosiysi bu emas.

Asosiysi, bu kimsa, o‘zi mexmon sifatida ishtirok etgan qurultoy qatnashchilarining xammasini “siyosiy foxishalar, soxta demokratlar, fashitlar, demaoglar, islom terroristlari va xakazolar”, qurultoyni esa, “to‘da” va “jinoiy gurux” deb ataydi.

R. Xamroev degan bu kimsaning bezbetligi chegara bilmaydi. U men xech qachon aytmagan gaplarni, mening nomimdan yozadi.

Qatnashchilarining taklifi bilan men Qurultoyning birinchi qismini boshqardim va barcha tomonlarga o‘z fikr va muloxazalarini aytish uchun imkon berdim. Qarama qarshi tortishuvlar bo‘ldi. Bu tabiiy edi, chunki anjumanga o‘zbek muxolifatining turli guruxlaridan vakillar chaqirilgan edi. M. Abutov skiper etib saylangach, xamma chiqishlar reglament bo‘yicha, demokratik tarzda bordi. Skiper yaxshi ishladi va xamma guruxlar bir to‘htamga kelishdi.

Qurultoy yakunida, mutloq demokratik usulda, O‘zbekiston xalq harakati muassislar yig‘ini raisi lavozimiga saylangan Muxammad Solix janoblari, O‘XHni ochiqdan ochiq qullab quvvatlagan Bundestag deputati bilan uchrashdi.

Va shu zaxotiyoq….O‘zbekiston Xalq harakatiga qarshi razolat va ifloslik toshlarini otila boshlandi. O‘zbekiston Milliy Xavfsizlik xizmati (MXH) boshchiligidagi, muxolifat dushmanlarining to‘dasi, xali qurultoy yakuniga etmasdan, o‘z maqolalarini tayyorlashdi. “Birdamlik xarakati” deb ataluvchi to‘daning sayti, fitnachilarning yagona minbari emas.

O‘zbekistonning MXH, anchadan buyon muxolifatni obro‘sizlantirish yo‘lida xizmat qilayotgan A. Po‘latov boshchiligida o‘nlab saytlarga ega. M. Zoxidov va Rizo Obid kabi qari fitnachilar xam ular atrofida g‘imirlashadi. Biroq, allaqachon or nomuslarini yo‘qotgan bu kimsalar, – ularning otalarini ag‘darish yo‘lidagi xarakatlarimizni yo‘qqa chiqara olishmaydi.

Kudrat Bobadjanov,

Ponauz.com jurnalisti.

10.06.2011

http://www.yangifikr.com/news/index.php?option=com_content&view=article&id=198:2011-06-10-08-27-11&catid=38:2011-02-08-07-19-47

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: