Noqonuniy – nohaqmi? – uzxalqharakati.com


June 10, 2011

Goho o‘zbek tilida ishlatib yurgan so‘zlarimizning mohiyatini anglamay qolamiz. Birdaniga tushuna olmay qolgan so‘zlarimizning aksari boshqa tillardan o‘zlashtirilgan bo‘lib chiqadi. Masalan: diktator (lotincha:dictator) so‘zini eshitiboq anglamasak, uning “o‘zinikini o‘tkazadigan” degan ma’nosini bilgach, o‘zlashtirib olamiz. Zolim (arab. ظﭑﻠﻢ) so‘zini “qon qaqshatuvchi”, “boshga qaro kunni soluvchi”, “tun qorong‘usidek …siquvga oluvchi” ma’nolari bilan kengroq his qilamiz.

Xalq bilan muloqot chog‘ida:

‑Noqonuniy – nohaqmi? – degan savolni berib qolishdi. Avvaliga oddiy savol so‘ralayotgandek va, hatto, o‘ta sodda narsa yorishtirilishi kerakdek tuyildi. Lekin, jiddiylashib savolga savol bilan murojaat qildim:

‑Qaysi jihati qiziqtirayotgan edi? Nimaga so‘rayapsiz?

‑Maqola va xabarlarda “O‘zbekistonning noqonuniy prezidenti Islom Karimov” degan so‘zlarni o‘qidim. Shunga, noqonuniy degan so‘zni “nohaq”, “haq emas”, “qo‘g‘irchoq hukumat” ma’nolarda tushunsa bo‘larmikan, deb o‘ylab qoluvdim.

‑Noqonuniy so‘zi nikoh, jinoyat, eksport‑import, kredit va h.k. o‘rinlarida ishlatiladi. Prezidentga nisbatan ishlatilsa, konstitutsiya nazarda tutilayotgan bo‘ladi. Masalan: O‘zbekiston konstitutsiyasidagi prezident bobiga nazar tashlasak, undagi

Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti bo‘lishi mumkin emas, so‘zlariga ko‘zimiz tushadi.

Ko‘ring:

XIX bob. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti

89-modda.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi.

90-modda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti bo‘lishi mumkin emas.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan etti yil muddatga saylanadi. Prezidentni saylash tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonuni bilan belgilanadi.

Shunga binoan, I.A.Karimov O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyada belgilangan qonunini buzib, surunkali uchinchi marotaba ham prezident bo‘lib olgani sababli, uni “noqonuniy prezident” nomi bilan atash paydo bo‘ldi.

Nohaq so‘zini gapiruvchiga nisbatan ishlatish hollari ko‘proq uchraydi. Xalq orasidagi: “Karimov qo‘l ostidagi ministrlarga qo‘pol tegar, ularning yuziga ruchka, stakanga o‘xshash narsalarni otib yuborar, uyat so‘zlar bilan haqorotlar, nohaq so‘zlarni gapirib obro‘sini tushirarkan”, ‑ degan so‘zlarning yurishini misol qilib keltirsak bo‘ladi.

Haq emas deb amaliga ham, so‘ziga ham ishlatsa bo‘laveradi. Masalan: “Karimov 1991 yil Moskvadagi Yanaevchilar to‘dasini qo‘llab qo‘yib, keyin Gorbachevga o‘zini oq qilib ko‘rsatdi. U bu ishi bilan printsipiallikda haq emas edi”, yoki “Karimov ichki ishlaridan foydalanib mamlakat ichida har xil po‘rtlatishalar, qotilliklar uyushtirib qo‘yib, haq emas so‘zlar bilan o‘zgalarni jinoyatchiga chiqaryapti”.

Qo‘g‘irchoq hukumat tushunchasi o‘zgalar tomonidan boshqarilayotgan hokimiyatga ishlatiladi. Masalan: “Karimov Qoraqalpog‘istonda o‘z qo‘g‘irchoq hukumatini o‘rnatib oldi”.

Aziz yurtdoshlar, juda ko‘p so‘zlarning mohiyatini xalqdan yashirayotgan, ommaga tushunarsiz so‘zlar bilan farmonlar chiqarayotgan, buyruq ichida qarama‑qarshi ma’noda ishlatish  mumkin bo‘lgan jumlalarni keltirayotgan va bularning oqibatida fuqarolar haq‑huquqlarini poymol qilayotgan diktator, O‘zbekistonning noqonuniy prezidenti Karimov va uning bir to‘da jinoyatchi guruhiga qarshi ongli fikrlashlikka o‘ting!  Tarixga nazar tashlasak, O‘zbekistonliklar hech qachon johil va yoki zolim shohga aldanuvchi bo‘lmagan! Shuning uchun ham farovon turmush kechirgan! Farofon turmushga hozir ham haqlimiz! Buning uchun O‘zbekiston Xalq Harakatiga birlashaylik! O‘z qadriyatimiz uchun o‘zimiz kurashaylik!

O‘zbekiston Xalq harakati ma’lumot tarqatish bo‘limi

 

http://uzxalqharakati.com/?p=243

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: