Human Rights Watch vakolatxonasini yopish qarori qabul qilindi – bbc uzbek


10 iyun 2011

Kennet Ross: Human Rights Watchni quvib solish bilan O‘zbekiston hukumati inson huquqlari sohasidagi tanqidga toqat qilmasligini namoyish etayapti

O‘zbekiston Oliy Sudi Adliya vazirligining Human Rights Watch tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasini yopish haqidagi so‘rovini qondirgan.

O‘zbekiston Adliya vazirligi inson huquqlarini himoya qilish xalqaro tashkiloti ustidan 2010 yil oxirida Oliy mahkamaga da’vo arizasi kiritgan.

Adliya vazirligiga ko‘ra, Human Rights Watchning Toshkentdagi vakolatxonasi vazirlikka talab qilingan hisobotlarni topshirmagan.

O‘zbekiston Oliy sudi Adliya vazirligi da’vosini may oyining oxirida ko‘rib chiqishga kirishgan, biroq sud majlisida xalqaro tashkilot vakili qatnashmagan.

Mahkama jarayonini kuzatishga o‘zbekistonlik inson huquqlari himoyachilari va Toshkentdagi xorijiy mamlakatlar elchixonalari diplomatlari borganlar, biroq majlisga faqat diplomatlar kiritilgan.

O‘zbekiston Adliya vazirligi da’vosi bo‘yicha ilk majlis 3 iyun kuni bo‘lib o‘tgan, keyingi majlis 13 iyunga mo‘ljallangani e’lon qilingan.

Biroq Human Rights Watch tashkilotining mahkamada manfaatlarini himoya qilgan toshkentlik advokat Sergey Mayorovning aytishicha, 9 iyun kuni soat 11 larda O‘zbekiston Oliy sudi mahkamani 9 iyun kuni soat 15 gacha ko‘chirgani haqida telegramma olgan.

Mahkamada prokuror Adliya vazirligi da’vosini qondirish, bu da’voni asossiz deb chiqayotgan Human Rights Watch vajlarini e’tiborsiz qoldirishni so‘ragan.

Mahkama hay’ati vazirlik da’vosini qondirish haqida qaror qabul qilgan, bu O‘zbekistondagi Human Rights Watch tashkiloti vakolatxonasining faoliyati rasman yopilishini anglatadi.

Huquqshunos Sergey Mayorovning aytishicha, mahkama qarori ustidan shikoyat bilan murojaat qilib o‘tirishga ehtiyoj yo‘qligi aytilgan.

Xalqaro inson huquqlari tashkiloti o‘zining Toshkentdagi vakolatxonasini 1996 yilda ochgan, 2007 yilda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Human Rights Watch tashkiloti vakiliga mamlakatda ish olib borish huquqini beradigan akkreditatsiyani bermagan edi.

2008 yil yozida xalqaro tashkilotning Toshkentdagi akkreditatsiyasiz vakili Igor Vorontsov O‘zbekistondan chiqarib yuborilgan.

O‘tgan yili Human Rights Watchning Toshkentga yuborilgan vakili Stiv Sverdlouning ikki oy mobaynida ruxsatnoma olishni kutishi va mamlakatdan chiqib ketishiga to‘g‘ri kelgandi.

Xalqaro tashkilotdan bildirishlaricha, bu Human Rights Watch tarixida ilk bor hukumat tomonidan ishchi idorasi faoliyatini to‘xtatishga majburlashdir.

“Human Rights Watchni quvib solish bilan O‘zbekiston hukumati inson huquqlari sohasidagi tanqidga toqat qilmasligini namoyish etayapti. Biroq biz ham bunga toqat qilmaymiz va avvalgidek O‘zbekistondagi inson huquqlari poymol etilishi haqida hisobot tayyorlayveramiz”, deb aytgan tashkilot ijrochi direktori Kennet Ross.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2011/06/110610_cy_hrw_uzbekistan.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: