HRW: Toshkentning qarori ishimizni to‘xtata olmaydi – ozodlik.org


10.06.2011

Barno Anvar

Oliy sud NRW tashkilotining Toshkentdagi idorasini tugatish haqida qaror qabul qildi.

Inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha nufuzli Numan Rights Watch xalqaro tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasini yopish bo‘yicha da’vo arizasi O‘zbekiston Adliya vazirligi tomonidan 2010 yilning dekabr oyida kiritilgan edi.

O‘zbekiston Oliy sudida tashkilot huquqlarini himoya qilgan advokat Sergey Mayorovga ko‘ra, 9 iyun kunduzgi soat 3 bo‘lib o‘tgan qisqagina mahkama chog‘ida Adliya vazirligi da’vosi qondirilgan va Numan Rights Watch xalqaro tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Mahkamada Toshkentdagi xorij elchixonalari va diplomatik korpusi vakillari ham ishtirok etgan.

Bunga qadar 3 iyun kuniga belgilangan dastlabki sud majlisi 13 iyunga qoldirilgan edi.

O‘shanda sud majlisiga qo‘yilmagan o‘zbekistonlik o‘nlab inson huquqlari faollari Oliy sud binosi yoniga yig‘ilib, mahkamaning ochiq o‘tishi va unga jamoatchilik vakillari kiritilishini talab qilgan edilar.

Sergey Mayrovoga ko‘ra, shunday shovqin-suronlar ostida qoldirilgan sud majlisining 9 iyun kunduzgi soat 3 ga ko‘chirilgani haqidagi xabar telegramma ko‘rinishida 9 iyun kuni kunduzgi soat 12 larda uning ishxonasiga kelib tushgan.

– Telegrammada sud majlisi 13 iyundan 9 iyunga ko‘chirilgani aytilgan va men sudga taklif qilingan edim.

Ozodlik: Agar siz idorada bo‘lmaganingizda sud majlisidan bexabar qolishingiz mumkinmidi?

– Yo‘q, ular mening mobil va idoradagi telefonimga ham bir necha bor qo‘ng‘iroq qilishdi. Ya’ni, ular mening sudda ishtirok etishimni astoydil hohlaganini bildirishdi.

Ozodlik: Sergey, nega sud majlisini boshqa kunga ko‘chirishdi?

– Buning sababini izohlashga ular majbur emas. Ammo, menimcha ortiqcha shovqin-suron va to‘palonsiz o‘tkazishni, majlisdan huquq faollarining bexabar qolishini istashgan bo‘lsa kerak, deydi O‘zbekiston Oliy sudida NRW tashkiloti huquqlarini himoya qilgan advokat Sergey Mayorov.

Tashkilotning Evropa va Markaziy Osiyo bo‘limi rahbari muovini Reychel DenberO‘zbekiston sudining bu mazmundagi qarori kutilgani va bu qarorni xalqaro huquqiy meyorlarga zid, deb hisoblashini aytdi.

– O‘zbekiston hukumati ancha vaqtdan beri NRW tashkilotining O‘zbekistonda ishlashini istamayotganini o‘z harakatlari bilan bildirib kelayotgan edi. Birinchidan, ular bizning vakillarimizni ishlash huquqidan mahrum etdi va natijada, bizni idoramizni yopishga majbur qilishdi.

Bundan tashqari, bizga sud majlisida ishtirok etish imkonini ham berishmadi. Butun boshli jarayonning o‘zi mutlaqo mantiqsiz bo‘ldi va o‘ylaymanki, O‘zbekiston hukumati idoramizni yopish haqida ancha vaqt oldin qaror qabul qilib bo‘lgan edi. Shuning uchun Oliy sudning bu mazmundagi qarori biz uchun kutilmagan bo‘lmadi, deydi NRW tashkiloti vakili Reychel Denber.

Tashkilotning O‘zbekistonga oid bundan keyingi faoliyati haqidagi savolga esa Denber: “Toshkentning qarori bizni harakatdan to‘xtata olmaydi”, deb javob berdi.

– Mana qancha vaqtdan buyon idoramiz yopiq. De-fakto biz O‘zbekiston ichida ishlamayapmiz. Ammo, bu vaqt oralig‘ida bizning O‘zbekistonga oid tadqiqotlarimiz, surishtiruvlarimiz to‘xtagani yo‘q. 2005 yildan so‘ng biz O‘zbekistonga oid ko‘plab hisobot va ma’lumotlarni chop etdik.

Dunyodagi yopiq davlat birgina O‘zbekiston emas. Xuddi boshqa davlatlarda bo‘lgani kabi bundan so‘ng ham ayni ruh va sur’atda ishni davom ettiraveramiz, dedi NRW tashkilotining tashkilotining Evropa va Markaziy Osiyo bo‘limi rahbari muovini Reychel Denber.

Human Rights Watchning Toshkentdagi vakolatxonasi 1996 yilda ochilgan va shundan so‘ng O‘zbekistondagi inson huquqlari vaziyatini kuzatib, tahlil qilib borgan edi.

2005 yil Andijon voqealaridan keyin rasmiy Toshkent bu tashkilot faoliyatiga o‘ta toqatsiz bo‘ldi va tashkilotning ikki vakili Oleg Vorontsov va Stiv Sverdlovga akreditatsiya bermadi.

2010 yilning dekabr oyida esa Adliya vazirligi vakolatxonani yopish to‘g‘risidagi ariza bilan Oliy sudga murojaat qildi va bu haqdagi xabarni 2011 yil mart oyiga kelibgina Human Rights Watch tashkilotiga ma’lum qilgan edi.

http://www.ozodlik.org/content/article/24230670.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: