“Ezgulik” qirg‘iz elchixonasini piket qildi – ozodlik.org


10.06.2011

Sadriddin Ashur

10 iyun kuni O‘sh qirg‘inining bir yilligi munosabati bilan Qirg‘izistonning Toshkentdagi elchixonasini piket qilgan 15 nafar inson huquqi himoyachilari hibsga olindi.

O‘sh qirg‘inining bir yilligi munosabati bilan “Ezgulik” jamiyati a’zolari Qirg‘iziston hukumatidan O‘sh qirg‘ini voqealariga xolisona baho berishni, aybdorlar jazolanishini talab qilib piketga chiqqan edilar.

“Ezgulik” jamiyati uyushtirgan piketga “O‘zbeklarga qarshi genotsid to‘xtatilsin!”, “Qirg‘izistondagi insoniyatga qarshi jinoyatlar jazolansin!”, “Muvaqqat hukumat javobgar!”, “O‘zbekdan qo‘lingni tort!!!” mazmunidagi plakatlar olib chiqildi.

Shuningdek, piket ishtirokchilari plakatida “Azimjon Asqarovga ozodlik!” degan yozuv ham bo‘lgan. Qirg‘izistonlik inson huquqi himoyachisi Azimjon Asqarov Qirg‘iziston sudi tomonidan iyun’ voqealarida ishtirok etganlikda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan, biroq bu hukm yuzasidan shikoyat qilingan appelyatsiya sudi hali nihoyasiga etgani yo‘q.

O‘zbekiston hukumatining bu mudhish kunni xotirlashni unutgani etmaganiday, yana piket ishtirokchilariga bunday munosabat qilayotgani xunuk ish bo‘ldi,- deydi piket tashkilotchisi “Ezgulik” jamiyati rahbari Vasila Inoyatova:

– Albatta, hozir mana shu talablarimiz uchun O‘zbekiston hukumati bizga ko‘rsatgan munosabati juda nohaq bo‘ldi. Endi masalan O‘zbekiston prezidenti Qirg‘izistondan 200 ming  odamning hayotini saqlab qolib darvozani ochib bergani nima bo‘ldiyu, biz hozir o‘zbeklarga nisbatan qirg‘inni to‘xtating deb qilgan talabimiz uchun mana bizni militsiyaxonaga olib kelib ushlab o‘tirishlari nima bo‘ldi. Shuning uchun men o‘ylayman bizning harakatlarimiz zoe ketmaydi.

Mana shu yilning 18-20 iyulida Bishkekda ayollar simpoziumi bo‘lib o‘tadi Roza O‘tunbaeva va Hillari Klinton ishtirokida. Men unga taklif qilinganman. Bugungi elchi maslahatchisiga bergan bayonotlarimizdan tashqari men og‘zaki yana bir murojaat qildimki, men bugungi bergan talablarimning javobini 18 iyulda Roza O‘tunbaeva bilan bo‘ladigan uchrashuvda javobini olaman degan umidimni bildirdim,- deydi “Ezgulik” jamiyati rahbari.

Unga ko‘ra, yaqin bir soat davom etgan piketni militsiya va xavfsizlik xodimlari kuzatib turgan. Qirg‘iziston elchixonasidan vakil chiqib, ulardan ikki kishini ichkariga taklif etgan. Vasila Inoyatova elchi maslahatchisiga “Ezgulik” jamiyati va “Birlik” xalq harakati partiyasining bayonotlarini topshirganini aytadi:

– Qirg‘izistonning janubiy regionida bo‘lib o‘tgan o‘tgan yilgi o‘zbek millatiga qarshi bo‘lgan qirg‘in shu bugungacha o‘zining xolis bahosini olgani yo‘q. Hattoki xalqaro tekshiruvlar ham bergan xulosalar qabul qilinmadi. Aksincha ularning vakillari quvg‘in qilindi, Qirg‘iziston dushmani deb e’lon qilindi. Demak, biz bir yil oldin Qirg‘iziston hukumati mana shu qirg‘inni keltirib chiqarganlarni qo‘llab-quvvatlayapti, degan bahoimiz to‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Va bu baho bundan keyingi bo‘ladigan qirg‘inlarni ham kafolatlamaydi. Chunki ertaga yana shunaqa ahvol sodir bo‘lishi mumkin.

Bizning bugungi talabimiz mana shu ertangi bo‘ladigan qirg‘inning oldini olish va kechagi bo‘lgan qirg‘inning sababchilari hali-hanuz shu paytgacha javobgarlikka tortilmaganiga norozilik bildirishdir. Bugungi bayonotlarimizda asosiy gap ana shu haqda. Bundan tashqari o‘zim Birlik xalq harakati partiyasining Bosh kotibi sifatida Birlik partiyasining bayonotini berdim. U bayonotda ham Qirg‘izistonda qirg‘iz fashizmiga chek qo‘yilsin deyilgan talabni qo‘yganmiz,- deydi Vasila Inoyatova.

Shundan so‘ng militsiya xodimlari piket ishtirokchilarini avvaldan tayyorlab qo‘yilgan avtobusga majburan chiqarib, Mirzo Ulug‘bek tumani ichki ishlar bo‘limiga olib borgan.

Vasila Inoyatovaning Ozodlikka aytishicha, ularga yomon munosabat qilinganmagan va bir necha soatdan so‘ng ozod qilingan.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24230652.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: