Qozog‘iston 28 nafar o‘zbekistonlik boshpana izlovchini ekstraditsiya qildi – bbc uzbek


9 iyun 2011

Qozog‘iston hukumati o‘zbek fuqarolarini vatanlariga qaytarishda Minsk shartnomasiga rioya etganini aytadi

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi vakili Bi-bi-siga O‘zbekistonlik 28 qochqinning vatanlariga ekstraditsiya etilganini bildirdi.

Bugun avvalroq Olma ota shahar prokuraturasi boshpana izlovchilarni Qozog‘istonda ushlab turishga asos qolmaganini aytgan edi.

Biroq, Olma Ota shahar prokuraturasi ularning O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingani borasida biror aniq xabar bera olmasligi bildirgan edi.

Boshpana izlovchilar roppa-rosa bir yildan beri hibsxonalarda saqlanayotgan edi.

“Bugun O‘zbekistonga bu mamlakatning 28 fuqarosi ekstraditsiya etildi. Ular o‘z vatanlarida og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarda ayblanishmoqda,” deb Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ilyas Omarov Bi-bi-si bilan suhbatda.

Boshpana izlovchilar, O‘zbekiston Bosh prokuraturasining talabi bilan, 2010 yili 9 iyunda hibsga olingandi.

Ular O‘zbekistonda turli diniy ekstremistik tashkilotlarga a’zolik va konstitutsion tuzumga tajovuz qilish kabi ayblar bilan qidiruvga berilgan.

“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan ekstraditsiya etilgan o‘zbek fuqarolari huquqlarini himoya etish haqida yozma kafolatnomalar taqdim etildi,” deb aytgan Ilyas Omarov.

Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari tomonidan hibsga olingan 29 boshpana izlovchidan faqat bir nafari – Nig‘matullo Nabievga keyinchalik qochqinlik maqomi berilgan va u hibsdan ozod etilgan.

Boshpana izlovchilarning o‘zlari ularga nisbatan ilgari surilgan barcha ayblovlarni rad etishgan va O‘zbekistonda diniy e’tiqodlari tufayli taqibga uchrashganini ta’kidlashgan.

Avvalroq dunyoning etakchi besh inson huquqlari tashkiloti Qozog‘iston Bosh prokuroriga maktub yo‘llab, o‘zbekistonlik boshpana izlovchilarni vatanlariga ekstraditsiya etmaslikni so‘rashgan edi.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2011/06/110609_cy_kazakh_uzbek_extradition.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: