Qamoqdan yana bir mahbusning o‘ligi chiqdi – ozodlik.org


O‘zbekiston qamoqaridan yiliga o‘nlab mahbuslarning mayiti chiqadi.

09.06.2011

Hurmat Bobojon

E’tiqodi uchun qamalgan Abdulaziz Mirzaevning mayiti 8 iyunga o‘tar kechasi Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi uyiga keltirildi.

1999 yilda Hizb ut-Tahrir tashkilotiga a’zolikda ayblanib, 20 yilga qamalgan 37 yashar Mirzaev Abdulazizning jasadi ikki kun oldin uning Chinozda yashaydigan oila a’zolariga berildi. Bu haqda Ozodlikka marhumning opasi Marhamat Mirzaeva ma’lum qildi.

– Aybi shu faqatgina namozxon bo‘lgani uchun, Qur’ondan ilmi bo‘lgani uchun o‘shanday nimalar bilan o‘tirishibdi. Mana 12 yil deganda Abdulazizimizning o‘ligini berishdi. 12 yildan beri azob tortib kelayotgan edi. 7 iyun kuni kechqurun 8larda, shom payti deyiladi, endi shom o‘qiymiz deb tursak, mahalla raislari kirib kelishdi “Abdulaziz zonada nobud bo‘libdi. Ikkinchi etajdan o‘zini tashlab yuboribdi” deb. Hech qanaqa o‘zini tashlamaydi u. Tushungan bola. Joniga qasd qilish gunoh ekanligini biladi, mumkin emasligini biladi. Ularning bahonasi bu. Ertalab sioat 4larga olib keladi degan edi. 8 iyunga o‘tar kechasi soat 2larda olib kelishdi. Skoriy bilan olib kelishdi. Olib kelib tashlab ketishdi. Ahvolini ko‘rsangiz endi har qanday odamning yuragi bardosh bera olmay hushidan ketadi. Uni ko‘rgan odamning nechtasi hushidan ketdi bu erda. Ujas, bilasizmi ujas qanday bo‘ladi? Shunaqada.

Ozodlik: Qiynoqlarning izi bormi?

– Izi ham gapmi. Kallaning qopqog‘i yo‘q. Kirib ketgan. Kalla ichiga kirib ketgan. Qosh bu yoqqa chiqib ketgan. Ko‘zni ko‘rsangiz chiqib ketgan. Kallani orqasining bo‘yinidan qulog‘igacha tikib tashlagan. Keyin quvug‘idan jag‘igacha tikib tashlagan. Kekirdagigacha tikkanini ko‘rgan edimu jag‘igacha tikkan odamni ko‘rmagan edim. Jag‘igacha tikkan. Besh santimetr enlilikda quvug‘idan jag‘igacha tikib tashlagan,- deydi Marhamat Mirzaeva.

Abdullaziz Qarshidagi Koson qamoqxonasida jazo muddatini o‘tayotgan edi.

Marhamat opaning aytishicha, ukasining mayitida ko‘plab qiynoq belgilari bo‘lgan.

Abdulaziz Mirzaevning uchta akasi hozir O‘zbekiston qamoqxonalarida jazo o‘tamoqda. Ular ham diniy ayblovlar bilan qamalgan.

– To‘rtta bolamiz zonada. Tuhmat qilib ham qamab tashladi. Bitta ukam Rossiyada qochuvda edi. Aldab olib kelishib, “Kelsin. Mana prezidentning qarori bor. Kechirimli nimasi bor. Kechiradi. Kelsin bolalarining oldiga” deb laqillatib, rosa ko‘p gaplar bilan ishontirishib, olib kelib 8 yil berib yubordi. Dekabr oyida uch yil bo‘ladi Xudo xohlasa,- deydi Marhamat Mirzaeva.

Bu so‘nggi ikki hafta ichida Ozodlikka xabar qilingan qamoqdan o‘ligi chiqqan mahbuslarga oid ikkinchi holatdir.

Andijondagi Botirxonovlar xonadoni 25 may kuni o‘g‘illari 29 yoshli mahbus Umidning qazo qilgani haqidagi xabarni olishdi, uning jasadini koloniyadan Toshkentdagi “sangorod”ga keltirishgan.

Botirxonovlar oila a’zolaridan birining so‘zlariga ko‘ra, Umid hibsgacha o‘tgan yilning avgustidan buyon jigar kasali bilan og‘rigan.

Umid Botirxonov o‘tgan yilning avgustida o‘g‘irlikda ayblanib qamalgan edi.

Huquq faollari o‘zbek qamoqxonalarida qiynoqlar sistematik tus olayotgani, ba’zi xollarda u erdagi mahbuslar qiynoq oqibatida halok bo‘layotganidan bong urib kelishadi.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24229809.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: